O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi



Download 1,9 Mb.
bet78/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

- Ishlovchilar soni;

- Texnika taraqqiyoti;

- Resurslar salohiyati;

- Investitsiya xajmi;

- Ishlovchilarning soni va kasb mahorati;

- Tadbirkorlik qobiliyati;

- Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish.

Iqtisodiy o’sish mamlakat va millat taqdiri bilan bog’liq, iqtisodiy siyosat va inson faoliyati markazida turishi lozim bo’lgan masaladir. Iqtisodiy o’sish tufayli jamiyatda chuqur sifat va miqdor o’zgarishlar yuz beradi, moddiy va nafaqat ne’matlarni ishlab chiqarish hajmi oldingi bazaviy davrga nisbatan ko’payib boradi, jamiyat hayotining barcha sohalarida rivojlanishga erishiladi. Iqtisodiy o’sish ustida gapirilar ekan, uning ikki jihatini ta’kidlab o’tish lozim. Birinchi tomoni — iqtisodiy o’sish ko’lami, u jamiyat miqyosida qancha miqdor mahsulot va xizmatlar yaratilganligini ifodalaydi. O’sish ko’lami qiymat ko’rsatkichlarida — pulda (dollar, so’m va h.k.) talqin etiladi, shuningdek u miqdoriy ko’rsatkichlarda (tonna tonna/km, metr, kub-metr, litr va h.k.) ham ifodalanadi. Iqtisodiy o’sishning ikkinchi tomoni — o’sish sur’atlaridir. O’sish sur’ati iqtisodiy o’sishning nisbiy jihatini ifodalaydi, ya’ni o’sish tezligini ko’rsatadi. Iqtisodiy o’sish oldingi davrlarga nisbtan (1, 2, 3, 5, 10 yil va h.k.) olinadi. SHuni qayd etish kerakki, iqisodiyoti rivojlangan, barqaror taqqiyot yo’liga tushib olgan mamlakatlarda o’sish sur’atlari nisbatan past bo’lishi, aksincha, iqtisodiyoti qoloq, mamlakatlarda bu ko’rsatkich yuqoripoq bo’lishi mumkin. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda o’sish sur’atlari YaMM hajmiga nisbatan 1,5—2,6 foiz atrofida bo’lsa, rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston kabi mamlakatlarda o’sish sur’atlari 8—12 foiz atrofida bo’lishi kuzatiladi. Biroq, o’sishning sifat ko’rsatkichi rivojlangan mamlakatlarda salmoqli bo’ladi, ya’ni o’sish sur’atining har bir foizida salmoqli o’sish ko’lami kuzatiladi. O’sishning sifat jihati ham uning miqdoriy jihatidan kam ahamiyatli emas. Zero, mahsulot va xizmatlar sifatining o’sganligi qo’shimcha mahsulot olinganligini ifodalaydi. Masalan, korxona yiliga 200 ming dona traktor ishlab chiqarar edi. Kelgusi davrda uning miqdori o’zgarmay kelsa-da, lekin traktorning ish unumdorligi 5 foizga oshgan bo’lsa, bu korxonada o’sish yuz berganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatidan kelib chiqib, O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kundanoq, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlashga oid qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada 1996—2000 yillarda o’tgan 1991—1992 yillarga qaraganda, iqtisodiyotimizda jiddiy o’sish sur’atlari kuzatildi. Bu g’oyat quvonarli holdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi 2006 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida "Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish - asosiy vazifa-mizdir" mavzuidagi ma'ruzasida Prezident I. A. Karimov iqtisodiyotimizdagi ijobiy siljishlar, tarkibiy o’zgarishlar haqida g’ururlanib gapirib iqtisodiy o’sish borasidagi yutuqdarimizni bayon etdi. 2006 yilda:

– iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari ta’minlandi – yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 10,8 foizga, iste’mol tovarlari – 20,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,2 foizga, pulli xizmatlar – 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari – 12,8 foizga ko‘paydi. Oltin-valuta zaxiralari 1,6 baravardan ziyod o‘sdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 6,8 foizgacha pasaydi;

– investitsiya muhiti yaxshilandi, xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘lamlari o‘sib, hajmi 25,4 foizga ko‘paydi. Investitsiyalar umumiy hajmining 68,3 foizi ishlab chiqarish sektoriga jalb etildi, texnologiya parkini yangilashga va yangi asbob-uskunalar sotib olishga jami investitsiyalarning qariyb 50 foizi yo‘naltirildi;

– qishloq xo‘jaligida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 2006 yilda 666 ta shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etish hisobiga 74 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi, ularning yarmidan ko‘prog‘i meva-sabzavotchilik yo‘nalishidadir. Qishloqda mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari joriy etildi, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil qilindi;

– tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘lamlari o‘sdi, tovar mahsulotlar eksporti hajmi 31,5 foizga ko‘paydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi qariyb 2 milliard AQSH dollarini tashkil qildi;

– aholi turmush darajasining va ish bilan band etishning izchil o‘sishi ta’minlandi. Ishlayotganlarning real ish haqi 36 foizga, aholining real daromadlari esa o‘rtacha 22 foizga ko‘paydi. 2006 yilda 570 mingdan ortiq ish o‘rinlari, shu jumladan kasanachilikni yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash hisobiga 60 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi;

– ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi maqsadli umummilliy dasturlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. 2006 yilda 8 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 6 ta akademik litsey va 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi, 61 ta yangi maktab qurildi, 385 ta maktab mukammal rekonstruksiya qilindi va 530 ta maktab ta’mirlandi.

Shu bilan birga, aholini ish bilan band etish muammosi keskinligicha qolmoqda, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash jarayoni yetarli sur’atlarda bormayapti, asbob-uskunalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi xomashyosini, eng avvalo, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dehqon va fermer xo‘jaliklarini nasldor chorva mollari va ozuqalar, shuningdek zooveterinariya xizmati bilan ta’minlash muammolari sustkashlik bilan hal etilmoqda.

Fond bozorida va qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarning ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda, aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ boshqarish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjud.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potensiali to‘liq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan, uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi o‘sib borayotgan talablarga javob bermaydi. Davlat nazorat organlarining korxonalar xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Uy-joy va kommunal xo‘jaligini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimi yanada isloh qilishni talab qiladi.

Banklarning kapitallashuv darajasi past, bank xizmatlari bozorida raqobat mavjud emas, banklar o‘z kapitali bilan investitsiya jarayonlarida sust qatnashmoqda.

Milliy boylik - asrlar osha avlodlar tomonidan yaratilgan moddiy va madaniy ne’matlar, tabiat in’omlari, ma’naviy bilimlar, malaka va mahoratlar majmuidir.

Milliy boylikning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish