M = F(A)
Bu erda M— mahsulot (tovar), A ~ ishlab chiqarish omillari.
Ma’lumki, har qanday mahsulot, u juda ham elementar (oddiy) bo’lsa ham uni yaratish uchun bir emas,bir qancha ishlab chiqarish omillari ishlatiladi (iste’mol qilinadi). Agar biz biron-bir mahsulotni (tovarni) bir qancha omillardan foydalanib ishlab chiqarilishini faraz qilsak, u holda bu funktsional bog’liqlikni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
M-R (A+B+V+G+D+E...)
Bu erda: M — mahsulot (tovar)
A+B+V+G+D+E... — ishlab chiqarish omillari.
Odamlarning ko’payib borishi, buning ustiga ularning iste’molining ham miqdor, ham sifat, ham mahsulot turlari (assortiment) bo’yicha ortib borishi tufayli tabiiy resurslar tobora kamayib bormoqda. Insoniyat tabiiy resurslarning etishmovchiligi havfi ostida qolmoqda. Bunday sharoitda fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqish omillarining sunhiy turlarini hamda ularning o’rinbosar turlarini iqtisodiyot jabhasiga tormoqda. Buning ustiga tejamli va chiqindisiz texnologiya kirib kelayotir. Natijada iste’mol nehmatlarining yangi turlari vujudga kelish bilan bir vaqtda ijtimoiy mahsulotlar miqdori (hajmi) ham ortib borayotir. Boshqacha aytganda, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish ko’paymoqda. Qo’shimcha mahsulot (ishlab chiqarish omillari to’la qoplangandan qolgan mahsulot) esa ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, yangi texnologiya joriy etish, ish kuchi omili sifatini orttirish, yangi ishlab chiqarishni investitsiyalash imkoniyatini beradi. Qo’shimcha mahsulot har qanday mamlakat yoki jamiyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining beqiyos omilidir. Ilm-fan, texnika-texnologiya rivojlanib borarkan (bu tabiiy jarayon) qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari ham kengaya boradi.
Ishlab chiqarish natijalarining ortib borishi deganda mamlakat yalpi ichki mahsuloti, yalpi milliy mahsuloti, qo’shimcha mahsuloti kabilarning, umuman moddiy va nafaqat nehmatlar va xizmatlarning miqdor (hajm) jihatdan muttasil ko’payib borishigina tushinilmaydi. Albatta, miqdoriy o’sishning ahamiyati beqiyos. Biroq», nehmatlar miqdoran ko’p bo’lsa-yu, ularning iste’mol qiymati, foydaliligi, ehtiyojlarni qondira olish xususiyatlari past bo’lsa, ijtimoiy ishlab chiqarishdan konikish hosil qilmasliklari mumkin. Demak, ishlab chiqarishning shunchaki miqdoran ortishiga emas, uning samaradorligini ortishi (sifatining yaxshilanishi) muhimroqdir. Zero, samaradorlik ko’rsatkichida ishlab chiqarishning pirovard natijasi to’laligicha namoyon bo’ladi. Unda ishlab chiqarish omillaridan tejalishi, ham tejamli va ekologik sof texnologiya qo’llash ham, sifatli tovarlar yaratilishi ham o’z ifodasini topadi. SHunday ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini o’zida ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |