Termiz davlat universitetining pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 301-guruh talabasi
O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyasi uchun nomzod
Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qiziga
TAVSIYANOMA
Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi 2001-yil 16-noyabr sanasida Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida tug’ilgan.
2019-yil 2-sentabrdan boshlab Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda.
Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi o’qishi davomida respublika, viloyat hamda oliy ta’lim muassasalarida o’tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy va boshqa ko’plab tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, 2020-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Yil talabasi” tanlovining institut bosqichida “Yilning eng faol talabasi” nominatsiyasi bo’yicha I-o’rin sohibasi, 2020-yil “Konstitutsiya bosh qomusimiz “ nomli tadbirda faol ishtirok etganligi, 2021-yil oliy ta’lim muassasasi doirasida o’tkazilgan “Bahor nafasi” ko’rik tanlovi institut bosqichida I-o’rin sohibasi, 2021-yil oliy ta’lim muassasasida o’tkazilgan “Milliy g’oya va targ’ibot” tanlovida II- o’rin sohibasi, 2021- yil oliy ta’lim muassasasida Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yillik munosabati bilan “Mirzo Boburning yurt sog’inchi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtiroki uchun diplom, 2021-yil oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Eng yaxshi kompyuter savodxoni” shiori ostida o’tkazilgan tanlovda faol ishtirok etganligi uchun II-darajali diplom hamda “Odam savdosi –davr muammosi” tanlovida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi ilmiy, ijodiy faoliyatda ham yutuqlarga erishgan bo’lib, 2020-yil may oyida “O’zbekiston ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 16-ko’p tarmoqli ilmiy konferensiyada “Bo’lajak informatika o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish samaradorligi” nomli maqolasi bilan faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2021-yil “Zamonaviy ta’lim va tarbiya: muammolar, yechimlar va rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy anjumanida maqolasi bilan faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil “Ayollar forumi” qatnashchisi, Oliy ta’lim muassasasida o’tkazilgan “Talabalar o’rtasidagi muzokara va mushohada” hududiy bosqichida faol ishtirok etdi.
2020-yil telegram ijtimoiy tarmog’i orqali o’tkazilgan ko’plab tanlovlarda, jumladan, “Mustaqilligimiz asoschisi” fototanlovi, 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tanlov, “Targ’ibotchi ijodkor” nominatsiyasi g’olibi, aktiv yoshlar kanalida o’tkazilgan “Kunning eng yaxshi fotosurati” tanlovi ishtirokchisi, 2020-yil yangi yil munosabati bilan o’tkazilgan “Happy New Year” tanlovlarida faol ishtirok etganligi uchun sertifikatlar bilan taqdirlangan.
2020/2021-yil o’quv yilidagi namunali xulqi, ilmga intiluvchanligi, tashabbuskorligi va faol ijodkorligi uchun institut ma’muriyati tomonidan Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining ota-onasi TASHAKKURNOMA bilan rag’batlantirilgan.
Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi bundan keyin han mustaqil O’zbekistonimizning ravnaqi uchun samarali mehnat qiladi va yosh avlod ma’naviy yuksalishi uchun xizmatlarini ayamaydi deb ishonch bildiraman va O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi uchun nomzod sifatida tavsiya qilaman.
Termiz davlat universitetining
Pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani dots.b.f.n. B.Xoliqnazarov
Do'stlaringiz bilan baham: |