O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi


Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli



Download 1,11 Mb.
bet91/97
Sana20.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#680553
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli


Firmaning faoliyat ko`rsatishini ko`rib chiqishda biz mutaassiblikning axborot xarajatlari va monitoring hamda opportunistiklikdan ogohlantirish xarajatlarini pasaytirishdagi rolini alohida ko`rsatdik. Firmadan farqli ravishda, uy xo`jaligining faoliyati ko`proq mutaassiblik xususiyatiga ega. Buning sababi umuman transaksiya xarajatlarini tejashda emas, chunki uy xo`jaligi doirasida barcha o`zaro munosabatlar lokallashgan bo`lib, nazorat qilish osondir va ijtimoiy choralarni qo`llash uchun imkoniyatlar mavjud. Mutaassibliklar rolini izohlash yo`llari bir nechta.
Birinchidan, o`z atrofida o`ziga ma’qul keladigan muhitni yaratishga bo`lgan ehtiyoj insonga xos xususiyatdir. Bozorda yoki fuqarolik kelishuvi sohasida harakat qila turib, inson xoh u bozor kon’yunkturasi yoki siyosiy beqarorlik bo`lsin, o`zgaruvchan holatlar bilan bog`liq asablarning taranglashuviga doimiy ravishda duch kelib turadi. Oila va uy xo`jaligini tashkil etish insonga o`zini kundalik hayotining bir qismini mutaassiblik yordamida, ya’ni uzluksizlik va oldindan bilish tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil etish imkonini beradi. Odatiy kundalik hayot monandlik, insonning shaxsiy xususiyatlariga moslashgan holda xarakatlarning avtonomiyasi va oldindan aytib berilishini ta’minlovchi mutaassibliklar doirasida kechadi.
Aynan mutaassiblik bilan himoyalangan kenglik doirasida dastlab ishonch me’yori paydo bo`ladi. Entoni Giddens bolada atrofdagi odamlarga bo`lgan ishonchning paydo bo`lishini ota-onalarning hatti-xarakatlari bilan bog`laydi, chunki ular bola unda o`zini juda qulay his qiladigan tashqi muhitdan himoyalangan kenglikni hosil qilgan holda u haqida qayg`urishadi. Ushbu kenglikda bola o`z hatti-harakatlarini to`liq nazorat qila oladi, harakatlari natijasiga tashqi omillar deyarli ta’sir qilmaydi.
Ikkinchidan, atrofdagi odamlar bilan o`zaro hamkorlikdagi ko`plab “o`yin qoidalari” (kelishuvlar: bozor, industrial, fuqarolik va b.) mavjud sharoitda insonda u o`zi bilan o`zi yolg`iz qolishi mumkin bo`lgan sohani shakllantirishga ehtiyoj tug`iladi. Boshqacha aytganda, insonda “o`zi uchun kundalik hayotning uning boshqa kishilar va tabiat bilan muloqot aloqalari uning shaxsiyatli o`xshashlikka erishishi va uni saqlashga ko`maklashuvchi muhitni yaratish ehtiyoji mavjud”. Ushbu talab ikki sohani – shaxsiy va oshkora hayotni chegaralash orqali amalga oshiriladi. Shaxsiy hayot sohasi oila va uy xo`jaligini ham o`z ichiga olib, oshkora hayot sohasidan shaxsiy hayotga aralashmaslikning qonuniy kafolatlari va mutaassibliklar bilan chegaralangan. Aynan insonning o`zi tomonidan va uning ehtiyojlari zamirida barpo etilgan mutaassibliklar u o`zi bilan o`zi yolg`iz qoladigan kenglikni chegaralaydi.

    1. Download 1,11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish