99
7.4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini
faqat
ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi
bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan
ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi
tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan
vaziyatni misol tariqasida keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda
dastlabki elektrotexnika korxonalari deyarli bir vaqtda paydo bo`lganiga qaramay,
jahon bozorida yetakchilik mavqeini faqat Germaniya (AEG) va Amerika
(“General Elektrik”) elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari egallashdi. Boz ustiga,
Britaniya firmalari hatto o`zlarining milliy bozoridan ham siqib chiqarildi: AEG
ushbu davrda Britaniyada o`z mahsulotlarini har qanday ingliz firmalariga
qaraganda ko`proq sotdi. Britaniya ishlab chiqaruvchilari «germaniya va amerika
firmalari bilan teng raqobatlashish uchun zarur bo`lgan tashkiliy xususiyatlarni
rivojlantira olishmadi», degan xulosaga keldi, Chandler.
Demak, firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya
xarajatlari dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni
oldini olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi
tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi trayektoriyaga bog`liqligini ham hisobga
olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o`zgarishlarning alohida
trayektoriyasi
bo`yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot
rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar
dinamikasini o`rganishda ifodalangan dalillarni to`ldirishni va qisman qayta ko`rib
chiqishni talab qiladi.
Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan
funksiyalarga o`xshash funksiyalar tashkiliy madaniyatga o`tadi. «Har qanday
tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy
kognitiv tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud». Tashkiliy madaniyat, «prinsipal»
bilan «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me’yorlar,
qoidalar va an’analarda moddiylashtiriladi. Tashkiliy madaniyatning interpretativ
funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo`lganida «prinsipal» qarorlarning
asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat.
«Tashkiliy madaniyat
ex antega
bo`ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan
holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat’iyroq aytadigan
bo`lsak, u tufayli tashkilot o`zining birxilligiga ega bo`ladi».
Do'stlaringiz bilan baham: