(2 soat ma’ruza)
Reja:
Xo’jalik yuritish shakllari.
Ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarning moxiyati va umumiy belgilari.
Ijtimoiy - iqtisodiy tizim turlari va ularni farklantiruvchi mezonlar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarning xususiyatlari.
Aralash iqtisodiyot va uning kup ukladli iqtisodiyot ekanligi.
Tayanch so’z va iboralar:
Oila xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, fermer xo’jaligi, Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, monotizm, politizm, aralash iqtisodiyot, formatsiya, ishlab chiqarish omillarining birikishi, ishlab chiqarish usuli, iqtisodiy munosabatlar.
Xo’jalik yuritish shakllari quyidagilardan iborat:
1. Yakka tartibda xo’jalik yuritish;
2. Uy-oila xo’jaligi;
3. Dehqon xo’jaligi;
4. Fermer xo’jaligi;
5. Qoshma korxona.
Yakka tartibda xo’jalik yuritish – yuridik shaxsni tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritilishi.
Yakka tartibda xo’jalik yuritishda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan hodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalan/0gan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin o’rtasidagi o’zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Xo’jalik yuritish shakllarining keyingi yirik bo’linmasi oila xo’jaligidir. Bu bozor iqtisodiyotida ikki yoqlama xususiyatga ega. Bir tomondan, oila xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari egalari bo’lsa, ikkinchi tomondan, sarf-xarajatlarni amalga oshiruvchilardan iborat bo’ladi, ya’ni ular ham taklif, ham talab shakllanishida ishtirok etadilar. Uy xo’jaligining daromad oluvchi sifatida qatnashuvida mulkdan (capital, ish kuchi, yer, ssuda, ishlab chiqarish vositalaridan) foydalanish harakati va shaxsiy taqsimotdagi qatnashuvini farqlay bilish kerak. Foydalanish harakati ishlab chiqarish jarayonida daromad olish bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ish haqi ishlab chiqaruvchilarga bevosita bajarilgan ish uchun berilsa, renta va protsent resurslardan foydalanish uchun to’lanadi.Foyda esa xo’jalik egalariga qoladi. Shaxsiy taqsimotni olsak, foydalanish harakatidagi taqsimotga qaram bo’lib, ayrim uy xo’jaliklari o’rtasida jami daromad taqsimlanishi usuliga bog’liqdir.
Uy xo’jaligini sarf-xarajat nuqtai nazardan oladigan bo’lsak, bunda ularni o’z daromadlarining taqsimlovchisi sifatida ko’ramiz. Daromadlarning bir qismi esa iste’mol va jamg’armaga aylantiriladi. Shaxsiy iste’mol qismi yana ishlab chiqarishga tushadi, chunki ishlab chiqaruvchilardan tovarlar, xizmatlar sotib olinadi. Jamg’arma qismi esa banklarga qo’yiladi, sug’urtaga, aktsiya va obligatsiyalarga aylantiriladi. Jamg’armaning uy xo’jaligi daromadidagi alohida qismi bozor ishtirokchilari tomonidan uy-joy sotib-olish, uzoq muddat foydalaniladigan asboblar va jihozlar uchun sarf etilib, uy xo’jaligining kelajak daromadlari himoyalanadi.
Dehqon xo’jaligi oilaviy mayday Tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xo’jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo’jaligi a’zolarining istagiga ko’ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xo’jaligi o’z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligi o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda Tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
Fermer xo’jaligi a’zolari jumlasiga fermer xo’jaligini birgalikda yuritayotgan, bu xo’jalikdagi ish o’zining asosiy mehnat faoliyati joyi bo’lgan fermer xo’jaligining raxbari, uning turmush o’rtog’I, bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olingan bolalari, ota-onalari, boshqa qarindoshlari hamda mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa shaxslar kiradi.
Fermer xo’jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xo’jaligi a’zosi hisoblanmaydi.
Ma’lumki, biz jamiyat ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini "ijtimoiy taraqqiyot" deb yuritamiz. Ijtimoiy taraqqiyot uz rivojlanish davrida quyi bosqichdan yuqori bosqichga o’tishi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi o’z taraqqiyoti davrida to’rt bosqichni bosib o’tdi:
1. Tabiiy-texnologik bosqich - ibtidoiy ishlab chiqarish usuli paydo bo’lishi va rivojlanishdan iborat bo’lib, bunda asosiy mexnat vositasi kishilar qismi xisoblanadi, faqatgina ular eng oddiy tabiat qismlarini qayta ishlash yo’li bilan ulardan tirikchilik uchun foydalanganlar. Mexnat qurollari kaltak, tayoq, tosh, suyak va boshqalar bo’lgan.
2. Texnika taraqqiyoti bosqichi - bu olovdan foydalanib, mexnat qurollarini metaldan (mis, bronza, temir) tayyorlab, ulardan keyinchalik keng ko’lamda foydalanilganligini bildiradi. Natijada bu jamiyatni rivojlanishiga olib keldi va ibtidoiy jamiyat o’z-o’zini quldorlik jamiyatiga, u esa o’z navbatida feodal jamiyatiga bo’shatib berdi.
3. Fan-texnika taraqqiyoti bosqichi - feodalizm davrida rivojlanib, kapitalizm davrida o’zining yuqori pog’onasiga ko’tarildi. Bu davr o’z uchiga XVIII oxiri va XIX asr boshlarini qamrab oladi, ilmiy kashfiyotlar asosida kapitalizmning moddiy-texnika bazasi xisoblangan yirik mashinalashgan ishlab chiqarish bosqichi maydoniga keldi.
4. Fan-texnika revolyutsiyasi bosqichi - bu asosan XX asrning 50 yillariga mansub bo’lib, bu davrda fan soxasida ulkan kashfiyotlar qilindi. Bu davrda fan jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi.
Demak, mana shu bosqichlarda turli ijtimoiy - iqtisodiy tizimlar paydo bo’ldi va ular ma’lum davr yashaganidan so’ng o’z o’rinlarini o’zlaridan kuchliroq rivojlangan boshqa tizimga bo’shatib beradilar. Xar bir tizim ma’lum davrda amal qiladi, o’z imkoniyatlarini tugallagach, uning o’rniga yangi tizim keladi.
Tizim - bu jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, o’zaro bir-birini taqozo etuvchi va ta’sir o’tkazuvchi unsurlarining yig’indisidir.
Tizim deganda, unda amal qiluvchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning ular o’rtasida qiladigan ishlab chiqarish munosabatlari tushunamiz. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimining moddiy tomonini ifodalaydi. Tizimda nomoddiy munosabatlarni xam ko’ramiz, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo’ladi. Ammo ularning xar birida iqtisodiyot muxri bor. Xar bir tizimining o’z iqtisodiyotiga mos tushadigan o’z dunyo qarashi mavjud bo’ladi, bu dunyo qarashlar turli g’oyalar majmuasidan kelib chiqadi. Mashxur ingliz iqtisodchisi D.M.Keyns aytganidek "Dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g’oyasi" boshqarib turadi. Masalan, bozor tizimiga mos g’oya - bu erkinlik va demokratiya g’oyasidir. Totalitar iqtisodiyot tizimida tobelik va itoatkorlik g’oyasi birlamchi bo’ladi. G’oyalar yaratuvchanlikdan va buzg’unchilikdan iborat bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimga iqtisodiy faoliyat natijasi bo’lgan YaMM xam kiradi. U o’z ichki tuzilishiga ega bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari sifatida o’zlashtiriladi. Bir tizimda natural maxsulot asosiy bo’lsa, ikkinchisida tovar maxsulot yetakshi o’rinda turadi.
Barcha tizimda bir-biridan tubdan farq qilishi bilan birga umumiy belgilarga ega. Tizimlar uchun umumiy belgi ularda muvozanatning mavjudligidir. Muvozanat tizimning turli tomonlari o’rtasidagi muvofiqlidir. Muvozanatning statik (bir xolatdagi ) va dinamik (o’zgaruvchan) ko’rinishdagi mavjud tizim normal rivojlanishi uchun statik va dinamik muvozanatlar o’zaro bog’liqdagi bo’lishi zarur.
Turli tizimlarga baxo berilganida ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi mezon bo’ladi.
Insoniyat taraqqiyoti bugungi kungacha turlicha tizimlarni boshdan kechirdi. Tizimlar turli nazariyalarda xar - xil mezon asosida tabaqalashtiriladi.
Marksizm nazariyasida mulkchilik va sinfiy mezonlar asos qilinib, tizimlar formatsiya deb qaraladi. Makrsizm ta’limotiga ko’ra besh formatsiya mavjud:
Ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va nixoyat kommunizm. Kommunizm eng so’nggi tizim deb qaraladi.
XX asrning 60 yillarida AQSH olimi U. Rostou "Rivojlanish bosqichlari" nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra jamiyat ikki tipga bulinadi:
1. An’anaviy jamiyat.
2. Industrial jamiyat.
SHunga monand ravishda iqtisodiy rivojlanishinng 6 bosqichi bir-biridan ajratiladi:
1. An’anaviy jamiyat,
2. O’tkinchi jamiyat,
3. Industrial jamiyatga o’tish,
4. Industrial jamiyat,
5. Ommaviy iste’mol jamiyati,
6. Yangi turmush sifati bor jamiyat.
Ammo jaxonning ko’pchilik olimlari iqtisodiy tizimlarni tarixan to’rt turga bo’lib o’rganadilar.
1. An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim.
2. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
3. Totalitar - rejali yoki buyruqbozlik ma’muriy iqtisodiy tizim.
4. Aralash iqtisodiy tizim.
Mulkiy jixatdan qaraganda ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni ikki toifaga ajratish mumkin.
1. Monostrukturali ( bir tarkibli tizimlar). Bu tizimlarning asosiy belgisi bir mulk shaklining xukmron bo’lishidir. Bunday iqtisodiyot monotizm yoki monoiqtisodiyot deb aytiladi.
2. Turli tuman mulk shakllariga tayangan, ayrim mulk shaklining ustivorligi inkor etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar. Ularni politizm, ularga xos iqtisodni poliiqtisodiyot deyish mumkin.
Poliqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va ijtimoiyistik tizimlarni monoiqtisodiyotga asoslangan tizimlar deb aytish mumkin. Monoiqtisodiyotning klassik ko’rinishiga misol tariqasida kapitalistik tizimni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |