O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi



Download 1,11 Mb.
bet92/97
Sana20.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#680553
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Uy xo`jaligining xillari


Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishidagi mutaassibliklar rolinin tahlil qilish uni tarkibining u harakat qiladigan institutsional muhitning o`ziga xos xususiyatlari bilan shartlanganligini faraz qilishga yordam beradi. Haqiqatdan ham, uy xo`jaligi insonni tashqi muhitning noaniqligidan, unga yuklatiladigan o`yin me’yorlari va qoidalaridan, kundalik muammolarga ortiqcha e’tibor qaratishdan saqlaydi. Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik darajasi, rasmiy va norasmiy me’yorlarning o`zaro nisbati, sodir bo`layotgan o`zgarishlar tezligi) uy xo`jaligining tarkibiga ta’sir ko`rsatadi. Boshqacha aytganda, firma yoki davlatning universal modeli bo`lmagani kabi, uy xo`jaligining ham universal modeli mavjud emas. Shu munosabat bilan uy xo`jaligining uchta ideal xilini yoritishga harakat qilamiz: bozor instituti hukmronligi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi, buyruqbozlik iqtisodiyoti instituti xukmronligi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror xususiyatga egaligiga qaramasdan, uy xo`jaligining kundalik hayoti iste’mol tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan murakkablashadi. Boshqa holatda mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik tadbiri ko`p vaqt, kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Bundan tashqari, totalitar davlat xususiy sohani himoya qilishning faqatgina kafolatlarini o`zida namoyon qiladi. Umuman buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida davlat tomonidan himoyalangan shaxsiy hayot sohasining mavjud bo`lishi haqida gapirib bo`lmaydi. Bu bilan oila va uy xo`jaligini kuchaytirishga bo`lgan talab kuchayadi: faqat ushbu tashkilotlar insonning shaxsiy kengligini himoya qilishga qodir.
Uy xo`jaligining tarkibi va uning xo`jalik aloqalari ko`p jihatdan aynan o`zaro xizmatlar ko`rsatish (“sen-menga, men-senga”) tamoyili bo`yicha faoliyat ko`rsatgan “g`arazli aloqalar”ni barpo etish jarayoni bilan shartlanadi. Taqchillik iqtisodiyotida uy xo`jaligi eng noyob resurslarni birlashtirish natijasida paydo bo`ldi. Bunday resurslar tanqis tovarlar va xizmatlarning o`zlari emas, balki ularga “ruxsat berish xizmatlari” edi. Ruxsat berish xizmati uchun hech qanaqa shaxsiy mablag`lar kerak emas edi. “Shaxsiy cho`ntakdan emas, balki davlat yoki jamiyat cho`ntagidan yordam, xizmat ko`rsatish sohasiga esa – “o`zga” mijozlar hisobidan ko`rsatildi. Tanqis tovar va resurslardan foydalanishda ustunlik partiya-davlat apparati, savdo, transport xodimlari, tez-tez xorijga safar uyushtiruvchilarga (artistlar, sportchilar, diplomatlar), shuningdek, alohida mintaqa va shaharlarning oddiy fuqarolariga (ro`yxatga ko`ra) berilardi.
Taqchillik iqtisodiyotida uy xo`jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan iborat bo`ldi. Partiya-davlat iyerarxiyasidagi o`rniga qarab noyob resurslardan foydalanishning tabaqalanishi uy xo`jaligi va davlatning o`zaro munosabatlarining alohida xilini shartlab berdi. Uy xo`jaligi byudjet cheklovlari korxonaning byudjet cheklovlariga qaraganda ancha qat’iy bo`lishiga qaramasdan, uy xo`jaligi
tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transportlar) va pul bo`lmagan (nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni hisobga olish lozim. Uy xo`jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi buyruqbozlik iqtisodiyotinin etakratik tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: “U yoki bu ijtimoiy guruh davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin bo`lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei shunchalik yuqori bo`ladi”. Shuning uchun uy xo`jaligini birinchi galda davlat siyosatining unga partiya-davlat iyerarxiyasidagi mavqei asosida rentani olish imkonini beruvchi yo`nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal siyosati, ijtimoiy ta’minot siyosati, ta’lim sohasidagi siyosat.
Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Bozor instituti uy xo`jaligini kamyob tovarlar va xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog`liq vaqtning yo`qotilishidan xalos etadi – xasid qilish jarayoni mutaassiblikka aylanadi. Masalan, Fransiyada juma kuni kechqurun va shanba kuni ertalab supermarketlarda xaridorlar to`lib-toshadi, shu kunlari kishilar an’anaviy tarzda dam olish kunlari va keyingi xaftaga yetadigan miqdorda xarid qilishadi. Xaridning mutaassiblikka aylanishi natijasida bo`shab qoladigan kognitiv imkoniyatlar nima uchun sarflanadi? Birinchidan, xarid xatti-harakatining o`zini optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin bo`lsa, o`sha narsani sotib olish muhim hisoblansa, bozor iqtisodiyotida sifat va narxning eng yaxshi o`zaro nisbati asosida iste’mol qilishda eng ko`p foydani ta’minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste’molni optimallashtirish ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi bilan murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay aylanishiga to`sqinlik qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi. Ikkinchidan, uy xo`jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo`lgan mehnat bozorida ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo`jaligi mehnat bozoridagi bandlikning muqobil varinatlari, uy xo`jaligini yuritish va bo`sh vaqt o`rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o`z inson kapitalini eng foydali tarzda sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining a’zosi egalik qiladigan inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo`lsa, uy xo`jaligini yurtish bilan emas, balki o`z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug`ullanish, shunchalik foydali. Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi qanchalik past bo`lsa, uning egasi uchun uy xo`jaligini yuritish bilan chegaralanish shunchalik asoslidir. O`z navbatida, bandlikni optimallashtirish ham uy xo`jaligi
doirasida amalga oshadi.
Uy xo`jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan sohaga yo`naltirish uning davlatdan kam qaram bo`lishini ta’minlaydi. Davlatning faoliyati uy xo`jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida ishtirok etish darajasida va u (soliq kodeksi orqali) uy xo`jaligi daromadining bir qismiga da’vogar bo`lishi me’yorida qiziqtiradi.
O`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatadigan istitutsional muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud bo`lishini shubha ostiga qo`yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy
ravishda qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi, ya’ni ular inson ongining ongsiz sohasidan ongli va doimiy e’tiborni talab etuvchi sohasiga o`tadi. Islohotlar qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan yemiruvchi ta’siri shunchalik kuchli bo`ladi. Bundan o`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligining maqsadi kelib chiqadi: uy xo`jaligining himoya funksiyasini saqlab qolishga intilish borgan sayin ortib boruvchi sa’y-harakatlarni va imkon qadar ko`p e’tiborni talab etadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar, ijtimoiy to`lovlar, xodimning obro`si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy xo`jaligini o`z faoliyatini maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi, axir har qanday daromad manbai ham barqaror manba sifatida qaralishi mumkin emas. A’zolarining inson kapitalini takror ishlab chiqarishga aniq ixtisoslashuviga tayanadigan bozor xilidagi uy xo`jaligidan farqli o`laroq, o`tish iqtisodiyotidagi uy xo`jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy transportlarni iste’mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa yeri yordamida o`zini o`zi ta’minlash va ko`plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug`ullanadi.

Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, o‘tgan davrda amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham, joriy yildagi va undan keyingi yillardagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham yagona ezgu maqsadga – xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidlamoqchiman.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish