Nazorat uchun savollar:
Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
Globallashuvning insoniyat hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
Ogohlik – davr talabi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
11-MAVZU: KIYINISH, ODOB –AHLOQ QOIDALARI, SHARQONA KIYINISH MADANIYATI.
Reja: 1. Umumiy qoidalar.
2. Kiyinish, odob –ahloq qoidalari.
3. Libos — inson ziynati.
4. Har bir davr libosi—o‘sha zamon madaniyatining ma’lum ma’nodagi ko‘zgusi hisoblanadi.
Ushbu o‘rta maxsus, kasb-hunar Ta’limi muassasasining (bundan buyon matnda “Ta’lim muassasasi” deb yuritiladi) odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, “Sog‘lom bola yili” hamda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus zTa’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar Ta’limi markazining tegishli buyruqlari, Ta’lim muassasasining Nizomi, ichki tartib qoidalari hamda umumehtirof etilgan mahnaviy-axloqiy tarbiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Qoidalarning ishlab chiqilishida Ta’lim muassasasining asosiy vazifasi Ta’lim-tarbiya berishdan iborat ekanligi, O‘zbekiston Respublikasining Ta’limga oid qonun hujjatlari o‘quvchi-yoshlarga Ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash, har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini tahminlash, Ta’lim oluvshilarni mahnaviy-axloqiy tarbiyalash va mahnaviy-mahrifiy ishlarning samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |