Innovatsiya —
bu korxona yoki tashkilotning ijtimoiy yoki iqtisodiy
imkoniyatini yangi g‘oyalarni yaratish va qo‘llash orqali mazmunan va maqsadli
o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan urinishidir. Innovatsiya mavjud
bo‘lgan nomutanosibliklar, mahsulotlar va jarayonlarga bo‘lgan ehtiyojlar, biror
bir sohada va umuman bozordagi o‘zgarishlar, demografik o‘zgarishlar va Yangi
bilimlar natijasi bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar malaka, ijodiy(kreativ) fikrlash va
motivatsiyani talab etadi. Innovatsiyajarayonida g‘oyalar tashkilotga qo‘shimcha
daromad keltiradigan tovarlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |