O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/151
Sana01.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#304504
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

9.3. Uy xo`jaligining xillari
Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishidagi mutaassibliklar rolinin tahlil qilish uni
tarkibining u harakat qiladigan institutsional muhitning o`ziga xos xususiyatlari
bilan shartlanganligini faraz qilishga yordam beradi. Haqiqatdan ham, uy xo`jaligi
insonni tashqi muhitning noaniqligidan, unga yuklatiladigan o`yin me’yorlari va
qoidalaridan, kundalik muammolarga ortiqcha e’tibor qaratishdan saqlaydi.
Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik darajasi, rasmiy va
norasmiy me’yorlarning o`zaro nisbati, sodir bo`layotgan o`zgarishlar tezligi) uy
xo`jaligining tarkibiga ta’sir ko`rsatadi. Boshqacha aytganda, firma yoki
davlatning universal modeli bo`lmagani kabi, uy xo`jaligining ham universal
modeli mavjud emas. Shu munosabat bilan uy xo`jaligining uchta ideal xilini
yoritishga harakat qilamiz: bozor instituti hukmronligi sharoitida faoliyat
ko`rsatuvchi, buyruqbozlik iqtisodiyoti instituti xukmronligi sharoitida faoliyat
ko`rsatuvchi va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida
faoliyat ko`rsatuvchi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo`jaligi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson
kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror
xususiyatga egaligiga qaramasdan, uy xo`jaligining kundalik hayoti iste’mol
tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan murakkablashadi. Boshqa holatda
mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik tadbiri ko`p vaqt,
kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Bundan tashqari,
totalitar davlat xususiy sohani himoya qilishning faqatgina kafolatlarini o`zida
namoyon qiladi. Umuman buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida davlat tomonidan
himoyalangan shaxsiy hayot sohasining mavjud bo`lishi haqida gapirib bo`lmaydi.
Bu bilan oila va uy xo`jaligini kuchaytirishga bo`lgan talab kuchayadi: faqat ushbu
tashkilotlar insonning shaxsiy kengligini himoya qilishga qodir.
Uy xo`jaligining tarkibi va uning xo`jalik aloqalari ko`p jihatdan aynan
o`zaro xizmatlar ko`rsatish (“sen-menga, men-senga”) tamoyili bo`yicha faoliyat
ko`rsatgan “g`arazli aloqalar”ni barpo etish jarayoni bilan shartlanadi. Taqchillik
iqtisodiyotida uy xo`jaligi eng noyob resurslarni birlashtirish natijasida paydo
bo`ldi. Bunday resurslar tanqis tovarlar va xizmatlarning o`zlari emas, balki ularga
“ruxsat berish xizmatlari” edi. Ruxsat berish xizmati uchun hech qanaqa shaxsiy
mablag`lar kerak emas edi. “Shaxsiy cho`ntakdan emas, balki davlat yoki jamiyat
cho`ntagidan yordam, xizmat ko`rsatish sohasiga esa – “o`zga” mijozlar hisobidan
ko`rsatildi. Tanqis tovar va resurslardan foydalanishda ustunlik partiya-davlat
apparati, savdo, transport xodimlari, tez-tez xorijga safar uyushtiruvchilarga
(artistlar, sportchilar, diplomatlar), shuningdek, alohida mintaqa va shaharlarning
oddiy fuqarolariga (ro`yxatga ko`ra) berilardi.
Taqchillik iqtisodiyotida uy xo`jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan
asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan
iborat bo`ldi. Partiya-davlat iyerarxiyasidagi o`rniga qarab noyob resurslardan
foydalanishning tabaqalanishi uy xo`jaligi va davlatning o`zaro munosabatlarining
alohida xilini shartlab berdi. Uy xo`jaligi byudjet cheklovlari korxonaning byudjet
cheklovlariga qaraganda ancha qat’iy bo`lishiga qaramasdan, uy xo`jaligi


127
tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transportlar) va pul bo`lmagan
(nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni
hisobga olish lozim. Uy xo`jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi
buyruqbozlik iqtisodiyotinin
etakratik
tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: “U
yoki bu ijtimoiy guruh davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini
taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin bo`lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei
shunchalik yuqori bo`ladi”. Shuning uchun uy xo`jaligini birinchi galda davlat
siyosatining unga partiya-davlat iyerarxiyasidagi mavqei asosida rentani olish
imkonini beruvchi yo`nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal
siyosati, ijtimoiy ta’minot siyosati, ta’lim sohasidagi siyosat.
Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaligi.
 Bozor instituti uy xo`jaligini kamyob
tovarlar va xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog`liq
vaqtning yo`qotilishidan xalos etadi – xasid qilish jarayoni mutaassiblikka
aylanadi. Masalan, Fransiyada juma kuni kechqurun va shanba kuni ertalab
supermarketlarda xaridorlar to`lib-toshadi, shu kunlari kishilar an’anaviy tarzda
dam olish kunlari va keyingi xaftaga yetadigan miqdorda xarid qilishadi.
Xaridning mutaassiblikka aylanishi natijasida bo`shab qoladigan kognitiv
imkoniyatlar nima uchun sarflanadi? Birinchidan, xarid xatti-harakatining o`zini
optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin
bo`lsa, o`sha narsani sotib olish muhim hisoblansa, bozor iqtisodiyotida sifat va
narxning eng yaxshi o`zaro nisbati asosida iste’mol qilishda eng ko`p foydani
ta’minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste’molni optimallashtirish
ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi
bilan murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay
aylanishiga to`sqinlik qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, uy xo`jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo`lgan
mehnat bozorida ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo`jaligi mehnat
bozoridagi bandlikning muqobil varinatlari, uy xo`jaligini yuritish va bo`sh vaqt
o`rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o`z inson kapitalini eng foydali tarzda
sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining a’zosi egalik qiladigan inson
kapitalining o`ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo`lsa, uy xo`jaligini yurtish
bilan emas, balki o`z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug`ullanish,
shunchalik foydali. Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi
qanchalik past bo`lsa, uning egasi uchun uy xo`jaligini yuritish bilan chegaralanish
shunchalik asoslidir. O`z navbatida, bandlikni optimallashtirish ham uy xo`jaligi
doirasida amalga oshadi.
Uy xo`jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan
sohaga yo`naltirish uning davlatdan kam qaram bo`lishini ta’minlaydi. Davlatning
faoliyati uy xo`jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida
ishtirok etish darajasida va u (soliq kodeksi orqali) uy xo`jaligi daromadining bir
qismiga da’vogar bo`lishi me’yorida qiziqtiradi.
O`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligi.
Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatadigan
istitutsional muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud
bo`lishini shubha ostiga qo`yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy


128
ravishda qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi, ya’ni ular inson ongining ongsiz
sohasidan ongli va doimiy e’tiborni talab etuvchi sohasiga o`tadi. Islohotlar
qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan yemiruvchi
ta’siri shunchalik kuchli bo`ladi. Bundan o`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligining
maqsadi kelib chiqadi: uy xo`jaligining himoya funksiyasini saqlab qolishga
intilish borgan sayin ortib boruvchi sa’y-harakatlarni va imkon qadar ko`p e’tiborni
talab etadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar,
ijtimoiy to`lovlar, xodimning obro`si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy
xo`jaligini o`z faoliyatini maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi,
axir har qanday daromad manbai ham barqaror manba sifatida qaralishi mumkin
emas. A’zolarining inson kapitalini takror ishlab chiqarishga aniq ixtisoslashuviga
tayanadigan bozor xilidagi uy xo`jaligidan farqli o`laroq, o`tish iqtisodiyotidagi uy
xo`jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy transportlarni
iste’mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa yeri yordamida o`zini o`zi
ta’minlash va ko`plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug`ullanadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish