133
Bundan tashqari, unga faqat siz ulanish imkoniga ega bo‘lasiz va o‘zingiz istagan
axborotni ochib berishingiz mumkin bo‘ladi. Albatta, bu yerda reklama – uchinchi
tomonlar yoki sizning
HR
-bo‘limining ijtimoiy paket tarkibidagi ochiq to‘plam
yoki o‘zgartirilish haqida e’lonlar bo‘ladi, lekin siz ularni ko‘rib chiqqaningiz
tufayli, daromad yoki boshqa bir mukofot olasiz. Bu ko’pchilik tomonidan «
e’tibor
bozori
» deb ataladi. Siz reklamani tomosha qilish yoki u bilan aloqa qilish uchun,
yangi reklama kampaniyasida ishtirok etish uchun, robot emaslgingizni tasdiqlash
yoki skaner qilingan hujjatlarni kiritish uchun mikro kompensatsiya olasiz.
Yangiliklar oqimi, nashrlar tizimi va e’tibor bozori o‘xshashib ketadi, lekin ularda
to‘lovlar turlicha usulda amalga oshiriladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, raqamli
davrda g‘alaba oxir-oqibat qiymat (
boylik
) ortida qoladi. Taqsimlangan foydaning
afzalliklari foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun bir talay.
Ijtimoiy media
kompaniyalari resurslarning juda katta ekanligiga qaramay, ularda ochiq muhitda
ishlab chiqish mumkin bo‘lgan funksionallik xilma-xilligining cheki yo‘q. Yopiq
formatli
operatsion tizimlar bilan
Linux
muvaffaqiyatlari va kuchini taqqoslang.
Blokcheyn texnologiyalari havfsizlikni ham ta’minlaydi. Sizning hayotingiz siz
istagan darajada maxfiy bo‘ladi. Hech qanday ijtimoiy tarmoq sizning
axborotingizni sizning ruxsatingizsiz kimgadir sota olmaydi yoki uning chiqib
ketishiga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Agar siz totalitar
davlatda dissident
bo‘lsangiz, sizning tarmoqda yozayotgan yoki o‘qiyotgan narsalaringizni hech kim
kuzata olmaydi. Siz o‘z axborotingizga ega ekanligingiz sababli, e’tiboringiz va
harakatlaringiz bilan birga uni monetizatsiya qilishingiz ham mumkin bo’ladi.
Kompaniyalar ham o‘z xodimlarinng bunday platformalardan biznes uchun
foydalanishini rag‘batlantirishi lozim. Qimmatli kadrlarni jalb qilish uchun
kompaniya xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari va
havfsizlikka hurmatini va
korporativ odob-axloqni namoyish etishi lozim. Yana ham muhimi, tarmoq
tuzilmasiga ega bo‘lish va tashqaridan mutaxassislar jalb qilish bilan birga, har bir
firma hamkorlar ularga ishonadigan bir nechta korxonalar birgalikda ishlashi
uchun platformalar taklif qilishi ham mumkin. Bularni
qanday tarzda amalga
oshishini esa albatta barcha narsaga qodir bo’lgan vaqt ko‘rsatadi. Umuman,
134
tarmoq
tuzilmasiga
ega bo‘lgan ochiq kompaniyalar innovatsiyalarni
rag‘batlantirish hamda aksiyadorlar, mijozlar va butun jamiyat uchun sifatli boylik
yaratish imkoniyatlaridan foydalanish uchun katta va radikal salohiyatga ega
bo‘ladi. Texnologiya bozordagi harajatlarni pasaytirishda davom etadi, bas
shunday ekan, korporatsiya doirasida kamida faqat dasturiy ta’minot
va kapital
qolishini tasavvur qilish mumkin. Birinchidan, «qidirish» harajatlari pasayishda
davom etadi, yangi agentlar mavjud yoki qachonlardir mavjud bo‘lgan barcha
tijorat
axborotlarini
Do'stlaringiz bilan baham: