O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet28/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Nazorat savollari
1. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?
2. Ommaviy madaniyat tushunchasi nima?
3. Ommaviy madaniyatning salbiy tomonlari nimalar?
4. Ommaviy madaniyatning kelajagimizga tahdidi nimalar?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
18 - MAVZU: SO‘ZLASHISH ODOBI.

Reja:

  1. So‘zlashish odobi.

  2. Yaxshi so‘z sexri.

Ey farzand, sen yumushlaringni bajarishda odamlar bilan muomala qilasan. Buning uchun senga til berilgan. Sen til bilan boshqa jonzotlardan afzaldirsan. SHuning uchun sen chiroyli did-farosatga rioya qilgan holda va to‘la odob bilan tilingni faqat foydali narsalarga ishlatishing kerak.


Buning uchun quyidagi narsalarga rioya qilishing lozim:
1. Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz bilan gapir, ya’ni sen bilan gaplashayotgan odam ranjib qolmasligi uchun ovozingni juda baland ham, past ham qilma.
2. Har bir kishi bilan darajasiga qarab gaplashishga odatlan, ota-onang, ustozlaring va boshliqlaring bilan gaplashganda to‘la odobga rioya qil. Kichik ukalaring, uydagi xizmatchilar kabi sen bilan darajasi barobar kishilar bilan yumshoq va muloyim bo‘lishga harakat qil.
3. Chiroyli, oson, maqsadni ifoda etuvchi so‘zlarni tanla va odamlar so‘zingdan malollanib qolmasliklari uchun ko‘p takror qilma.
4. Gapirganda shoshilma, qo‘ling va boshing bilan ko‘p ishora qilma. So‘zingni tinglashga majbur qilish uchun sen gaplashayotgan odamningni biron a’zosini ushlab olma.
5. O‘zing haqingda va o‘zingdagi fazilatlar haqida gapirma. CHunki odamlar o‘zini maqtagan kishini yomon ko‘radilar.
6. Sergap bo‘lma va so‘zni faqat o‘zingniki qilib olma. CHunki suhbatdoshing senga javob qaytara olmasligi mumkin.
7. Senga gapirayotgan odamni qo‘yib boshqasi bilan gaplashishga yoki kitob va jurnal o‘qishga chalg‘ib ketma, so‘zini tamomlashidan oldin suhbatdoshingni gapini bo‘lma.
8. Agar suhbatdoshing so‘zidan biron noto‘g‘ri narsani topsang, uni yolg‘onchiga chiqarib yoki unga e’tiroz bildirib uni hijolat qilma. CHunki u ozorlnadi va seni yomon ko‘rib qoladi.
9. Agar birov sen biladigan hikoyatni gapirib berayotgan bo‘lsa, uning so‘zini bo‘lib qo‘ymasliging uchun u hikoyani bilishingni aytib, uni hijolat qilma. Bilsang ham sabr bilan tingla.
10. Agar bir guruh odamlar o‘zlariga tegishli mavzuda gaplashayotgan bo‘lishsa, ularning gapiga qo‘shilma. Faqat o‘zlari seni suhbatga taklif qilishsagina, ularga borib qo‘shil.
11. Jamoat joylarda baland ovozda gapirilmaydi.
“Maxzanul-ulum” kitobida so‘zlashish odobi haqida shunday deyilgan: “So‘zlashish odobi shundayki, so‘zni kam so‘zlasin, chunki laqmalik tentaklikning belgilaridan biridir. Kishi aytmoqchi bo‘lgan gapini aql tarozisida o‘lchamay turib gapirishi nomaqbuldir. Hakimlar: “Ko‘p o‘yla, so‘ng so‘zla”, deyishgan. Ehtiyoj paydo bo‘lmasdan bir marta aytilgan so‘zni takror gapirmasin. Biror kishi biron voqeani bayon qilishga kirishsa, eshituvchining bundan xabari bo‘lsa-da, xabardorligini undan yashirsin. CHunki gapiruvchi xijolat chekishi mumkin. O‘zga kishidan so‘ralsa savolga javob bermasin. Agar savol ko‘pchilikka berilgan bo‘lsa, u mazkur savolga javob berishga qodir bo‘lsa ham, hammadan avval javob berishga shoshilmasin. Biron kishi javob bersa, qoniqarli bo‘lmasa yoki qo‘shimcha qilishga qodir bo‘lsa, ohista javobini aytsin. O‘tirishda bo‘layotgan muzokara va munozaraga daxli bo‘lmagan holda aralashmasin. Kattalarga kinoyali so‘z aytmasin. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni misollar bilan izohlasin. Bahs-munozarada chegaradan tashqariga chiqmasin. Har bir kishiga u tushuna oladigan darajada so‘zlasin”.
Hikmatlar
1. Muloyimlik rizq sari etaklovchi kalitdir.
2. Bolalar o‘z otalaridan meros qilib oladigan uch afzal narsa bor: xushmuomalalik, odob va sadoqat.
3. Hakimlar aytishicha, xushmuomalalikning o‘nta belgisi bor. Bular: insof, aql, ilm, bag‘rikenglik, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlik.
4. Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan asraydi.
5. Tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi.
6. O‘zingdan ulug‘lar senga rahm qilishini xohlasang, o‘zingdan pastlarga rahm qil.
7. Hakimlardan biri dedi:
– Qadimiy hikmatlarda aytilishicha, inson o‘z tuzilishi xosiyati bilan hayvonlardan afzal bo‘ldi. Unga bir og‘izu, ikki quloq berilgan. SHuning uchun u bir marta gapirishi va ko‘p marta eshitishi kerak.
8. O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir.
9. Aytilgan so‘z otilgan o‘qdir, uni qaytarib bo‘lmaydi. Ko‘p so‘zda ko‘p xato bo‘ladi. Biron joyga qadalgan nayzani chiqarib olsa bo‘ladi, ammo dilga qadalgan so‘z zahrini chiqarib bo‘lmaydi.
10. So‘zlovchi ba’zida adashadi va xato qiladi, tinglab turgan zakovatli kishi uni tuzatadi va to‘g‘rilaydi.
11. Suvning mazasi muz bilan, oshning mazasi tuz bilan, odam yaxshiligi so‘z bilandir.
12. Odam o‘z fikrini tili orqali ifodalaydi, tildan chiqqan so‘zlari yaxshi bo‘lsa, u e’tibor topadi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish