O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Milliy daromad — juda muhim ko’rsatkich



Download 1,9 Mb.
bet32/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Milliy daromad — juda muhim ko’rsatkich. Milliy daromad kategoriyasi ham iqtisodiyotning g’oyat muhim ko’rsatkichi, samaradorlik mezoni, jamiyat boyligini to’laroq, tavsiflovchi iqtisodiy vositadir. Milliy daromad — hosil qilingan sof mahsulotning qiymat ifodasi yoki pul ko’rinishidir. Milliy daromad baholarning o’zgarib turishidan «tozalangan», o’zgarmas baholarda hisoblangan taqdirdagina iqtisodiyotning haqiqiy «ko’zgusi» bo’la oladi. Milliy daromad mamlakat xalqining farovonligi va barqaror rivojlanishining moddiy manbaidir. SHuning uchun milliy daromadni ko’paytirishning barcha vositalari va yo’llari ishga solinadi.

Milliy daromadning ko’payishi asosan uch omilga bog’liq:

1) ishlab chiqarishda band bo’lgan kishilarning ma’lum miqdori;

2) band aholi mehnati unumdorligining ortishi;

3) tadbirkorlik va ishbilarmonlik, biznes faoliyati.

Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida bu uch omil nisbati turlicha ahamiyat kasb etadi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ikkinchi omil kuchliroq rol uynamoqda. Aholining ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi qatlamlarining ko’payishi ham ikkinchi omilda o’z ifodasini topadi. Biroq, hozirda rivojlangan mamlakatlarda milliy daromadni ko’paytirish tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohalarida bevosita band bo’ladigan mehnat resurslari sonini ko’paytirish yalpi milliy mahsulot miqorining ko’payishiga har doim ham olib kelavermaydi, aksincha ishlab chiqarishning rivojlanishi noishlab chiqarish sohalarining rivojlanishiga, xizmat ko’rsatish tarmoqlarida bandlikni oshirish, iqtisodiy o’sishga olib keladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish atrofida shakllanadigan iqtisodiy va ijtimoiy infrastruktraning rivojlanishi milliy daromadni ko’paytiradi.

AQSH, Gollandiya, Germaniya kabi davlatlarda qishloq xo’jaligida 2—4 foiz aholi band bo’lishiga qaramay, ular o’zlarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ichki ehtiyojlarini batamom ta’minlabgina qolmay, balki bu xil mahsulotlar asosiy qismini eksport qilishga ham erishmoqdalar. (hisob-kitoblarga qaraganda, bizning qishloq xo’jaligimizdagi ishlarni ko’pi bilan 1,5—2 mln. kishi bajarishi mumkin. Vaholanki, bu tarmoqda talab qilinganidan ikki baravardan ziyodroq kishi ishlamoqda. Bu sohaning mahsuldorligini keskin ko’tarish uchun ortiqcha mehnat resurslarini qishloqlarda olib borilayotgan sanoat, maishiy xizmat va madaniy sohadagi kurilishlarga jalb etish lozim. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy atrar siyosatning asosiy yo’nalishi ham ana shunday. Hozirgi davrda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko’proq ajratilayotgan investitsiyalardan foydalanish darajasiga bog’liq. Muhimi, investitsiyalarni qaerga, qanday tarmoqlarga, qaysi yunalishlarga sarflashdir. Sarmoyalar shunday tarmoqlar va yunalishlarga sarflanishi kerakki, bu birinchidan, iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishi tubdan o’zgarishiga olib kelsin; ikkinchidan, O’zbekiston taraqqiyotining bazaviy, ustuvor yunalishlariga sarflanib, uning iqtisodiy mustaqilligini tezroq ta’minlasin; uchinchidan, mamlakatimizning xalqaro mehnat taqsimotida o’ziga mos va munosib o’rnini belgilashga xizmat qilsin.

Investitsiya fondini oshirishga milliy korxonalar, tashkilotlar va aholining pul jamg’armalarini kengroq jalb etish, xorijiy investorlarning kirib kelishiga yana ham kengroq yo’l ochib berish, bu yo’ldagi barcha sunhiy to’siqdarni olib tashlash juda dolzarb vazifadir. Bu hakda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 fevraldagi Majlisida Prezident I. A. Karimov jiddiy mulohazalar bildirdi.

O’zbekistonning buyuk kelajagini kafolatlovchi muhim boyliklarimizdan biri — uning boy mehnat resurslaridir. Bizning iqtsodiyotimiz samaradorligi ana shu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko’proq bog’liqdir: birinchidan, mehnat resurslarining samarali bandligiga erishish, ya’ni xozirda tayyor ish kuchi sifatidagi qismining bandligini to’la ta’minlash; ikkinchidan, mehnat resurslarini ko’proq iste’mol qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish lozim. Masalan, to’qimachilik, tikuvchilik, maxalliy sanoat, o’rta va kichik ishlab chiqarish, mevasabzavotchilik kabi tarmoqlarga ustuvorlik berish; uchinchidan, yoshlarni zamonaviy kasbkorlarga o’rgatish, zamonaviy texnologiya bilan ishlay oluvchilarni ko’proq tayyorlash; to’rtinchidan, joylardagi mehnat birjalarining aholining vaqtincha band bo’lmagan ko’lamlar bilan bog’liqligini kuchaytirish, ularning ishga joylanishi, kasblarini o’zgartirish yoki mahoratini yangilash sohasidagi ishlarini yanada yaxshiroq, yo’lga qo’yish.

Har bir mamlakatda uning boyligini ko’paytirish,yuksak iqtisodiy rivojiga erishishning o’z xususiyatlari, vositalari, yunalishlari mavjud. Prezident I. A. Karimovning bir qator asarlarida, mahro’za va nutqlarida bu xususiyatlar etarli darajada keng bayon qilib berilgan. Xo’sh, O’zbekiston boyligi qanday qilib ko’payadi, uning taraqdiyoti nimalar hisobiga ta’minlanishi mumkin:

1) Er osti va er usti resurslaridan, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ular bilan o’zimizni ta’minlash bilan birga chetga eksport qilishga kirishish hisobiga;

2) ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini tubdan qayta kurish, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlash hisobiga;

3) qishloq xo’jaligida erga egalik qilishning yangicha shakllarini vujudga keltirish, qishloqdarda iqtisodiy islohotni amalga oshirish, sanoat va maishiy xizmatni rivojlantirish hisobiga;

4) bazaviy sohalarni (mashinasozlik, neft va gaz ishlab chiqarish, energetika) ustuvor rivojlantirish xisobiga;

5) mamlakatimizda sayyohlikni, ayniqsa, xalqaro sayyohlikni rivojlantirish va boshqalar hisobiga.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish