Patalogik homiladorlik. Patalogikhomiladorlikda ta’m bilish o‘zgaradi, ayollar qurit, bo‘r, gilvata yegisi keladi, ishtaha kamayadi, so‘lak ko‘p ajraladi, ba’zi hidlarni ko‘tara olmaslik, asabiylashish, uyquchanlik, sho‘r – nordon narsalarni ko‘p yeyish, toliqish kabi holatlar paydo boladi.
Balog‘atga yetmasdan turmushga chiqish va homilador bo‘lishning zararli oqibatlari.
O‘smirlik davrida organizmda turli morfologik, fiziologik, ruhiy o‘zgarishlar boshlanadi va balog‘atga yaqinlashgan sari, bu o‘zgarishlar mujassamlashib boradi.
Yosh onalarning sog‘ligi ko‘proq mana shu o‘zgarishlarning mo‘tadil kechishiga bog‘liq. Aks holda bu holat keyinchalik kasalliklarning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi, chunki hozirda o‘smir qizlarni ham jismoniy, ham jinsiy balog‘atga yetishida anchagina salbiy nuqsonlar bor. Erta homilador bo‘lish tos suyaklari kichkina bo‘lganligi uchun havflidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |