Tuzuvchi : Yo. To’хtasinov
IQTISODIYOT ASOSLARI VA NAZARIYASI fanidan ishchi o’quv dastur.
(I bosqich I vaII semester uchun)
№
|
Mavzu nomi
|
Ajratilgan soat
|
Nazariy
|
Seminar
|
|
I - semestr
|
|
|
|
1,2
|
Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari. Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fani predmeti, vazifasi va ahamiyati
|
4
|
2
|
2
|
3
|
Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar
|
2
|
2
|
|
4,5
|
Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari
|
4
|
2
|
2
|
6
|
Tovar ishlab chiqarish va pul
|
2
|
2
|
|
7,8
|
Mulkchilik munosabatlari
|
4
|
2
|
2
|
9
|
Ho’jalik yuritish shakllari. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning o’zgarishi
|
2
|
2
|
|
10,11
|
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik
|
4
|
2
|
2
|
12
|
Bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari
|
2
|
2
|
|
13,14
|
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyati.
|
4
|
2
|
2
|
15,16
|
Talab va taklif. Bozor muvozanati
|
4
|
2
|
2
|
17,18
|
Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes
|
4
|
2
|
2
|
19,20
|
Korxonalar va tadbirkorlar fondlarining aylanishi. Ishlab chiqarish harajatlari va foyda
|
4
|
2
|
2
|
JAMI:
|
I semestr
|
40
|
24
|
16
|
21
|
Mehnat munosabatlari va mehnatga haq to’lash
|
2
|
2
|
|
22
|
Raqobat va uning turlari
|
2
|
2
|
|
23,24
|
Narxlar tizimi. Narxlarni shakllanish mexanizmi
|
4
|
2
|
2
|
25
|
Bozorni boshqarishda davlatning iqtisodiy vazifalari
|
2
|
2
|
|
26,27
|
Agrar munosabatlar va agrobiznes
|
4
|
2
|
2
|
28
|
Yalpi Milliy Mahsulot va uning harakat shakllari
|
2
|
2
|
|
29,30
|
Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar
|
4
|
2
|
2
|
31
|
Aholi daromadi va turmush darajasi
|
2
|
2
|
|
32,33
|
Ishchi kuchi va uning bandligi
|
4
|
2
|
2
|
34
|
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
|
2
|
2
|
|
35,36
|
Kredit va bank tizimi
|
4
|
2
|
2
|
37,38
|
Pul muomalasi va uni tartibga solish
|
4
|
2
|
2
|
39,40
|
Jahon ho’jaligi va uni belgilari.
|
4
|
2
|
2
|
JAMI:
|
II semestr
|
40
|
26
|
14
|
JAMI:
|
|
80
|
50
|
30
|
1-Mavzu: Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari. Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fani predmeti, vazifasi va ahamiyati.
(2 soat ma’uza)
Reja:
1. Iqtisodiy rivojlanish — iqtisodiyot ilmining asosi.
2. Uyg’onish davri O’rta Osiyo iqtisodiy qadriyatlari.
3. Temuriylar iqtisodiy tafakkuri.
4. Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fanining predmeti.
5. Iqtisodiy kategoriyalar va iqtisodiy qonunlar to'g'risida tushuncha.
6. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari.
Tayanch so’z va iboralar:
Iqtisod, Iqtisodiyotning tarixiy shakllanish bosqichlari, Temur davridagi iqtisodiy munosabatlar, Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy xodisalar, Iqtisodiy resurslar va iqtisodiy shart-sharoitlar, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar. Iqtisodiy rag’batlantirish va iqtisodiy mexanizmlar. Iqtisodiy qonunlar va kategoriya-lar, iqtisodiy qonunlar tizimi. Iqtisodiy qonunlarga amal qilish mexanizmi va turli sharoitda namoyon bo’lishi. Uslubiyat, ilmiy abstraktsiya.
Iqtisodiyot va iqtisodiyot ilmi bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Zero shu narsa tarixiy haqiqatki, qaerda iqtisodiyot rivoj topgan bo’lsa, o’sha yerda iqtisod ilmi ham kamol topadi, chunonchi iqtisod ilmining rivoji iqtisodiyot taraqqiyotiga to’rtki beradi.
Tarixning guvohlik berishicha, ilk iqtisodiy bilimlar aynan bizning SHarqda, xususan bizning O’rta Osiyoda paydo bo’lgan. Buning boisi SHarq insoniyat iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqining ilk markazi bo’lgan. Buyuk o’zbek ma’rifatchisi Abdurauf Fitratning yozishicha, bundan ming yillar ilgari SHarqda qishloqlar obod, shaharlar ko’rkam, odamlar to’q va farovon yashagan, xirmonlar don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlariga serob bo’lgan. SHuning uchun bo’lsa kerakki, aynan SHarqda iqtisodiyot ilmi ham vujudga kelgan. Fikrimizning isboti «Avesto» kitobidagi iqtisodiy g’oyalardir. Bu tarixiy ilmiy yozma meros aynan Xorazm zaminida bundan 2700 yilcha ilgari bir necha ming mol terisiga yozilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan zardushtiylik dinining dunyoqarashini aks ettiradi. «Avesto»da ko’chmanchi hayotni o’troq turmush tarziga aylantirish zaruriyati, uning iqtisodiy va ijtimoiy afzalligi, dexqonchilik, ayniqsa, chorvachilik bilan shug’ullanish, chorva xayvonlari sonini ko’paytirish va ular uchun yetadigan yem-xashak tayyorlash zarurligi, ayollarning uyda bichish, tikish, to’qish ishlari bilan mashg’ul bo’lishligi, ularning to’yimli ovqatlanishlari va chiroyli kiyinishlari zarurligi, suv inshootlarini yaratish, konlarda ishlash, soliq va uning o’ziga xos jihatlari bayon etilgan. Ushbu asarning iqtisodiyot uchungina emas, balki butun insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyatini inobatga olib YUNESKO ishtirokida 2001 yilda 2700 yilligini nishonlashga qaror qilindi.
Islomiy iqtisodiy qadriyatlar. O’rta Osiyoda, xususan bizning Movarounnaxr zaminimizda iqtisodiyot va uning ilmiy rivojida islom dinining bag’oyat katta ta’siri bo’lganligi e’tirof etilmoqda. Islom dinining iqtisodiy qadriyatlari esa Olloxning kalomi bo’lgan muqaddas «Qur’oni Karim» kitobida, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) muborak hadislarida, mashhur islomiy asar — «Muxtasar» kitobida va asarlarda bayon etilgan.
Ma’lumki, iqtisodiyotda mulk, mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish va uni iste’mol qilish masalasi murakkab masaladir. Alloh uying kalomi bo’lgan muqaddas «Qur’on»da mulk va mulkiy munosabatlarga katta o’rin berilgan. Jumladan, mulkka ega bo’lish iqtisodiy va ijtimoiy ravnaq topishning, iqtisodiy muammolarni hal qilishning omili ekanligi o’qtiriladi, unda ijtimoiy mulk bilan xususiy mulkni muvofiqlashtirish, sarmoyaning ijtimoiy vazifasini bajarish, ya’ni jamiyatga foyda keltirish, sarmoyaning doimo harakatda bo’lishi ko’rsatiladi. «Qur’oni Karim»da oiladagi mulkiy munosabatlarga alohida e’tibor qaratiladi, ya’ni meros qoldirish, vorislik, merosni to’g’ri taqsimlash, ayollarga meros berish kabi masalalar o’rin olgan. Islomning iqtisodiy qadriyatlari tizimida odamlarning yaratuvchanlik faoliyati bilan shug’ullanishlari, xalol va pok mehnat qilish orqali Olloh bergan iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solib o’z rizqini yaratish, ne’matlarni isrof qilmay iste’mol qilishlari, ortiqcha daromaddan zakot berish, hayr-ehson qilish, nogironlarni himoyaga olish kabi oliyjanob umuminsoniy qadriyatlar bayon etilgan. Islom asarlaridan biri bo’lgan «Muxtasar» kitobida mulkni tasarruf etishning iqtisodiy yo’l-yo’riqlari mukammal ishlab chiqilgan. Ayniqsa, unda mavjud mulkni uning egasi ijtimoiy foydali ishlata olmagani sharoitida uni ishlatib manfaat olishni boshqa birovga ma’lum muddat va ma’lum shartlar asosida berib turish tamoyillari ko’rsatilgan. Boshqacha aytganda, bu kitobda ijara munosabatlari va ijaraga olish hamda ijaraga berish qoidalari batafsil yoziladi. Bu iqtisodiy g’oyalar iqtisodiyotni rivojlantirish, mavjud iqtisodiy potentsialdan unumli va samarali foydalanish uchun dasturilamal bo’lib xizmat qilmog’i darkor. Payg’ambarimiz hadislarida bozor munosabatlari, xususan halol savdo qilish, adolatli baxrlar belgilash, boshqalar mol-mulkiga hiyonat qilmaslik, mulkning dahlsizligi, qarz berish va qarz olish tamoyillari bayon etilgan. Bu islomiy qadriyatlar bizning mustaqillik davrimizda yana ham zalvorli, yana ham katta ahamiyat kasb etib borayotgani ahamiyatlidir. Demak, islom dini nafaqat ma’naviy, ruhiy qoniqish hosil qilish, ruhiy poklanish, ilxomlanish, shu bilan birga iqtisodiyotimizni rivojlantirish, farovon hayot tarzini yaratish ishida ham beqiyos ijobiy ahamiyat kasb etmoqda.
Uyg’onish davri O’rta Osiyo iqtisodiy qadriyatlari. Bugun Islom olamining e’tirof etishicha, garchi Islom dini Arabistonda ilk bor qaror topgan bo’lsada, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivoj topishi, mustahkamlanishi bevosita O’rta osiyolik mashhur islomiy allomalarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Imom Moturudiy, Burxoniddin Marginoniy nomi bilan bog’liqdir. Islom iqtisodiy qadriyatlari keyinchalik O’rta Osiyo allomalarining iqtisodiy tafakkuri rivoji uchun bebaho manba bo’lib xizmat qildi. Bu Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nizomulmulk kabi mutafakkirlarimiz ijodlari va asarlarida o’z ifodasini topgan. Bugungi kunda ular qoldirgan iqtisodiy meros xalqimizning yangi jamiyat qurish ishiga xizmat qilish har birimizning muqaddas burchimizga aylanib qoldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish omillarini ko’rsatib bergan buyuk allomalarimizdan biri Abu Nasr Farobiydir. U o’zining Aflotun va Arastu asarlariga yozgan sharhlarida, ayniqsa, «Fozil kishilar shaxri» asarida iqtisod masalalariga e’tiborini qaratdi. U quyidagi iqtisodiy qarashlarni ilgari surdi: mulkdor bo’lishlik yaxshi odat, qashshoqlikda mulksiz yashagandan ko’ra, mulkdor bo’lib badavlat bo’lib yashagan afzalroq; faqat mulkni befoyda jamg’armaslik darkor; odamlarga, avlodlarga zarari tegmaydigan mulk orttirish lozim; boshqalarga zarar keltiradigan boylik to’plashdan, mulkdor bo’lishlikdan saqlanmoq kerak kabi g’oyalarni bayon etdi. Farobiy ishlab chiqarishga va iste’molga sarf harajat qilishda ma’lum tartib va me’yorlarga rioya qilishga chaqiradi. U yozgan ediki, «Kimda kim o’z ixtiyoridagi mulkni foyda chiqarish uchun muomilaga qumasa, uni faqat o’zi uchungina jamg’arsa, juda katta zarar keltiradi»'. Farobiy taqsimot masalasida g’oyat ilg’or takliflarini ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyat va odamlar qo’lidagi boylikni, mol-mulkni to’g’ri taqsimlash davlat qurilishidagi asosiy masaladir. Taqsimot ishi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, odamlar faqir ahvolga tushmaydi. SHu ma’noda u «Taqsimot ishi juda qiyin, lekin juda zarur ishdir», degan edi. Ehtiyojlar va ularni qondirish masalasi ham Farobiy e’tiborini tortgan edi. Ayniqsa, u mehnat qilish ehtiyojini va uni qondirish masalasiga alohida urg’u beradi. Zero, mehnat ehtiyoji yaratuvchanlik ehtiyojidir, ayni chog’da bu ehtiyoj moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilish bilan g’oyat ahamiyatlidir.
Uyg’onish davrining buyuk olimi Ibn Sino odamlar yakka holda ishlash bilan hech qanday ehtiyojni qondira olmaydi, shuning uchun ular mehnat taqsimoti asosida birgalashib, o’zaro hamkorlikda ishlasalar o’z ehtiyojlarini bemalol qondira oladilar, degan g’oyani ilgari surdi. Biroq odamlarning o’zaro iqisodiy munosabatlari adolatli doirada bo’lmog’i kerak. Bunday tartibni, Ibn Sino fikricha, davlat o’rnatadi, ya’ni u har bir odamning jamiyatdagi o’rnini aniqlab berishi kerak, u tekinho’rlar bo’lishiga aslo yo’l qumasligi lozim. Abu Ali Ibn Sino ham iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda savdoning ahamiyatini va savdo bilan shug’ullanuvchilarning o’rnini to’g’ri talqin etgan. U savdo aloqalari shaharlar (mamlakatlar, xalqlar) O’rtasida yo’lga qo’yilishini zaruriy ish deb hisoblaydi. Zero, shunda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, tinchlik va barqarorlik, odamlar orasida o’zaro tushunish qaror topadi. Demak savdoning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, shu bilan birga katta siyosiy ahamiyatini ham yuqori baholaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikka erishish masalasi SHarqning ulug’ olimi va mutafakkiri Abu Rayxon Beruniy ilmiy faoliyatida ham katta o’rin tutgan. Beruniy yashagan va ijod etgan davrlarda iqtisodiyot va savdo-sotiq ishlari ancha rivoj topgan. Ayniqsa, xalqaro savdo kuchaygan edi. Bunday sharoitda pulning muomala vositasi sifatidagi ahamiyati oshgan, pulga talab ortib borgan. O’sha davrlarda pul tarkibida qimmatbaho metallar (oltin va kumush) salmoqli o’rin tutgan. Bu hol pul (tangalar)ning muomaladan chiqib ketishiga, ularning boshqa maqsadlarda ishlatilishiga olib kelgan. Buning oqibatida bozorda pulga bo’lgan talabning ortishi yaroqsiz, tarkibida qiymati past metallar hissasi yuqori bo’lgan pul birliklari vujudga keldiki, bu tabiiy ravishda pul qadrsizlanishining, pulga ishonchsizlikning oshishiga olib keldi. Bu hol qadr-qiymati past bo’lgan pul birliklarini bartaraf etish, pul qadrini ko’tarish yo’llaridan biri bo’lgan tangalar tarkibidagi qimmatbaho metallar hissasini aniqab beruvchi nozik asbobga ehtiyojni tug’dirdi. Beruniy metallshunoslik, mineralogiya fanlarida yetuk olim bo’lganligi uchun ushbu jiddiy iqtisodiy masala uning e’tiborini tortadi va bu ish yuzasidan tadqiqotlar o’tkazadi. Uning ilmiy izlanishlar oqibati o’laroq o’sha davrlar uchun g’oyat nodir ilmiy natijaga erishiladi, ya’ni tangalar tarkibidagi metallar hissasini aniqlab beruvchi asbob yaratiladi. Bunday ixtiro uzoq yillar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim omili bo’lib keldi. Hozir ham ana shu ixtironing naqadar tarixiy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy ilmlar taraqqiyoti tarixida buyuk allomalarimizdan biri Yusuf Xos Xojib qoldirgan ilmiy meros ham g’oyat qimmatli va ahamiyatlidir. Uning bizgacha yetib kelgan «Qutadg’u bilig» asarida qimmatli iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. Ma’lumki, iqtisodiyotning taqdiri uning ishtirokchisi (sub’ekti) mehnatchining qanchalik sifatli rag’batlantirilishi, taqdirlanishiga bog’liqdir. Bu masala bizning bugungi davrimizda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Zero moddiy manfaatdorlik, yaratuvchilarni rag’batlantirish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir. Yusuf Xos Xojib shu masalaga e’tibor qaratib «Xizmat ahli o’z mehnati natijasidan umidvor turadi.Umidini topmagan hodimning ko’ngli sinadi. Xizmatiga yarasha taqdirlangan hodimning boshi ko’kka yetadi» deb yozgan edi. Demak, mehnat to’g’ri taqdirlangan sharoitdagina ishlab chiqarishdan ko’zlangan natijani kutish mumkin. Olim davlatni qudratli bo’lmogi uchun, avvalo hodimlar (ishlab chiqaruvchilar) boyishi lozim deb hisoblaydi. Darhaqiqat shunday. Ulug’ bobokalonimizning bu g’oyasi bugun o’tkazilayotgan, tobora chuqurlashtirilib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan, Prezident I.A.Karimov olib borayotgan xalq farovonligini oshirish siyosati bilan naqadar hamohang ekanligi tushunarlidir.
Yana shu narsa haqiqatki, iqtisodiyotdagi har bir harakat zaminida manfaat, unga erishish maqsadi yotadi. Buni Yusuf Xos Xojib allaqachon idrok etganligi bizni quvontiradi. U yozgan ediki «Aslida butun qimirlagan jon nafni (manfaatni) o’ylab harakatlanadi». Bu olijanob g’oya keyinchalik iqtisodiyot darsliklariga boshqalar nomi bilan (G’arb olimlari) singdirib yuborilgan edi. Yusuf Xos Xojib iqtisodiyot taqdiri turli-tuman kasblarni egallashga ham bog’liqligini uqtirgan edi.
Temuriylar iqtisodiy tafakkuri. Buyuk Sohibqiron Amir Temur qudratli o’zbek davlatini vujudga keltirdi va shu bilan birga o’zining puxta ishlangan iqtisodiy siyosati orqali milliy iqtisodiyotni yaratdi. U yurgizgan iqtisodiy siyosat tamoyillari, eng avvalo, uning qalamiga mansub «Temur tuzuklari» nomli asar, shuningdek, uning haqidagi tarixiy va badiiy asarlarda o’z ifodasini topdi. Amir Temur iqtisodiyotni tashkil etish, uni barqarorlashtirish, tartibga solish, uzluksiz rivojlantirish xaqida, kuchli milliy iqtisodiyotni yaratish to’g’risida doimo qayg’urdi. Eng muhimi shuki, Sohibqiron iqtisodiy siyosati zaminida inson, mamlakat fuqarolari turmushini yaxshilash, yurt obodonligi masalalari turdi. U ayniqsa, tadbirkorlar va tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida g’amho’rlik qildi. «Temur tuzuklari»da quyidagi fikrlarni o’qiymiz: «Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytarib tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin; kuchi yetmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug’lik va asbob-uskunalar tayyorlab berilsin» deyilgan.
Amir Temur iqtisodiy siyosatida soliq masalasi alohida o’rin tutadi. U soliqlarni ishlab topilgan daromadlarga qarab, yer unumdorligi va uning suv bilan ta’minlanganligiga qarab, aholining ijtimoiy ahvoliga qarab tabaqalashtirish haqida ko’rsatma bergan. «Amr qildimki - deyiladi «Temur tuzuklari»kitobida, - aholidan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki aholini xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’allashuviga olib keladi».
Amir Temur ishlab chiqqan iqtisodiy tamoyillar uzoq yillar butun temuriylar davrida qo’llanildi va rivojlantirildi. Uning nabirasi Mirzo Ulug’bek saltanatida ham iqtisodiyotga alohida e’tibor berildi. U iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida iqtisodiy islohotlar o’tkazdi. Bunda pul muomilasini tartibga solish, pulning qadrsizlanmasligi uchun doimiy choralar qo’llash, mo’tadil xalqparvar soliq siyosatini yurgizish masalalariga e’tibor qaratdi. Bu tadbirlarning natijasi oqibatida Mirzo Ulugbekning podsholigi davomida mamlakat tinch, farovon, obod bo’ldi. Buyuk Sohibqiron iqtisodiy tafakkuri temuriy sulton Xusayn Bayqaro davrida ham davom etdi. Ulug’ shoirimiz, so’z mulkining sultoni, Xusayn Bayqroning do’sti, ham vaziri Alisher Navoiy hazratlarining «Maxbub ul-qulub» nomli asaridagi iqtisodiy g’oyalar Amir Temur iqtisodiy dunyoqarashi bilan hamohangligini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy savdo va savdogarlar haqida, dehqonlar va hunarmandlar to’g’risida, soliq, mulk va undan foydalanish, xo’jalik yuritish kabi masalalarda o’z iqtisodiy fikrlarini bildirgan. Masalan, foyda olish va uning ahamiyati haqida shunday deydi: «Har bir ishdan foyda ko’rganingda bajar, uni bajarishda qiyinchiliklar va ikkilanishlar paydo bo’lsa, mashaqqati ozroq tomonga kuch sarfla, qiyinchiliklardan erinmaslik chorasini ko’r». Ko’rinib turibdiki bu fikr bozor iqtisodiyotining «foyda — bosh maqsad» tamoyiliga mos tushmoqda.
Temuriy sha’zodalardan biri, yirik sarkarda, shoir va mutafakkir, ulug’ vatandoshimiz Z.M.Bobur faoliyatida ham iqtisodiyotga, iqtisodiy siyosatga katta ahamiyat berilganligi ham tabiiy xoldir. Zero, u doimo buyuk ajdodi Amir Temurga asoslandi va uning yo’lidan bordi. Bobur iqtisodiy dunyoqarashi uning mashhur entsiklopedik asari «Boburnoma»da va «Zakot to’g’risida kitob» asarlarida bayon etilgan va o’zining davlatini boshqargan. «Boburnoma»da hikoya qilinadiki, Bobur Qobulda hukmronlik qilgan davrda dunyoning turli mamlakatlaridan bu yerga savdo karvonlarining bemalol kelib-ketishi, savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar bo’lgan, har kuni birgina Hindistondan o’n, o’n besh, yigirma ming uylik karvon Qobulga kelgan. «Boburnoma»ni o’qir ekanmiz, undagi iqtisodiy g’oyalar ustidan fikrlar ekanmiz shunday xulosalarga kelamiz: birinchidan, Boburning yaratuvchilik, iqtisodiyot ishlari bilan qiziquvchanlik fazilatlarini ilg’aymiz; ikkinchidan, uning iqtisodiyotni rivojlantirishga, savdoning xalqaro ahamiyatini kuchayishiga e’tibori kuchli ekanini tushunib yetamiz; uchinchidan, o’z Vatani, xalqini qalbdan sevishi, uning hayoti bilan bir umr qiziqib, unga kuyib yashaganini ko’ramiz. Boburning iqtisodiy tafakkuri «Zakot to’g’risidagi kitob»ida yana ham oydinroq, chuqurroq namoyon bo’ladi. Bu asarda soliq solish va undirish tamoyillari berilgan. U g’oyat adolatli shoh, insonparvar buyuk zot ekanligi soliq haqidagi qarashida o’z ifodasini topgan. U soliqlarni hisoblash uchun soliq ob’ektini, ya’ni mol-mulkning, daromadning soliq solishga layoqatli miqdorini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Soliq hosilga, topilayotgan daromadga qarab belgilanishi zarurligini ko’rsatadi.
Masalan yer solig’ini 2 toifaga bo’ladi:
1) olingan hosilning miqdoriga qarab,
2) ekilayotgan yer maydoniga qarab belgilanishini buyuradi.
SHarq iqtisodiy tafakkurida Ibn Xaldunning o’ziga xos salmoqli o’rni borligi ma’lum. Zero uning iqtisodiy ta’limoti o’zining mukammalligi, ilmiy asoslanishi jihatidan dunyoning buyuk iqtisodchilari qatoridan o’rin olishga sabab bo’lgan. Ibn Xaldun «Kirish» nomli asarida tabiiy-jug’rofik muhitning (er, suv, iqlim, turroq unumdorligi, rel’efi va hokazo) ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etadigan omil sifatida baholansada, biroq bu omilni u bosh omil hisoblamaydi. Uning fikricha, iqtisodiyotda bosh omil — odamlarning mehnat taqsimoti asosida uyushtirilgan iqtisodiy faoliyatidir. Odamlarning bir-birlari bilan hamkorlik qilib ishlashlariga ularning ehtiyojlarini qondirishlari zaruriyati sabab bo’ladi. Zero o’sib boruvchi ehtiyojlarni ajralgan, ya’ni yakka holda mehnat qilish bilan qoniqtirib bo’lmaydi. Ibn Xaldun industrial (sanoat) mehnatiga, ya’ni mehnatni tashkil etishning shahar shakliga yuqori baho berdi va buni ishlab chiqarishni rivojlantirishning oliy bosqichi deb atadi. Gar shundaki, shahar ishlab chiqarishi sharoitida ne’matlarni yaratish usullari takomillashadi, inson qobiliyatlari o’sadi, xunarmandchilik rivojlanishiga keng yo’l ochiladi, yangicha madaniy hayot qaror topadi. Sanoatning insoniyat tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishdagi qudratli rolini Ibn Xaldun G’arb iqtisodchilaridan 400 yil ilgariyoq idrok etgan edi. Ibn Xaldun odamlarni birgalashib (jamoa, guruh bo’lib), mehnat taqsimoti asosida ishlashlari yuqori mehnat unumdorligiga olib kelishini va bunday xo’jalik yuritish shakli qo’shimcha mahsulot yaratilishiga moddiy zamin yaratajagini asoslab berdi. Xaqiqatdan ham mehnat taqsimoti asosida ishlash zaruriy mahsulotni bemalol yaratib yana qo’shimcha mahsulot ham ishlab chiqirishga kerakli omil bo’lib xizmat qiladi. Qo’shimcha mahsulotning ahamiyatini yana shunda ko’rdiki, uning vujudga kelishi bozorlarni, almashuvni, keyinchalik tovar ishlab chiqarishni vujudga keltirdi. Tovar ishlab chiqarish va almashuv esa iqtisodiy taraqqiyotni o’sishida go’yoki bir lokomotiv vazifasini o’tadi. Uning buyuk xizmatlaridan biri shu bo’ldiki, u mehnatning qiymat substantsiyasi (qiymatni mehnat yaratadi) ekanligini tushunib yetdi. Albatta, mehnat qiymatni yaratuvchi kuch ekanligini isbotlash va uni fanga olib kirish XIV asr sharoitidagi iqtisod ilmi darajasida buyuk ixtiro bo’ldi. U ikki narsaning bir-biri bilan almashuvi asosida nima yotadi, almashuv zaminida qanday moddiy asos mavjud bo’ladi degan savolga javob izladi va bu muammoga “qiymat” yotadi degan ilmiy asoslangan javobni topa bilgan SHarq olimi bo’ldi. Bu borada Ibn Xaldun hozirda mashhur bo’lgan G’arb iqtisodchilari A. Smit, D. Rikardo va boshqalardan bir necha yuz yil ilgarilab ketdi. Bugungi kunda Ibn Xaldunning mulk, mulkiy munosabatlar, xususiy mulkchilik va uni iqtisodiy taraqqiyotdagi roli to’g’risida qarashlari ham naqadar ahamiyatli ekanini ko’rsatishni istar edik. U yozgan ediki, insonning mulkdor bo’lishligi uning uchun tabiiy (ob’ektiv) xoldir. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi ham odamlarni mulkdor bo’lishiga intilishidandir. Demak, iqtisodiy erkinlik (mulkdor bo’lish, uni tasarruf etish va iste’mol qilish) inson uchun yot narsa emas. Insonni mulkdor bo’lish huquqidan mahrum qilishlik ma’lum siyosiy kuchlarning zo’ravonligidandir. Insonning mulkdor bo’lishligi umuminsoniy huquq va qadriyatdir. Ko’rinib turibdiki, insonning mulkdor bo’lishligi haqidagi SHarq olimi mulohazalari hayotiy haqiqatdir. Buni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Deklaratsiyasida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Prezident I.A.Karimovning iqtisodiy ta’limotida aks etganligida ko’rish va ishonch hosil qilish mumkin.
XXI asr bo’sag’asida o’zbek iqtisodiy ta’limotining rivojlantirilishi. XXI asrning oxirgi o’n yilligi O’zbekiston uchun, o’zbek xalqi uchun asrlarga tatiydigan tarixiy voqelik bo’ldi — mamlakatimiz mustamlakachilik zulmidan qutulib mustaqil taraqqiyot yo’liga kirdi. O’zbekiston o’zining milliy iqtisodiyotini, iqtisodiy (haqiqiy) mustaqilligini o’rnatishdek buyuk yaratuvchilik davriga qadam qo’ydi. Bu tarixiy o’zgarishlar pirovard oqibatida yurtimizda farovon, demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga olib kelajak. SHu narsa ayni haqiqatki, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadigan jamiyatni, buyuk O’zbek davlatchiligini yangidan barpo etish ma’lum ilmiy kontseptsiyaga, puxta o’ylangan va ishlab chiqilgan milliy taraqqiyot dasturiga asoslanishi darkor. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov xuddi ana shu milliy taraqqiyot dasturining asoschisi, buyuk o’zbek davlatining me’mori sifatida maydonga chiqdi. U o’zining milliy iqtisodiy mustaqillikka erishtirishning iqtisodiy kontseptsiyasini yaratdiki, bu ilmiy ishlanma bugun «O’zbek modeli» deb jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi.Yangi davr iqtisodiy kontseptsiyasining mohiyati mamlakatimizning tabiiy, iqtisodiy, mehnat, intellektual, milliy, tarixiy qadriyatlarga hamda jahon hamjamiyatining yordami va u bilan integratsiyalashuviga asoslangan holda bozor iqtisodiyoti tizimi qonunlari bilan rivojlanib boruvchi ilg’or iqtisodiyotni yaratishdan iborat. Prezidentimiz iqtisodiy kontseptsiyasi tugallangan ilmiy kashfiyot sifatida uning «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli mashhur asarlarida, bir qator ma’ruzalari va chiqishlarida ishlab chiqildi. XXI asr bo’sag’asi o’zbek iqtisodiy kontseptsiyasi I.A.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tishning mashhur besh tamoyilida o’z ifodasini topdi. Bu tamoyillar xalqimiz va Vatanimizning qudratli salohiyatiga suyanilganligi tufayli ular hayotiy kuchga ega bo’lmoqda. Prezident Islom Karimovning iqtisodiy kontseptsiyasining hayotiyligi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining keyingi 5—6 yilgi natijalarida tasdiqlanmoqda. O’zbekiston iqtisodiyoti barqarorlashdi, yalpi ichki mahsulotning qoniqarli o’sish sur’atlari kuzatilmoqda, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibining o’zgarishlari jadal bormoqda, xalqimiz turmush farovonligi, yurtimiz obodonligi yaxshilanib bormoqda. Bunday ijobiy o’zgarishlar haqida I. A. Karimovning 2007 yil 12 fevralda Vazirlar Mahkamasidagi 2006 yil yakunlari va 2007 yilgi asosiy ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan ma’ruzasida batafsil bayon qilingan.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarni yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim bir so’z bilan, iqtisodiyot deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy ho’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun iqtisdoiyot deganda uy ho’jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy yoki individual ho’jalikdan iborat emas, balki yirik xususiy ho’jalik, jamoa, hissadorlik jamiyatlari, davlat ho’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, ho’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo’lib, juda murakkab organizm hisoblanadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyotning ko’pgina tomonlarini aniq iqtisodiy fanlar, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy ahborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar o’rganadi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlarini esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, bank ishi, bojhona ishi, statistika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buhgalteriya hisobi, ho’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.
Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog’liq holda mavjud bo’ladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo’nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, soxalari, tomonlari o’rtasidagi aloqadorlikni va o’zaro ta’sirni o’rganadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va hizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy ho’jalikni samarali yuritish qonun qoidalarini o’rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |