Biznes-model
–
bu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona tomonidan
ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum ko‘rinishidir.
Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga bevosita interfaol
sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari elektron kitoblarni
vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu biznes-modelni
amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori komission foizlarni
undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat qilmasdan, bevosita Internet
orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari mumkin. Agar biznes-model
faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni
sof o‘yinchi
deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |