Strukturaviy ishsizlik ishchi kuchlari talabi tarkibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, majburiylik xususiyatiga ega. Inson ehtiyojlarini doimiy o’sib borishi va fan-texnika taraqqiyoti eski tarmoqlarni yo’qolib borishiga hamda yangilar paydo bo’lishiga, natijada iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, ishchi kuchlariga bo’lgan talabning tarkibini o’zgartiradi, xodimlar ixtisosini va malakasini o’zgarishini talab qiladi. Bunga esa ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Shuning uchun ham mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi va strukturaviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friksion ishsizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |