O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/142
Sana08.08.2021
Hajmi0,7 Mb.
#142344
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

Institutlar
Siyosiy soha
Ijtimoiy soha
Iqtisodiy soha


23
2.4. Institutsional o`zgarishlar va institutlarning
o`zaro bog`liqligi
Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida
mavjud bo`lishi va rivojlanishini, ularning “hayotiyligi” yoki barqarorligini
tushunish uchun institutsional o`zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o`rganib
chiqish lozim.
Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o`zgarishi ro`y
beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o`zgartirish
mumkin bo`lsa, an’analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni
bir kunda o`zgartirib yoki tugatib bo`lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va
jamiyat rivojiga ta’sir ko`rsatishda davom etadi.
Biroq institutsional tizimning o`zida doimiy ravishda o`zgarishlarga ehtiyoj
sezilib bo`lib turadi. T.Veblenning ta’kidlashicha, institutsional o`zgarishlarning
asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o`zgargan sharoitlar, tashqi muhit
o`rtasidagi o`zaro nomuvofiqlik hisoblanadi [40].
D.Nort [40] institutsional o`zgarishlar sub’ekti sifatida yakka tartibdagi
tadbirkorni, institutsional o`zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi
fundamental siljishlarni ajratadi.
O`zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar
ishlab chiqarish omillarining narxlari o`rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga
va texnologiyalardagi o`zgarishlarga ta’sirni nazarda tutadi. Ushbu o`zgarishlardan
ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat
o`zgarishlar endogen xususiyatga ega bo`lib, insonlarning joriy faoliyati
kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o`zgarishlar
vaqt o`tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o`zgarishiga va insonlar
tomonidan xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab yetilishiga
olib keladi. Biroq, narxlar o`zgarishining g`oyalarga ta’siri darajasi to`g`risidagi
masala hozircha kam o`rganilganligicha qolmoqda.
D.Nortning fikriga ko`ra [46], mafkura institutsional o`zgarishlarning yana
bir manbai hisoblanadi. Mafkura deganda u insonlar ular orqali atrofdagi olamni
qabul qiladigan va baholaydigan sub’ektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy
mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan holi emas: olamning sub’ektiv manzarasi
kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaalashi qanchalik katta bo`lsa, uni qayta
ko`rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo`ladi.
Shunday qilib, institutsional o`zgarishlar texnika taraqqiyoti, yangi
bozorlarning ochilishi, aholi sonining o`sishi va hokazolar, ya’ni ular natijasida
tashkiliy va institutsional o`zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat
ko`rsatgan alohida shakllari “foydasiz” bo`lib qoladigan jarayonlar oqibatida yuz
berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o`rniga boshqalari qabul qilinadi,
norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular asta-
sekin yo`qolib boradi.
Institutlar paydo bo`lishining o`ziga xos jihatlari shundaki, ular o`zlari
paydo bo`lishidan avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog`liq hisoblanadi.
Shu tariqa, har qanday yangi institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar


24
(institutsional matritsa) tomonidan belgilab beriladi. Institutsional o`zgarishlar
sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o`zgarishlar, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin.
Institutsional o`zgarishlar eski va yangi institutlar o`rtasidagi o`zaro
bog`liqlik xususiyati ham katta rol o`ynaydi. D.Nort bog`liqlikning quyidagi
turlarini ta’kidlaydi [46]:
Birinchisi – rivojlanishning avvalgi yo`liga bog`liqlik – chuqur aloqa, yangi
institutlarning faqatgina eski institutlar negizida paydo bo`lishini ta’minlovchi
yangi institutlarning eski institutlarga kuchli bog`liqligi.
Ikinchisi – mutlaq yangi institutlarning paydo bo`lishiga bo`shliq mavjudligi
orqali belgilanadigan nisbatan kamroq.
Bog`liqlikning ushbu ikki xili evolyutsion xususiyatga ega, chunki eski
institutlardan yangi institutlarga o`tishda izchillikka amal qilinadi. Evolyutsion
o`zgarishlar jiddiy iqtisodiy larzalar sodir bo`lmagan va ularning jahon ishlab
chiqarishidagi ulushi ustun bo`lgan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning
institutsional tizimlariga xosdir. Izchilligiga qaramay evolyutsion o`zgarishlar sifat
jihatdan ilgari siljishlarni istisno etmaydi – miqdoriy-sifat o`zgarishlar dialektikasi
o`z kuchida qoladi.
D.Nort tomonidan ajratilgan bog`liqlikning uchinchi xili – eski va yangi
institutlar o`rtasida yaqqol aloqa (bog`liqlik)ning mvjud emasligi – inqilobiy
xususiyatga ega. Inqilobiy o`zgarishlar jamiyat rivojlanishining avvalgi o`zgarish
chizig`iga amal qilishni nazarda tutmaydi va tafakkur tarzi odatlari va
an’analarining tubdan o`zgarishi bilan kuzatiladi.
Hatto iqtisodiy tizim samaradorligining oshishiga xizmat qiluvchi inqilobiy
o`zgarishlar ham aholining ko`plab guruhlari uchun jiddiy ijtimoiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bunga bir yaqqol misol tariqasida XV-XVIII asrlarda
Angliyada ro`y bergan agrar sohadagi tub burilishlar bilan bog`liq institutsional
o`zgarishlarni keltirish mumkin.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish