Tijorat siri
–
uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya,
ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat
qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib,
ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-
tadbirlarni ko‘radi.
Unit-ekonomika
(unit economics) – bir mijoz uchun innovatsion kompaniya
faoliyatinining moliyaviy ko’rsatgichlarini baholash.
Usability
– elektron servisning qulayliligi va uning web-saytda navigatsiyasining
osonligi.
Universal hizmatlar
–
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari
orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy
hizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash,
mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish
va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |