Muammolar
1.mamlakatimiz aholisi hayotida kambagallik korsatkichlari kop ifodalananishi:
Yechim:Bu muammo ancha yillardan beri shakllanib kelganligi bois uni hal etish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.har bir oilaga alohida etibor berish orqali ularning turmush sharoitlarini yildan yilga bir pogona kotarilib borilishiga komaklashish darkor.shu yo’l bilan kambag’allikning eng quyi darajalariga barham beriladi.
2.Nega mamlakatimizda ishsizlar soni kundan-kun ortib bormoqda?
Yechim:yangi ish o’rinlari kam shakllantirilishi bois ushbu muammo biroz murakkablashib bormoqda.uni hal etish bo’yicha mamlakatimizda bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.jumladan aholi ortasida tadbirkorlik muhitini shakllantirish va sog’lom raqobatni yuzaga keltirish uchun kreditlar tizimini joriy qilish;ish haqi va boshqa to’lovlar miqdorini muntazam oshirib borish;
3.Asosiy iste’mol tovarlari narxlarining birmuncha qimmat ekanligi;
Yechim:ushbu muammo aholi turmushiga ta’sir etuvchi eng dolzarb muammolardandir.Bu tovarlar asosan qishloq xo’jaligi sohasida ishlab chiqarilishi bois ularni yetishtirish va iste’molga yaroqli holatga keltirish ancha murakkab jarayondir.Shu bois davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablag’lar va tehnikalarni kopaytirish;unumdor dala maydonlarini kengaytirish hamda qishloq joylarda ekologiya muhitini sof holtda saqlashga intilish zarur.
4.Aholini ijtimoiy ta’minlash boyicha ishlar muntazam olib borilmayotganligi?
Yechim:bu muammo yuzasidan bir qator islohotlar ishlab chiqilishiga qaramay ularning ijrosi yetarlicha taminlanmayapti,qog’ozlarda qolib ketmoqda.Buni oldini olish uchun birinchi o’rinda soxta qog’ozbozlikka barham bergan holda,bunga mutassadi bolgan rahbarlar faoliyatini kuchli nazoratga olish,bu borada ularning aholiga aldamchi va’dalar berib,egri pullar bilan aholini jimgina itoatda saqlab turishiga yo’l qo’ymaslik,shuning bilan birga aholi bilan doimo shu kabi mavzularda suhbatlar olib borib,ularning asl fikrlarini o’rganish
Yuqoridagi muammo va ularning yechimlari bo’yicha iqtisodchi olimlar tomonidan bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda.Xususan Davlat Statistika qo’mitasining so’ngi yillardagi ma’lumotlariga ko’ra O’zbekistonda turmush iste’moli tovarlari va ularning darajalarida birmuncha o’sishlarga erishilgan.Misol uchun birgina Rossiya bilan solishtirib ko’rilganda quyidagicha ko’rsatkichlar qayd etilgan:
Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari statistikalariga qarasak,bu yerda ham ijobiy o’sish ko’rsatkichlariga guvoh bo’lamiz:
Aholining turmush darajasini ifodalashga doir muammolar va ularning yechimlari boyicha konseptual jadval
№
|
Muammo
|
Muammoni yuzaga keltirayotgan holat
|
Muammoning yechimi
|
1
|
Aholi turmush darajasida katta tafovutlar mavjudligi va daromadlardagi sezilarli tengsizliklar
|
Uzoq yillik mahalliy va qabilaviy an’analarning saqlanib qolayotgani;
Kuchli zodagonlar qatlamining mavjudligi;
Mamlakatdagi asosiy pul mablag’larining aholining kichik bir guruhi qo’lida to’planib qolishi.
|
Mamlakatda saqlanib qolayotgan “yashirin” monopol egalari faoliyati doirasini cheklash;
Mamlakatda daromadlarni taqsimlashda aholining barcha qatlaminga e’tibor qaratish;
Uzoq yillik mahalliy an’analarni zamonaviy turmush an’analari bilan boyitish.
|
2
|
Hududiy omillar,urbanizatsiya muammolari,shahar va qishloq hayoti o’rtasidagi katta farqlar
|
Mamlakat har bir hududining faqat bir mahsulot ishlab chiqarishga moslashib qolganligi;
Shaharsozlik islohotlarining juda past sur’atlarda kechishi;
Qishloq muhitida aholining ko’p jabhada imkoniyatlari cheklanganligi.
|
Mamlakat hududlarini ko’p tarmoqli ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirish;
Shaharsozlik islohotlari moliyaviy bazasini kuchaytirish;
Chekka-chekka qishloqlarda ham shaharchalar muhitini yaratish.
|
3
|
Aholining ijtimoiy himoya qilish sohasida mukammal tizim ishlab chiqilmagani,aholining moddiy ehtiyojlarini qondirishda ularning iste’mol va xarid quvvatining yetarlicha hisobgolinmasligi
|
Ijtimoiy himoya va moddiy ta’minot borasidagi qonun hujjatlarining nazoratsiz qolishi;
Aholining iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotlar sifati pasayib narx-navosining aksincha oshib borishi;
Mamlakatda aholiga xizmat ko’rsatish sohasida xizmat sifati pastligi va salbiy ekologik omillarning kuchayib borayotgani
|
Ijtimoiy sohada yangi davlat dasturlari va qonun hujjatlarini yaratish va qat’iy ijrosii nazorat qilish;
Aholini muntazam arzon iste’mol tovarlari bilan ta’minlash,hududiy oziq-ovqat omborlarini tashkil qilib aholini yangi va toza mahsulot bilan ta’minlash.
Yuqori malakali mutaxassis va tehnikalarni jalb qilish orqali aholiga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish.
|
4
|
Bandlik muammolari,yuqori darajadagi ish o’rinlarining tashkil qilinmagani,aholining zamonaviy intellektual salohiyating past darajadaligi
|
Doimiy ish bilan band bo’lgan xodimlar ishi va hayotiga asossiz aralashuvlar;
Davlat xususiy sektori va yosh tadbirkorlar faoliyatini amalda rag’batlantirilmayotgani
Aholining haligacha ko’p sohada jahon ilg’or tehnologiyalari tajribalaridan boxabarligi.
|
Har bir inson uchun erkin ishlash imkoniyatlarini yaratib berish;
Imkoni boricha aholining har bir qatlamiga individual baho berish va ulardagi ishlab chiqarish qobiliyatlarini aniqlash;
Aholi orasida innovatsion bilimlarni shakllantirish tizimini yaratish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |