Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati



Download 96,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.04.2022
Hajmi96,95 Kb.
#544768
  1   2
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati - Vikipediya



Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
 — 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining
 tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biri.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Maqsadi
Xavfsizlik
Ishga tushgan sanasi
1991-yil 26-sentyabr 
2018-yil 29-martda qayta nomlandi
Rais
Abdusalom Azizov
Hamkor tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
[[]]
Tarixi


1991-yil
 
26-sentyabr
 kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Islom
Karimovning
 farmoniga binoan OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) — Milliy xavfsizlik
xizmatiga aylantirilgan.
[1]
.Davlat xavfsizligi qoʻmitasi(DXQ)ning MXXga aylantirilishi
borasidagi Vazirlar Mahkamasi qarori sal keyinroq — 2 noyabrda qabul qilingan. Qarorda
Davlat xavfsizligi qoʻmitasining tugatilgan alohida boʻlinmalarini hisobga olgan holda, uning
xodimlari soni 25 foizga qisqartirilishi qayd etilgan.
[2]
2018-yil
14-martda
 
Oʻzbekiston Prezidenti
 
Shavkat Mirziyoyev
MXX organlarini isloh qilish
haqida farmon chiqargan
[3]
. Unga koʻra, 
2018-yil
 
29-mart
 kuni 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining
 qarori bilan tashkilot nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.
[4]
 
5-aprel
sanasi xizmat xodimlarining kasb bayrami etib belgilangan edi.
[5]
 
2021-yil
24-avgust
kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
 qarori bilan, DXX kasb bayrami 
26-sentyabrga
ko'chirildi
[6]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining
konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qiladi.
Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning
oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka
va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va
xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan
buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat
olib boradi.
Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid
soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport
Vazifalari


sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi
omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kurash olib boradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa
xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon
beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni
bajaradi.

Download 96,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish