Fakultet o‘quv jarayoni
Fakultetda Kasbiy ta'lim (elektr energetikasi), Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi, Elektr energetikasi Elektronika va mikroelektronika, Asbobsozlik, Mahsulot sifati menejmenti, Noan’anaviy va tiklanadigan energiya manbalari, Maishiy radioelektron texnikasi va asboblarini loyihalash va ularning servisi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi kunda fakultetdagi akademik guruxlarda 1350 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Fakultet talabalariga Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Elektrotexnika, Elektromexanika, Sanoat korxonalarda ishlab chiqarish va shu kabi __ dan ortiq fanlar bo‘yicha bilimlar majmui beriladi.
Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda institutning 80 dan ortiq Professor-o‘qituvchilari xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning 36 foizdan ortig‘i fan doktorlari-professorlar hamda fan nomzodlari-dotsentlaridir.
Fakultetda olib borilayotgan darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib yo‘lga qo‘yilganligi muhim o‘rin egallamoqda. Shu o‘rinda mutaxassislik fanlarini ingiliz tilida o‘tilayotganligini tashkil etilishini alohida aytib o‘tish joyiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |