546
ekotizimi to’rtta asosiy tashkil etuvchidan iborat: bular g’oyalar, tadbirkorlik
tajribasi, moliyalashtirish manba’i va ularni bir butun qilib birlashtirib turadigan
hamjamiyatdir. Uningcha, ekotizim uchun birlashtiruvchi omil sifatida innovatsion
markaz hisoblanadi va u g’oyalarni tanlashni
va ularning eng yaxshisini
moliyalashtirishni amalga oshiradi
(ШиляевА.В. Развитие информационно-
коммуникационных бизнес-экосистем высокотехнологичных ТНК (например
компании Nokia). автореф.дис. канд. экон. наук. СПб., 2013
). Bizning fikri
ojizimizcha, bunday aniqlanuv innovatsiyalar ekotizimga yaqinroq bo’lsa kerak.
Ko’pchilik
mualliflarning
fikrlariga
ko’ra,
biznes-ekotizimlari
innovatsiyalarning rivojlanishiga hamda uning ishtirokchilari ko’payishiga
sabab
bo’ladi, chunki ekotizimdagi kompaniyalar bir-biriga bog’liqdir. Ular texnologik
yangiliklarni almashinish orqali yangi mahsulotlar ishlab chiqarishlari mumkin
yoki iste’molchilar orqali bir-birlariga foyda keltirishlari mumkin. Biznes
ekotizimda ko’pincha
ikki tomonlama yutuq
win-win
holati amalga oshiriladi,
ya’ni, har bir ishtikorchi yutuqqa ega bo’ladi. Demak, biznes-ekotizim tarmoq
tuzilishiga ega bo’lgan kompaniyalar hamjamiyatidir, ammo u o’ziga hos
hususiyatlarga ega. Biznes-ekotizim tarmoq tuzilmasi
sifatidagi quyidagi
hususiyatlarga ega:
Ekotizimning o’ziga hos yadrosi (asosi) mavjudligi – bu yadro sifatida
ko’pincha platforma yoki platforma texnologiyasi namoyon bo’ladi.
Ekotizim ishtirokchilari ushbu platformani o’z faoliyatlarida ishlatadilar;
Ekotizim bozorlar va imkoniyatlar fazosidir. Dj.Murning firkiga ko’ra,
ekotizim fazoda biznesning rivojlanishiga bo’lgan kooperativ yondoshuvdir.
Texnologiyalarni, yechimlarni va mahsulotlarni kombinatsiyalagan holda,
ekotizim doimiy ravishda yangi ishtirokchilar (
yaratuvchilar, provayderlar
va iste’molchilar
) qo’shiladigan fazo bo’lib qoladi va o’z imkoniyatlari bilan
boshqalarni jalb qila boshlaydi;
Turli hildagi agentlarning (
mul’ti agentli hamjamiyatning
) mavjudligi –
bunda
ekotizimning
tashkilotchisi,
asosiy
egasi,
yaratuvchilari,
provayderlari, sotuv bo’yicha hamkorlari, haridorlari va foydalanuvchilari
547
yoki sponsori ajratib ko’rasatiladi. Ekotizim egalari platformani yaratadilar,
uning
arxitekturasini aniqlaydilar, intellektual mulkka egalik qiladilar, o’z
ekotizimlarida ishtirokchilarning o’zaro muloqoti qanday bo’lishi qoidalarini
ishlab chiqadilar, innovatsiyalarni quvvatlab turadilar, ekotizimning
ishlatilishini ko’pchilik hollarda
IP
orqali nazorat qiladilar hamda
ekotizimning rivojlanishini ta’minlab beradilar. Mustaqil dasturchilar yoki
raqamli hamkorlar ekotizimda asosiy mahsulot uchun
API
dan foydalangan
holda yangi mahsulotlar yoki servislar yaratgan holda qo’shimcha
qiymat
hosil qilishlari lozim bo’ladi. Provayderlar esa sotuvchilar sifatida
platformaning foydalanuvchilariga mahsulotlar va hizmatlar taklif qiladilar.
Ekotizimning arxitekturasi vertikal yoki gorizontal tarzda tashkil qilinishi
mumkin. Vertikal arxitektura bitta tarmoqqa mo’ljallangan bo’ladi. Masalan,
Philips
o’z platformasini sog’likni saqlashga yo’naltirgan. Gorizontal
arxitektektura esa bozorning bir necha sektoriga mo’ljallangan bo’ladi.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: