Nazorat savollari.
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internet qayerdan kelib chiqqan?
3. Internetning jamiyatimizdagi ijobiy va salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
23- MAVZU: YURT TINCHLIGI UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ.
Reja:
Mustaqillik – ulug‘ ne’mat.
Yurtda tinchlik bo‘lsa obodlik bo‘ladi, inson baxtu saodatga erishadi.
Mustaqillik biz uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligimiz, or-nomusimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida zaminimizda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam o‘rin egallamoqda.
Shu sababli ham Vatanni muqaddas deb biluvchi va uni asrab-avaylashni o‘zining sharafli burchi deb qarovchi xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz mustaqilligining har bir sanasini munosib kutib olish va nishonlash uchun doimo katta tayyorgarlik ko‘radi.
Xalqimizga xos yaratuvchilik, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar istiqlol yillarida yangicha mazmun va ma’no kasb etayotir. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – mustaqillik kuni yaqinlashib kelayotgan shu damlarda yurtimiz o‘zgacha ko‘rku tarovat kasb etmoqda. Mamlakatimizning har bir go‘shasida qad rostlayotgan zamonaviy inshootlar, xushmanzara maskanlar, gullarga burkangan orasta xiyobonlardan ko‘zingiz quvonadi. Qishloqlarimizda bunyod etilayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya, tibbiyot muassasalari, uy-joylar Vatanimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Bugun yurtimiz shahar va qishloqlari ko‘chalarida, maydonlarida, orasta xiyobonlarda, bog‘u rog‘larida sayr qilib yurgan bolalarni, yoshu qarilarni, ulardagi xotirjamlik va ko‘tarinki kayfiyatni ko‘rib, dilingiz faxr-iftixorga to‘ladi. Zotan, osoyishta umr degani, avvalo, odamlar bir-birlari bilan ahil-inoq yashab, yaxshi kunlarini birga, bahamjihat o‘tkazishi emasmi?! Albatta, osoyishtalik bor joyda to‘y-tantana, bayramlar tatiydi, shodu xurramlik hukm suradi. Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoning ayrim mamlakatlarida bo‘layotgan notinchlikni, tartibsizliklarni kuzatar ekanmiz, ona zaminimizdagi tinch hayot, musaffo osmon bilan faxrlanamiz va bunga shukrona keltiramiz.
Mustaqillik bayrami shodiyonalarining mamlakatimiz bo‘ylab tinch, osoyishta, yuksak saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va izchil amalga oshirilayotir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, poytaxtimiz, shahar va tumanlar markazlarida, har bir qishloq, ovul, qo‘rg‘on va mahallada – bayram o‘tadigan barcha hududlarda jamoat tartibini saqlash, favqulodda hodisalarning oldini olish, yong‘in, yo‘l-transport harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan alohida guruhlar ish olib bormoqda. Belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda, eng avvalo, boshqa huquq-tartibot idoralari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla faollari ko‘magidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish muhim vazifalardan biridir. Mamlakatimizda yo‘llarning keng va ravonligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Xususan, 5 ming kilometrdan ortiq avtomobil yo‘llari ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimliklar, mutasaddi idora va tashkilotlarga taqdimnoma kiritildi.
Inson manfaatlarini muhofaza qilish, hayotini asrash masalasiga yurtimizda doimo ustuvor ahamiyat berib kelinmoqda. Yong‘in hodisalarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, yong‘in xavfsizligi qoidalarini muntazam takomillashtirish shu maqsadga xizmat qiladi. Shu bois bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar va ularning atrof-hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tizimda profilaktika xizmatining tashkil etilgani va yildan-yilga tobora takomillashtirilayotgani aholi tinchligi va farovonligiga xizmat qilayotir. Bugungi kunda yurtimizda 3,5 mingdan ziyod militsiya tayanch punkti faoliyat yuritmoqda. Soha infratuzilmasi zamon talablari darajasida rivojlantirilmoqda. Militsiya tayanch punkti huzurida mahallaning barcha qatlamini o‘ziga jalb etuvchi tadbirlardan tashqari kichik biznes shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish va sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani muvaffaqiyatlar omili bo‘lmoqda.
Mahalla ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimizni demokratik yangilashga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Mahallaning aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni yechish, ijtimoiy sohaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash borasidagi ishtiroki tobora kengaymoqda.
Tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik oiladan, mahalladan boshlanadi. Shuni e’tiborga olgan holda, har bir qishloq, ovul, qo‘rg‘on va mahallada, ayniqsa, chegara hududlarda ichki ishlar idoralari xodimlari, profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari, faollar, mahalla oqsoqollari, ta’lim-tarbiya sohasi vakillari ishtirokida aholini ogohlik va hushyorlikka da’vat etuvchi uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotir.
Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan fuqarolarning pasport-viza qoidalariga amal qilishini ta’minlash borasida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash holatlarini aniqlash, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatimiz hududida bo‘lish qoidalariga amal qilishi alohida nazoratga olingan. Xususan, joriy yilning 25 iyulidan boshlangan «Tozalash-Antiterror» deb nomlangan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbir davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyat sodir etib, qidiruvda yurgan bir necha shaxs aniqlanib qo‘lga olindi. Odam savdosi bilan 31 nafar, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan qimmatbaho buyumlarni olib-sotish bilan shug‘ullanuvchi 13 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.
Bugungi globallashuv sharoitida turli mafkuraviy xurujlar yoshlar ongiga, insonlar ma’naviyatiga tahdid solayotgani har birimizdan bunday xavfga qarshi turish, doimo hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizni giyohvandlik balosidan asrash muhim ahamiyatga ega. Shu bois huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barkamol avlodni voyaga yetkazishga katta e’tibor qaratilayotgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlar, tinchlik va osoyishtalikni, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlash, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlanmoqda. Mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti ekani, jamiyatimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etilmoqda.
Yurt tinchligi – ulug‘ ne’mat, barqaror taraqqiyot garovidir. Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishining muhim kafolati, deb biladi. Zotan, tinchlik va barqarorlik hukmron bo‘lgan mamlakatdagina taraqqiyot bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari rivoj topadi. Bu olijanob maqsad ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, ayni chog‘da har bir yurtdoshimizdan hushyor va ogoh, faol va hamjihat bo‘lishni talab qiladi.
Yurtda tinchlik bo‘lsa obodlik bo‘ladi, inson baxtu saodatga erishadi. Biroq tinchlik deb atalgan oliy ne’matga tahdid soluvchi kuchlar borligini ham unutmasligimiz kerak. Mamlakatimiz rahbari Konstitutsiyamizning 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida ta’kidlaganidek, bunday ne’matning qadriga yetishimiz va yurtimizdagi tinchlikni asrab-avaylash, mustahkamlash uchun har birimiz kurashmog‘imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |