O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


-MAVZU: MA’NAVIYATGA TAHDID – O‘ZLIGIMIZ VA KELAJAGIMIZGA TAHDID



Download 1,08 Mb.
bet37/107
Sana11.02.2022
Hajmi1,08 Mb.
#444398
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MATNLARI-TAYYOR BO\'LDI

17-MAVZU: MA’NAVIYATGA TAHDID – O‘ZLIGIMIZ VA KELAJAGIMIZGA TAHDID.
Reja:

  1. Ma’naviyat tushunchasi.

  2. Ommaviy madaniyat tushunchasi.

Insoniyat tarixi — bu inson tafakkurining va ma’naviyatining kengayish va boyish tarixidir. Binobarin, har bir inson komillik darajasiga erishish uchun o‘z millatining ma’naviyatini bilishi, ma’naviy javohirlarini anglamog‘i, shuningdek, ajdodlar dini, tafakkur tarixi, ruhiy kechinmalari va ma’naviy merosini o‘rganmog‘i zarur. Inson jamiyati yuksalgan sari bu ma’naviy javohirlari ham mushtaraklik, ham o‘ziga xos qonuniyatlari asosida taraqqiy etib, millat va mamlakatning o‘rni, dunyoqarashi va qadr-qimmatini belgilab beradi.


Ma’naviyat qanchalik yuksak bo‘lsa, inson qalbi ezgulikka to‘lib, yovuzlik, va johillik kabi illatlarga o‘rin qolmaydi. Ma’naviyati qashshoq kimsa o‘z nafaqat oilasiga va yaqin kishilariga, balki jamiyatga ham kulfat hamda falokat keltiradi. SHu sababli, ulug‘ donishmandlarimiz ma’naviyat inson kamolotining oltin beshigi deyishadi.
Har bir millat uning tarixi, qadriyatlari, tafakkuri, turmush tarzi, diniy va dunyoviy qarashlari, ruhiy kechinmalarini ifoda etuvchi ma’naviyat ijodkoridir. Milliy qonunchilikni ana shu ijodning samarasi deyish mumkin.
Miloddan bir necha yuz yillar oldin ona zaminimizda davlat va huquqqa oid institutlar va qarashlar taraqqiy etgan. Movarounnahrda Islom ma’rifatiga, huquqshunosligi — fiqhga, umuman jahon huquqiy madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan jahonga taniqli fiqhshunos olimlar yashagan. Ular yaratgan bebaho ma’naviy madaniy meros-milliy qonunchiligimizning oltin poydevoridir.
Bu poydevorga asos solgan buyuk bobolarimiz Al Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Xidoya”, Ibn Sinoning “Donishnoma”, Amir Temurning “Temur tuzuklari” dunyo hamjamiyati tomo-nidan fiqh olamining mukammal manbalari deya e’tirof etildi.
Qadimiy ma’naviyat va madaniyatimiz sabr-toqat, bag‘rikenglik va tinchlik barqarorlik ruhini o‘zida aks ettirgan. Farobiyning fozil odamlar shahri nafaqat diniy asosda, balki madaniy va ahloqiy negizda ham uyushgan odamlarning hamjihat, tinch-totuv o‘zaro barqarorlik kayfitiyada hayot kechirishidan iborat.
Milliy qonunchiligimiz asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil ma’naviy-madaniy zaminga tayangan. Unda o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan va sayqal topgan milliy qadriyatlari, axloqiy fazilatlari, sharqona donoligi va tafakkur xazinasi durdonalarining huquqiy ifodasi mujassam topgan.
Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida xalqimizning milliy ma’naviyatiga qaratilgan turli xurujlar, tahdidlar paydo bo‘lgani hech birimizga sir emas. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlar ongini buzishga, e’tiqodimizni, qadriyatlarimizni toptashga, millatimizni manqurtga, xalqni buzg‘unchi olomonga aylantirishga qaratilgan g‘arazli maqsad yashirin.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ommaviy madaniyat” milliy qadriyatla-rimiz, urf-odatlarimiz va tariximizni yo‘qotish maqsadida qo‘llaniladigan quroldir. Bu shunday qurolki, u hech qanday ovoz chiqarmasdan, hech kimga bildirmasdan, pinhona ravishda milliy g‘oyalarimizni yo‘q qilib, yoshlarimizning tarbiyasini butkul izdan chiqarishi, tilimiz va dinimizni tanazzulga olib borishi, mehr-oqibat, muruvvat, saxovat kabi insoniylik tushunchalarini ko‘ngillardan o‘chirishi mumkin.
E’tibor bering-a, turli buzg‘unchi g‘oyalar “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida birinchi navbatda yoshlarning ma’naviyatini egallashga harakat qilayotgan-ligi bejiz emas. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch, shu bilan birga novniholdirkim manfur kimsalar uchun ularni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish, g‘arazli maqsadlari yo‘lida qurbon qilish oson. Ma’lumki, “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushgan yoshlar azaliy urf-odatlarini, a’nanalarini, milliyligini va o‘zligini unutadi. Bir o‘ylab ko‘ring-a, ona allasining qadr-qimmatini tuymagan, dunyo ahlini lol qoldirgan “Bayot”, “Ushoq”, “Dugoh” kabi mumtoz qo‘shiqlarimizdan ruhlanmagan, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Samarqandu Buxoro, Xiva obidalaridan faxrlanmagan, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi, A.Navoi, Amir Temur va Ulug‘bekni bilmagan farzandlarimiz kelgusida “kim” va qanday odam bo‘lishini tassavur qilishning o‘zi dahshat. Yoshlarimiz kelajagiga changal solayotgan kimsalarning “Chegarasiz erkinlik”, “erkin axloq” borasidagi uydirmalari ahloqsizlikni targ‘ib qilishning o‘zginasidir. Tabiiyki, milliy odob-ahloq me’yorlariga amal qilmaydigan o‘g‘il-qizlarimizning ajdodlar xotirasini unutish, o‘z tarixini bilmasligi asnosida, ulardagi milliy g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari yo‘qola boradi. Bunday kimsalarni “buzg‘unchi g‘oyalar” istagan qolipiga solishi, kezi kelganda g‘arazli maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Ularning to‘riga tushgan noqobil yoshlar kezi kelganda, hatto o‘z oilasiga, ota-onasiga qarshi qurol ko‘tarishi shubhasiz. Zero, pana-pastqam joylarda pusib, turli usul va niqoblar ostiga yashiringan nopok kimsalarning asl maqsad va istagi ham aynan shunda.
“Ommaviy madaniyat”ning yana bir jihati shuki, u doimiy ravishda moliyalashtirib turishni talab qilmaydi, aksincha, axloqsizlik, madaniyatsizlik, kelajakka ishonchsizlik, huquqiy negilizm, o‘z joniga qasd qilish, pornografiya, zo‘ravonlik, alkogolizm, giyohvandlik va shu kabi yot illatlarni targ‘ib qiluvchi foto, audio, video va boshqa ko‘rinishdagi materiallar, turli bosma nashrlar, global axborot tarmog‘iga joylashtirilgan millionlab saytlar ular uchun doimiy daromad manbai vazifasini ham bajaradi. o‘tkazadi. Uning homiylari katta yoshdagi kishilarga nisbatan yoshlarning ongu-shuurini egallab olish osonroq ekanligini yaxshi anglaydilar. Agar ular maqsadlariga u yoki bu darajada erishgudek bo‘lsalar, buning oqibatini bartaraf etish uchun bir necha o‘n yilliklar, kerak bo‘lsa asrlar kerak bo‘ladi, bu esa, butun insoniyat taqdiri juda katta xavf ostida qolishi mumkinligini anglatadi.
Prezidentimiz bu borada: “Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanligini anglab olmoqda” deya barcha xalqlarni ogohlikka undaydi.
Shu nuqtai nazardan, yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish, xalqimizning milliy qadriyatlarini, ma’naviyatimizni asrab-avaylash davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lgan muhim masalardan biridir.
Mamlakatimizda qabul qilingan qator huquqiy-normativ hujjatlar yoshlarni ma’naviyatimiz, sog‘lom turmush tarzimizga yot g‘oyalar, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolishdan asrashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunonchi, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 apreldagi “2010-2015 yillarda bolalar va o‘smirlarni ma’naviy kamol toptirishga yo‘naltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi, 2011 yil 14 oktyabrdagi “Bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida yosh avlodni “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, bu boradagi ishlarga davlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish masalalariga katta ahamiyat berilgan. SHuningdek, Prezidentimizning 2010 yil 27 yanvardagi “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi”gi hamda 2012 yil 27 fevraldagi “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlarida ham bu masalaning echimi o‘zining teran ifodasini topgan.
Darhaqiqat, endilikda “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada davlat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish davr taqozosidir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish