5321000 — «OZIQ – OVQAT TEXNOLOGIYaSI».
«Yog‘ va moylar texnologiyasi» hamda “Umumiy kimyo” kafedralarining 2005 yilda birlashtirilishi natijasida «Oziq – ovqat texnologiyasi» kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada Farg‘ona vodiysida joylashgan “Farg‘ona yog‘-moy”, “Qo‘qon yog‘-moy”, “Asaka yog‘-moy”, “Andijon yog‘-moy”, “Uchqo‘rg‘on yog‘-moy” kabi yirik ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, don va don mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlar tayyorlash bilan birgalikda institutning barcha texnik yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarga “Kimyo” fanidan ta’lim – tarbiya berib kelinmoqda. Kafedrada 2012/2013- o‘quv yilida 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavriat qoshida 5A 321003 - Oziq-ovqat xavfsizligi magistratura yo‘nalishi ochildi va 8 nafar talabalar konkurs asosida qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |