O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib bo



Download 1,9 Mb.
bet10/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy taxlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki iqtisodiy jarayonlari, alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, baho tashkil topishining, ish xaqi to’lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi.

Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu taxlil ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi.

Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.

Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi.

Umuman olganda Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir.

“Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g’oya, milliy mafkuradir”. Shu aqidadan kelib chiqib, Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish” vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish soxasidagi strategic maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: “Jamiyatda hayotga, o’zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo’lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro’y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyo qarashi, ongi chegaralanib, bir qolipda qolmasin. Milliy g’urur, istiqlol mafkurasi g’oyalari unga doim hamroh bo’lsin”. Bu maqsadga erishish uchun Iqtisodiyoty asoslari fani Prezidentimiz I.A.Karimovning so’zlagan ma’ruzalarida, asarlarida ko’rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri tamoyillarini, o’tishning o’ziga xos yo’lini, o’zining iqtisodiy qonunlarini, yo’l-yo’riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan Qonun va qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo’llarini yoritmog’i, o’tish davri iqtisodiyotining hususiyatlari, ko’p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo’llari, usullarini ko’rsatib bermog’i lozim.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish