O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


- MAVZU: 8 DEKABR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN. KONSTITUTSIYAMIZ - BAXTIMIZ QOMUSI



Download 1,08 Mb.
bet23/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

14- MAVZU: 8 DEKABR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN. KONSTITUTSIYAMIZ - BAXTIMIZ QOMUSI.


Reja:

  1. Konstitutsiya tuzilishi, xususiyatlari va tamoyillari

  2. Konstitutsiya mazmun-mohiyatini belgilovchi asosiy g‘oyalar

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – asosiy qonun



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiyamiz Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.
Konstitutsiya atamasi xalqaro atamalardan hisoblanib, barcha tillarda ishlatiladi. Uning lug‘aviy ma’nosi lotincha o‘rnatishdir. Konstitutsiya oliy yurudik kuchga ega davlatning asosiy qonuni huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan huquqiy hujjat. U dastlab faqat davlat tuzumini, hokimiyat tahkil etish prinsiplarini belgilagan bo‘lsa, keyinchalik inson huquq va erkinliklarini va burchlarini hamda kafolatlarini, davlat organlari va fuqarolarning munosabatini mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Konstitutsiya davlat funksiyalarini doiraini aniqlab, uning jamiyat a’zolari bilan munosabatini belgilaydi.
Har qanday mamlakatda Konstitutsiya Oliy yuridik kuchga ega hujjatdir. O‘z vazifasi va mohiyatiga ko‘ra u qonun hisoblanadi. Qonunlarga ko‘ra hususiyat unda ham mavjud. Davlatchilikning assosini belgilash, davlat va ijtimoiy hayotning poydevori bo‘lganligi uchun bosh qonun hisoblanadi. Yuridik manbalarda u asosiy qonun deb ham yuritiladi. Konstitutsiya hokimiyat, shaxsning huquqiy holati, davlat boshqaruvi shakli bilan bog‘liq munosabatlarni oily darajada tartibga solgani uchun ham bosh qonun hisoblanadi. Shunday ijtimoiy munosabatlar va institutlar borki, ular faqat konstitutsiya bilan tartibga solinadi. Har bir mamlakatning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tarlibga solish alohida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, ularning tizimida salmoqli o‘rinni huquq bilan tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar tashkil etadi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishgach, o‘z davlatchiligini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. Bu davlat qanday bo‘lishi, unda fuqarolar nimaga ega bo‘lishi, shaxs bilan fuqaro munosabatining qanday bo‘lishi haqidagi masalalarni hal qilishni kun tartibiga chiqardi. Bularni, avvalo, huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal qilish zarur edi. Bu esa ma'lum huquqiy hujjat bo‘lishini taqozo etdi. Dunyo davlatchilik tarixida bu masalalar Konstitutsiya qabul qilish bilan hal qilib kelingan.
1978-yilda O‘zbekistonda qabul qilingan Konstitutsiya mazmun-mohiyati, masalalarni hal qilishi nuqtayi nazaridan endi mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qoldi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon qilinib, 1-sentabr — Mustaqillik kuni deb belgilanar ekan, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Bu mustaqil O‘zbekistonning dastlabki konstitutsiyaviy hujjati hisoblanadi. Unda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat ekanligi belgilanib, demokratik davlatga xos xususiyatlar, tamoyillar o‘z ifodasini topdi.
Bu hujjat qisqa vaqtda qabul qilinganligi va faqat eng muhim masalalarnigina hal qilishga qaratilishi natijasida ko‘plab konstitutsiyaviy darajada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni shu bir hujjatda hal qilish imkoniyati bo‘lmagan. Ko‘plab mamlakatiarning tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, ana shunday amaliyotni; ya'ni Konstitutsiya qabul qilinguncha boshqa hujjatlar amal qilganligini ko‘ramiz. Bu hujjatlar Konstitutsiya qabul qilingunga qadar Konstitutsiyaning ma'lum vazifasini bajargan.
Lekin mustaqil davlatda, albatta, Konstitutsiya bo‘lishi zarur. Shuning uchun O‘zbekiston ham o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishi kerak edi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilinishi ko‘p yillar amal qilib kelgan Konstitutsiya haqidagi markscha-lenincha ta'limotning noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotladi. U ta'limot sinfiy xarakterda bo‘lib, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi uchun faqat sinfiy kuchlar nisbati o‘zgarishi kerak deb hisoblab, davlat tuzilishi, boshqaruv shakli, ijtimoiy tuzumlarning o‘zgarishini chetga surib qo‘yar edi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi sabablarini ko‘radigan bo‘lsak, uni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi,bu bosh sabab — O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi. Ikkinchi,ana shu sababdan kelib chiqadigan boshqa masalalar, ya'ni yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, unda shaxs manfaatining ustunligi, ana shunga mos ravishda shaxsning huquqiy holatini, davlat hokimiyati tuzulmalarining huquqiy holatini belgilash zarurligi hisoblanadi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi ana shu masalalarni yangicha, o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qilish imkoniyatini keltirib chiqaradi va ularni to‘g‘ri hal qilish uchun esa huquqiy asos zarur edi, bu vazifa Konstitutsiya qabul qilinishi bilan hal qilinar edi.
O‘zbekistonning mustaqilligi — uning jahon hamjamiyatida tutadigan o‘rniga bevosita ta'sir qildi, natijada O‘zbekiston­ning dunyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etdi. Tashqi munosabatlarning asoslari, asosiy prinsiplari qonuniy asosga tayanishi to‘g‘ri yo‘l ekanligi ham Konstitutsiyaning bo‘lishiga zarurat tug‘dirdi.
Hozirgi mamlakatlar taraqqiyoti ko‘p jihatdan mamlakatda inson huquqlarining qay darajada ta'minlanganiga bog‘liq. Bunda xalqaro huquq qoidalarining mamlakat miqyosida amal qilishi muhim masala bo‘lib, uni amaliyotga joriy qilish mexanizmlaridan biri xalqaro hujjat qoidalarini konstitutsiyaviy normalarga singdirishdir. Bu masala ham O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilishga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiya normalari, qachonki ular xalqning xohish-irodasini ifodalay olsa, ularda xalq ruhiyati, axloqi, ma'naviyati a ks etsa, milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topsa, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin, shu sabablar ham Konstitutsiya qabul qilish asoslaridan biridir.
Mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq, davlatchiligimiz qiyofasi, vazifasi, demokratiya, inson huquqiy holati masalalariga yangicha yondashuv nazariy. 2 soatalari ilgari surildi, ular Prezident asarlarida, nutqlarida o‘z ifodasini topdi. Ana shu nazariy. 2 soat qoidalarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularni huquq normalariga aylantirish zarurligi Konstitutsiya qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Taraqqiyot yo‘liga kirgan har bir mamlakat, faqat bugungi kunni emas, kelajakni ko‘zlab yashashi ijobiy holdir. Kelajak ko‘zlanar ekan, uni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun mustahkam poydevor yaratish zarurligi, Konstitutsiya qabul qitinishiga olib keldi.
O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilishjarayoni, mustaqillikdan avval boshlandi. Konstitutsiya yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi» bilan bog‘liq. Ana shu hujjatda yangi Konstitutsiya tayyorlanishi haqida xulosa mavjud. Va shu asosda Oliy Kengash sessiyasida l.Karimov boshchiligida 64 kishldaniborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya tuzildi. Komissiya tarkibi vakolatli bo‘lib, unga deputatlar, barcha hududiy tuzilmalardan, davlat va jamoat tashkilotlaridan, korxona va xo‘jaliklardan vakillar, huquqshunoslar, olimlar va boshqa mutaxassislar vakillari kiritildi. Keyinchalik uning tarkibiga o‘zgartirish kiritilib, u yanada kuchaytirildi.
Komissiya o‘zining birinchi majlisini I.Karimov boshchiligida 1991-yil 12-aprelda o‘tkazdi. Vaziyat va olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, loyihani ishlab chiqish jarayonini kuchaytirish, shu jarayon bilan bog‘liq barcha ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiya komissiyasi a'zolari va yetakchiolim, mutaxassislardan iborat 32 kishi tarkibida ishchiguruhi tashkil qilindi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasida mo‘ljallangan6 bo‘limni tayyorlash uchun 6 ta maxsus kichik guruh tashkil qilindi, ularning tarkibiga 50 ta huquqshunoslar, mutaxassislar kiritildi. Komissiya va barcha guruhlar ishning samarali bo‘lishiuchun komissiya raisi ular oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘ydi:
Birinchi,konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini sinchiklab o‘rganib chiqish.
Ikkinchi,boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish.
Uchinchi,keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli siyosiy-yuridik hujjat yaratish. Agar shu uch topshiriqqa sinchiklab nazar tashlasak, ularda inson huquqlari va manfaatining ustuvorligi asosida Konstitutsiya yaratilishi maqsad qilib qo‘yilganligini ko‘ramiz. Shu maqsadda xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, e'tiborga olindi, demokratiya masalalarini hal qilish vazifasi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini belgilashda bosh omil bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilar ekan, ana shu vazifalar to‘la bajarilishi bilan, Konstitutsiya normalariga, qoidalariga, xalqimiz davlatchiligining an'analari singdirildi, shu tufayli xalq diliga yaqin va hamma tushunadigan hujjat yaratish mumkin bo‘ldi.
Jahon qonunchilik tajribasi o‘rganilishi bilan bir qatorda, milliy qomunchiligimiz, uning asosi bo‘lgan bobokalonlarimiz ta'limoti, jumladan, «Temur tuzuklari» yanada sinchiklab o‘rganildi va loyihada foydalanildi. Bularning hammasi Konstitutsiya yaratilganda kuchli zaminga tayanilganligini ko‘rsatdi.
Konstitutsiya yaratilishida muqobil Konstitutsiya loyihalari tayyorlanganligi, qiyoslash va chuqur o‘rganish asosida, ularning eng ma'quli tanlab olinib, takomillashtirilib, u asosida yagona loyiha tayyorlanganligi to‘g‘ri yo‘ldan borishga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil noyabrda tayyorlanib, uning ustida 1992-yil bahorigacha juda katta ish olib borildi. Loyiha tayyorlash davrida O‘zbekiston hayotida olamshumul voqea sodir bo‘ldi — u mustaqillikka erishdi. Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga mamlakatimizning mustaqillikka erishishi katta ta'sir qildi. Loyihaning birinchi varianti guruhlarda tako­millashtirilib, 1992-yil boshida 149-moddadan iborat loyihaning ikkinchi varianti tayyorlandi. Navbatdagi komissiya yig‘ilishida qilingan ishlar muhokama qilindi va vazifalar belgilandi. Komissiya qilingan ishlarni o‘rganib chiqib. Unga baho berib, ishni tashkil etishni yanada yaxshilash maqsadida 25 kishidan iborat tarkibda yangi ishchi guruhi tuzdi va uning zimmasiga yanada aniqroq vazifalarnf qo‘ydi.
Ana shu vazifalarni bajarisb asosida 1992-yil sentabr oyining oxirida ancha takomillashgan loyiha vujudga keldi va 26-sentabrdagi komissiya qarori bilan loyiha umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida e'lon qilindi va bu bilan loyiha tayyorlash yangi bosqichga kirdi.
1992-yil 26-sentabrda muhokamaga qo‘yilgan loyiha yuzasidan tushgan taklif va istaklar o‘rganilib, inobatga olinib, loyihaga o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tabrirda 21 noyabrda yana muhokama uchun e’lon qilindi. Konstitutsiya ishlab chiqish va qabul qilishga O‘zbekistonning o‘ziga xos yondashuvi, aytish mumkinki, Konstitutsiya qabul qilish jahon tajribasiga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi bo‘ldi. Chunki aksariyat hollarda loyiha bir marta muhokama qilinadi.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, muhokama haqiqiy — demokratik, erkin va oshkora o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari har qanday fikrni to‘siqsiz, o‘zgarishsiz e'lon qildi. Televideniye va radioda muntazam, to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokamaga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilindi. Hech kirn fikrlari uchun hech qanday quvg‘inga, tazyiqqa uchramadi. Shu davrda o‘zini muxolif sanovchi guruh va shaxslarga ham o‘z fikrlarini erkin bildirishimkoni berildi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasida 6 mingdan ortiq taklif-mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritildi. Dastlabki matndan 4 modda chiqarib tashlandi va o‘z navbatida, yangi moddalar kiritildi. Oliy Kengash sessiyasida ham loyiha keng muhokama qilinib, deputatlar tomonidan 80 ga yaqin o‘zgartish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritildi. Amaldagi Konstitutsiyamiz xalq ijodi, huquqiy ongi va madaniyati, donoligi, tafakkuri mahsulidir. Konstitutsiyaning asosiy ijodkori, o‘z egasi xalqdir.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida xalqning birligi, birdamligi, kelajakka befarq qaramasligi yana bir bor namoyon bo‘ldi va pirovardida o‘zining aql-idroki, ongi, turmush tarziga munosib hujjatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maqsadi, prinsplari, asosiy qoidalari mazmun va mohiyati negizini belgilovchi ulug‘vor g‘oyalar uning Muqaddimasida to‘la bayon etilgan. Konstitutsiya muqaddimasi juda ixcham va yuksak saviyali. Muqaddimada O‘zbekistonning rivojlanish, yangilanish va taraqqiyot yo‘li hamda yangi jamiyat va davlat qurilishining yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ushbu istiqboldagi maqsadlar sari rivojlanishning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li quyidagi ilg‘or huquqiy g‘oyalarga tayanadi. Bular: inson huquqlari va davlat suverinitetiga sodiqlik, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi mas’ulyatni anglash, o‘zbek davlatchiligining boy tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat, xalqaro huquqning qoida va talablarini tan olish, fuqarolarning farovon hayot tarzini yaratish, insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish, fuqarolar tinchligi, milliy va millatlararo totuvlikni ta’minlashdan iborat. Bu g‘oylar xalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradi va jipslashtiradi.
Konstitusiya jamiyatda amalda bo‘lgan barcha qonunlar bir maqsad, bir g‘oya, bir tartibga bo‘y sundirilgan yagona umumdavlat miqiyosidagi asosiy qonundir. Konstitutsiya qonunlarning huquqiy bazasi hisoblanadi.
Konstitutsiya inson manfatlari himoya qiluvchi yuksak tayanchdir. Bosh Qomus fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya etishda asosiy mezondir. Ya’ngi Konstitutsya odamlarning Bosh himoyachiasidir. Unda inson ulug‘ maqomga ega.
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida shunday degan edi: “Demokratikm O‘zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida esa “har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” ekani, O‘zbekiston bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllari tashkil etishi, barcha mulk shakllari teng huquqqa ega ekaniga kafolat berildi. Ishbilarmonlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi”. Konstitutsiyada o‘z aksini topgan va mustahkamlangan bu qoidalar jamiyatimizning iqtisodiy qudratini yanada oshirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish