O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


O‘qituvchi va o‘quvchilar odob-axloqida man etiladigan holatlar



Download 1,08 Mb.
bet16/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

O‘qituvchi va o‘quvchilar odob-axloqida man etiladigan holatlar


O‘qituvchi va ustalarga:
- jamoa ahzolarining shaxsiyati va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
- jamoa ahzolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish;
- O‘quvchilar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
- O‘quvchilarni asossiz o‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;
- o‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi o‘tkazish;
- o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
- o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
- Ta’lim muassasasi binolarida ichish va chekish kabilar qathiyan man etiladi.
O‘quvchilarga:
- o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida suhbatlashish;
- o‘qituvchi va xodimlar bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
- yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bo‘g‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;
- pedagog-xodimlar, katta ustalar va o‘z o‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;
- yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
- boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
- mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
- mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
- boshqa o‘quvchining sahy-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;
- moddiy jihatdan yaxshi tahminlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z-ko‘z qilish qathiyan man yetiladi.
Libos — inson ziynati. Davrlar, zamonlar silsilasida liboslar o‘zgarib boradi. Shuningdek, odamlar, ularning tashqi ko‘rinishlari ham har kun yangilanyapti.
So‘nggi paytlarda yoshlarimizning kiyinish madaniyati haqida juda ko‘p gapirilyapti. Hozirgi davr ma’naviy-axloqiy hayotning asosiy mavzularidan biri ham shu. Ularning aksariyatida yoshlar sha’niga nisbatan keskin, e’tirozli fikrlar bildirilyapti. Bugungi kun yigit-qizlarining ko‘r-ko‘rona modaning ketidan quvishi, ularning kiyinishi milliy an’analardan uzoqlashayotgani, tor, kalta, ochiq kiyimlarga qiziqishi borgan sari ortayotgani, bu odatlar o‘zbekchilikka zidligi tanqid ostiga olinmoqda.
Albatta, bunday munosabatda jon bor. Haqiqatan ham, oxirgi uch-to‘rt yildan beri yoshlarning kiyinishi mislsiz darajada o‘zgardi. Vaziyatning bunday tus olishi kishini biroz o‘ylantiradi.
Xo‘sh, aslida haqiqatan ham moda degan tushuncha yoshlarimizni buzayaptimi? Ularning milliy an’analarimizga xos kiyinishlariga nima to‘sqinlik qilayapti? Yoki o‘zbek yoshlari yevropaliklardan ajralib turishi uchun modani taqiqlash kerakmi? Umuman, moda tushunchasi nima? Ularning tashabbuskorlari kim? Kiyinish madaniyatining o‘zgarishi yoki buzilishiga faqat yangilikka o‘ch yoshlar sababchimi? Bu kabi savollarga javob berish orqali mazkur muammoga oydinlik kiritish maqsadida o‘zimizning ba’zi bir fikr-mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz.
Avvalo, kiyim-kechak inson hayotida qanday rol o‘ynaydi? Savolning bunday qo‘yilishi bejiz emas. Chunki har bir inson o‘zi kiyayotgan kiyimning foyda-zararini, qanday matodan tikilganini, kerak bo‘lsa, tarixi va ahamiyatini bilishi lozim. Ayniqsa, kiyinishning inson ruhiyati, fe’l-atvori, kayfiyati, tarbiyasi, did-farosati bilan bog‘liq jihatlarini e’tiborga olsak. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kiyinish, shuningdek, urf ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Ma’lumki, kiyimning paydo bo‘lishi, unga ehtiyojning tug‘ilishi inson omilining o‘sishi bilan, shuningdek, iqlim, sharoit, tanani issiq-sovuqdan himoya qilish maqsadi bilan bog‘liqdir.
Dastlab teri va jundan mato to‘qish, undan kiyimlar tikishni o‘rgangan odamzot, keyinchalik paxta va ipak tolalarining paydo bo‘lishi bilan liboslarga birmuncha ixcham, qulaylik va go‘zallik baxsh etdi. Demak, inson tafakkurining rivojlanishi uning libosiga ham madaniylikni olib kirdi.
Har bir davr libosi—o‘sha zamon madaniyatining ma’lum ma’nodagi ko‘zgusi hisoblangan. Ya’ni, libosga qarab o‘sha davr kishilarining kiyinish odobi, madaniyati xususida fikr yuritish mumkin bo‘lgan. Qolaversa, bir mamlakat yoki millatning kiyinish madaniyatida boshqa bir xalq madaniyatining ta’siri, albatta, seziladi. Xususan, qadimgi So‘g‘d, Baqtriya, Xorazm davlatlari bo‘lgan vatanimizga Yunon, Eron, Hindiston kabi mamlakatlarning ta’sirini yaxshi bilamiz. Bu an’ana hozirgacha saqlanib qolgan. Faqat endi kiyinishdagi bu ta’sir kengroq, ya’ni dunyo miqyosidadir.
Vaqt o‘tib, faqat liboslargina emas, shu bilan birga, bosh kiyim, poyabzal, zebu ziynatlar, soch turmaklash, pardoz qilish hammasi birgalikda kostyum ansambliga aylandi. «Kostyum» — so‘zi frantsuz tilidan olingan bo‘lib inson tashqi ko‘rinishining, kiyinishning butun bir tizimi–sistemasini anglatadi. Ana shu tushuncha bugungi kunda ma’lum shaxslar, ijodkorlar, ya’ni modelerlar, libos dizaynerlari tomonidan yaratiladi. Bu kostyumlar ham ijod mahsuli hisoblanadi. Hozirgi paytda liboslar sanoati bilan shug‘ullanuvchi «Kristian dior», «Shanel», «Markiza» kompaniyalarining mahsulotlari dunyo bozorida eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. Uni urfga, odatda, el nazariga tushgan kishilar, ya’ni, kiyim namoyish qiladigan modellar, mashhur artistlar, qo‘shiqchilar, sportchilar olib kiradilar. Demak, modaning targ‘ibotchilari ana shunday «yulduz»lardir. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’lum bir davrda paydo bo‘lgan va urfga aylangan kiyinish uslubi bu – modadir.
Modani ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, tor doirada, ya’ni mahalla, qishloq, shahar miqyosida hamda ikkinchisi, keng doirada mamlakat, dunyo miqyosidagi modalar. Tor doiradagi liboslarda milliy o‘ziga xoslik ustun bo‘lib, unda ma’lum hududning rasm-rusumi, o‘ziga xosligi aks etadi. Keng doirada, ya’ni butun dunyoda urf bo‘lgan kiyinish ma’lum mamlakatda paydo qilinsa-da, unga boshqa mamlakatlarning ta’siri ham bo‘ladi.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda paydo bo‘layotgan har qanday liboslar, kostyumlar tez orada dunyo miqyosida urfga aylanyapti. Buning sababi nimada? Birinchisi, urfga-modaga aylanayotgan kostyumni targ‘ib qiluvchi vositalarning hozirgi paytda kuchli taraqqiy etgani, ya’ni sun’iy yo‘ldoshlar, ommaviy axborot vositalari, internet orqali jahonda paydo bo‘layotgan kiyinish yangiliklari haqida axborotga ega bo‘lish. Ikkinchisi, hozirgi paytda erkinlikka intilish hamda insoniyatning o‘zaro yaqinlashuv jarayoni bilan bog‘liq. Muammolar umumiylashmoqda. Bu hodisa o‘z navbatida madaniyatga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Masalan, Braziliyada paydo bo‘lgan kiyinish G‘arbda ham, Sharqda ham bir xil qabul qilinishi mumkin.
Bugungi yoshlarimiz juda qiziquvchan, yangilikka o‘ch. Ular har bir voqea-hodisalarni e’tiborsiz qoldirmaydilar. Ayniqsa, dunyoda paydo bo‘layotgan modalar hamisha ularning diqqat-markazida. Buni o‘zlari yaxshi ko‘rgan «kumir»lari targ‘ib qilsa, qanday bo‘lmasin o‘sha urfga taqlid qiladi.
Farzandlarim bilan bozorga kiyim-kechak xarid qilgani borgandik. Kichik o‘g‘lim tinmay burgut va yoxud boshqa timsollar aksi tushirilgan to‘rtburchak kichkina ro‘moldan («bandamka»deb nomlanar ekan) olib bering, deb xarxasha qilaverdi. «O‘g‘il bola ro‘molni nima qiladi», desam, «Ko‘p repperlar ro‘mol o‘rab, ustidan kepka kiyib yuradi», deydi. Jahlim chiqdi. Ammo ikki kundan keyin o‘g‘limning maktabiga bayram tadbiriga borsam, sinfdosh o‘rtoqlari bozorda ko‘rgan ro‘moldan o‘rab ustidan kepkani bostirib, qo‘llariga uchi yo‘q qo‘lqoplarni kiyib ashula aytishdi. Bolalarning qiliqlari, o‘zlarini tutishlarini ko‘rib kattalar kulishdi. Nahotki, bayram tadbirini tayyorlagan ustozi uning mazmuni, ta’siriga e’tibor bermagan bo‘lsa. Demak, kiyimning ahamiyati, mazmunini bolalarimizga biz ota-onalar, ustozlari tushuntirishimiz kerak ekan.
Qayd etish kerakki, modaning rivojlanish va tarqalish darajasi baland. Eng qizig‘i, modalar bir mamlakatdan ikkinchisiga emas, balki bir paytning o‘zida dunyoga tarqalyapti. Bu albatta, tsivilizatsiyaning natijasidir. Ammo tsivilizatsiyaning ta’siriga ko‘r-ko‘rona tushib qolmaslik kerak. Balki uni qabul qilishda ham did, fahm-farosat va bilim zarurdir.
Yoshlarimiz kiygan liboslari ularning muomalasi, yurish-turishi, xatti-harakatlari, o‘zlarini tutishlari, og‘izlaridan chiqayotgan so‘zlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Natijada, ba’zan noo‘rin so‘zlar, xatti-harakatlar jamoatchilik orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otadi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan har bir shaxs oilada kamol topadi. Uni atrofida tergaydigan ota-onasi, buvi-bobosi, amma-xolasi bor. Ular o‘zlari risoladagiday milliylikni talab qilib turib, bolasini institutdagi o‘rtoqlaridan qolmasin yoki hozir hamma shunday kiyinadi, deb qizlariga tor shim, kalta yubka yoki yelkasi, qorni ochiq kiyimlarni kiyishga izn berayotgan ekan, demak, bu borada faqat yoshlarni ayblash adolatdan emas. Qolaversa, ma’lum ma’noda oiladagi, maktabdagi muhit ham bunga sababchi.
Yoshlarning «moda»da kiyinishiga qarshi bo‘lganlar jon kuydirib bunday holatga chek qo‘yishni, o‘quv muassasalarida taqiqlash lozimligini kuyinib aytadilar. Ammo man qilishdan ko‘ra yoshlarga tushuntirish, ularning didi, fahm-farosatini tarbiyalash ko‘proq ijobiy natijalar bermaydimi? Shundan keyingina tanlash huquqini yoshlarning o‘zlariga qo‘yish kerakdir, balki. Muhimi, bu borada ota-onalar ham farzandlarini tushunsa, o‘zlarini ularning o‘rnilariga bir zum qo‘yib ko‘rsalar yomon bo‘lmasdi. To‘g‘ri, inkor qilmaymiz — me’yor buzilgan. Ammo yoshlarimizning G‘arb modasiga mukkasidan ketayotgani milliy kiyinish an’analari unutildi, degani emas. O‘zbegimizning milliy iftixori bo‘lgan atlasga hamisha e’tibor katta. U bizda hech urf­dan tushmaydi. Shu bilan birga yaqin-yaqingacha unutilgan adras, banoras, beqasam matolar yana urfga kiryapti. Bu quvonchli hol, albatta. Ayniqsa, yosh, umidli dizaynerlar tomonidan so‘nggi paytda sof milliy matolar asosida, milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi liboslar kollektsiyasi turli mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda professional mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Zamonaviylik hamda milliy uyg‘unlik aks etgan andozalarda tikilgan liboslar qizlarimiz husniga yana ham ko‘rkamlik baxsh etadi. Muhimi, bu matolarni faqat to‘yu tantanalarda emas, ish sharoitlari uchun ham moslashtirish niyatida milliy mutaxassislarimiz izlanmoqdalar.
Faqat modada kiyinish zamonaviy kishi qiyofasini bermaydi. Zamonaviylik, avvalo, insonning ichki va tashqi dunyosini zamonga uyg‘unlashtirish demakdir. Shu ma’noda, har bir kostyum, libosning o‘z mazmuni bor. Uning to‘g‘ri tanlanishi, atrofdagilar tomonidan iliq qabul qilinishi ham urfni belgilaydi. Shu bilan birga kishining kayfiyati, qanday ish bilan shug‘ullanishida ham kiyinishning o‘rni bor. Shu o‘rinda milliy me’yor masalasiga to‘xtalmoq joiz deb o‘ylaymiz. Barcha rivojlangan davlatlarda oiladan tashqari maktabda, o‘quv yurtlarida insonning turli davralarda o‘zini tutishi, o‘tirishi, muomalasi, buyumlarning ishlatilishi, o‘zi uchun munosib kiyimni tanlashi borasida maxsus bilimlar beriladi. Aytmoqchi bo‘lganimiz, yoshlarning modaga ruju qo‘yishini, ochiq-sochiq kiyinishini faqat tanqid qilish, yomonlash bilan ahvol o‘zgarmaydi yoki yaxshilanib qolmaydi. Shu bois, uni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘llarini izlash lozim.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish