Tovar va uning xususiyatlari. Tovar qiymatining miqdori va unga ta’sir etuvchi omillar. Oldi-sotdi uchun yaratilgan maxsulot tovardir. Tovar oldi-sotdi jarayonida ishtirok etib, tovar ishlab chiqaruvchilarning ayriboshlash munosabatlarni amalga oshiradi. Tovar avvalo maxsulot, buyumdir. U o’zining fizik, ximik, organik, estetik xususiyati bo’yicha xar qanday maxsulot buyumdan farq etmaydi. Tovarning bu xususiyatlari tovar ishlab chiqarruvchilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda ifoda-lanadi. Aynan shu munosabatlarsiz maxsulot tovar bo’la olmaydi. Demak, tovar oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, ijtimoiy vazifani amalga oshiradi.
Maxsulotning tovar shakli ma’lum vaziyatlarda amalga oshadi. Jumladan, avvalo, ayrim maxsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli ishlab chiqaruv-chilar o’rtasida bir-birlari bilan mexnat maxsulotlarini ayriboshlash zarurligidir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositasi ishlab chiqaruvchining mulkidir. Uchinchidan, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy aloxidaligi tufayli bir birlari bilan maxsulot ayri-boshlashi oldi-sotdi jarayonidagi maxsulotga tovar shaklini beradi. Tovar tashqi ko’rinishidan turli ta’sirlarni aks ettiruvchi buyum bo’lib, o’z tabiatiga, shakliga nisba-tan boy xususiyatga egadir. Tovar o’zining nazariy mazmuniga ko’ra absolyut kamba-g’al va mavxum iqtisodiy kategoriyadir.
Buyumning moddiy xususiyatlari insonlar extiyojlarini ta’minlash bo’lib, uni foydali qiladi. Buyumning foydaliligi uni iste’mol qiymatini yaratadi, iste’mol qiymati buyum ishlatadigan (iste’mol qilinganda) ro’yobga chiqadi. Shuni ta’kidlash lozimki, “foydalilik” va “iste’mol qiymati” turlicha tushunchalardir. Foydalilik o’zida namoyon qilingan iste’mol qiymatidir. Iste’mol qiymati, bu foydalanilgan, amalga oshirilgan yoki foydalilikning iste’molidir.
Iste’mol qiymati foydalilik bo’lib, buyumning moddiy xususiyatlaridan ajralgan emas, balki unga mosdir. Buyumning iste’mol qiymatini yaratuvchi tabiiy kuchlar va inson mexnatidir, qaysiki, buyumni o’z xoxishiga ko’ra o’zgartira oladi va bu yo’lda tabiat kuchlaridan xam foydalanadi. Iste’mol qiymati tovarni vujudga keltirgan mexnatning foydali shakli va inson extiyoji, uning tuzilishi va xajmining tovar xususiyatlari bilan aloqasini anglashga olib keladi. Shunday qilib, tovarning iste’mol qiymati ikki xil usul bilan bog’liq bo’lgan munosabatdir. Ikkinchidan, tovarning butun xususityalari majmuasi bilan inson etiyojlari o’rtasidagi munosabatlardir.
Barcha tovarlar iste’mol qiymati xususiyatlariga ko’ra ikki katta guruxga bo’linadi: ishlab chiqarish buyumlari va shaxsiy iste’mol buyumlari. Agar birinchi guruxdagilar ishlab chiqaruvchi kuchlarning moddiy-ashyoviy elementlarni takror ishlab chiqarishga ishtirok etsa, ikkinchi guruxdagilar bevosita ishlab chiqaruvchi-larning ish kuchini takror ishlab chiqarishda va boshqa jamiyat a’zolari iste’molida ishlatiladi. Ayrim tovarlarning iste’mol qiymati ayrim xollarda ishlab chiqarish vosita-lari ishlab chiqarishda ishtirok etasada, ayrim xollarda iste’mol buyumlari guruxida ishtirok etishlari mumkin. Masalan: un, shakar va boshqalar. Bunday iste’mol qiymat-lari o’zlarining pirovard ishlatilishiga muvofiq u yoki bu guruxga taalluqli bo’ladilar. Tovarning iste’mol qiymati ma’lum iqtisodiy munosabatni tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi ayirboshlash munosabatini yurutuvchi bo’lib ishtirok etadi va tovar insonning ma’lum extiyojlarini ta’minlovchi maxsulot sifatida ishtirok etadi.
Miqdor jixatidan tovar almashuv qiymati tashqi tomonidan tasodifiy va faqat nisbiy son shaklida namoyon bo’lsada, insonlar kundalik xayotlarida bir tovarni ikkinchisiga ayirboshlashida barcha tovarlar uchun umumiy bo’lgan ayirboshlash qiymati mavjud emasligi aks etadi. Ayirboshlash, tovarlar o’rtasida o’zaro tenglikni, o’lchovni taqozo etadi. Bu xolat, o’z navbatida, ayirboshlanadigan tovarlarning bir xil bulishini taqozo etadi. Ular bir xil kattalikka, xajmga, miqdorga ega bo’lishlari, ya’ni ikkala ayirbosh qilinadigan tovarning umuiy o’lchovlarini aks ettiruvchi qandaydir uchinchi tovarga mos munosabatni talab etadi.
Ana shu xususiyatni izlash tovarlardagi farq qiluvchi xususiyatdan qat’iy nazar, umumiy bo’lgan xususiyatni izlashni ilgari suradi, agar biz tovarlarni iste’mol xusu-siyatlarini xisobga olmasak, ular mexnat maxsuli bo’lgan buyum ekanligi ko’z o’ngi-mizda gavdalanadi. Bu mexnat maxsuli bo’lgan tovar turli konkret shakillaridan qat’iy nazar abstrakt mexnat natijasi ekanligi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, tovarlarning iste’mol qiymatlarini shartli ravishda xisobga olmasak, ularda sarf bo’lgan mavxum mexnat shakillanadi. Mavxum mexnat tovardagi qiymatni ifoda etadi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, tovarning iste’mol qiymatini yaratuvchi mexnat xar doim konkret aniqdir, ayni vaqtda, maskur mexnat konkretlikdan maxrum etilgan bo’lib, qiymatning asosi va substantsiyasi (moxiyati) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |