O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


- Mavzu: MUSTAQILLIK - MA’NAVIY TIKLANISH VA YUKSALISH



Download 1,08 Mb.
bet6/107
Sana11.02.2022
Hajmi1,08 Mb.
#444398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MATNLARI-TAYYOR BO\'LDI

6- Mavzu: MUSTAQILLIK - MA’NAVIY TIKLANISH VA YUKSALISH.


Reja:
1. Mustaqillik – eng aziz ne’mat.
2. Ma’naviy tiklanish va yuksalish davri.

Mustaqillik el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, o‘z qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirishga keng imkoniyat yaratib berdi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil, tizimli va demokratik islohotlarning amaliy samarasini bugun hamma joyda, har qadamda ko‘rib quvonmoqdamiz. Har bir oila, har bir fuqaro mamnun va shukrona kun kechirmoqda. Nafaqat ko‘rib-kuzatib, ayni chog‘da bunday keng qamrovli islohotlarda har bir shaxs o‘zi daxldorlik ila qo‘shayotgan hissasidan cheksiz faxr hissini tuymoqda.


Mustaqillik. Qariyb bir asrdan ham ko‘proq vaqt o‘tib yana ozod bo‘lgan, o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olgan xalq to‘yi bu. Qayta uyg‘ongan millat to‘yi bu. Mashaqqatli, lekin shonli yigirma to‘rt yilning har tongini “Vatan!” deb boshlagan elning to‘yi bu. Buyuk kelajak sari eng qiyin dovonlardan o‘tib borayot­gan millat to‘yi bu. Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi.
O‘zbekiston mustaqilligining o‘tgan yigirma to‘rt yili yosh davlatimiz uchun siyosiy soha, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot va ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining qamrovi ko‘ngillarni ko‘tardi. Dilni yanada ravshan ayladi. Unga ko‘ra misli ko‘rilmagan darajada tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Chora-tadbirlar ham erishgan marralarimiz kabi ko‘p. Ko‘lami keng. Million­lab yurtdoshlarimizning hayotida o‘chmas iz qoldirmoqda.
Faqat mustaqillik orqaligina shaxs o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini anglaydi. Istiqlol yurtimizda yashayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy omili bo‘ldi.
Mustaqilligimizning 24 yilligini nishonlar ekanmiz, xalqimizning istiqlol davrida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘li, erishgan ulkan yutuqlari va marralari, ularning ahamiyatini har tomonlama chuqur anglash, ya’ni hayot haqiqatini bilish va uni keng jamoatchilikka yetkazish har birimizning muhim vazifalarimizdan biridir. Bu eng ulug‘ va eng aziz bayramga tayyorgarlik munosabati bilan barcha sohalarda hayotbaxsh dasturlar tuzilib, bir-biridan yuksak yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Bizga ma’lumki, ma’naviyat va qadriyat tushunchalari bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Ma’naviyat deganda qadriyatlarimizni, qadriyat deganda esa milliy ma’naviyatimizni birgalikda, bir butun holda tushunamiz. Millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri — bu uning ona tilidir. Buni qarangki, 70 yil davomida o‘zbek xalqi ana shu buyuk qadriyatidan begona holda kun kechiribdi. Milliy ma’naviyatni millat o‘ziga tegishli deb bilgan din va shaxslar orqali etib kelgan ma’naviy mezonlar, qadriyat, urf-odat, an’ana va tarixiy meros, deb biladigan bo‘lsak, bizning xalqimiz bularning birortasidan ham emin-erkin foydalana olmasdi. O‘zbek xal­qi, O‘zbekiston, o‘zbekistonliklar deb yuritilar edi-yu, ammo o‘zbek xalqining o‘ziga xosliklari yo‘qolib borayotgan edi. O‘zbekiston degan ism jismga mos kelmas edi. Chunki bu yerdagi xalq o‘z nomidan anglashilganidek emasdi. Ya’ni, o‘ziga o‘zi bek emas edi; o‘z tili davlat tili emas edi; o‘zbekka xos ma’naviyatdan begona­lash­tirilayot­gandi; o‘z urf-odat va an’analarini unutayozgan edi.
1989 yildan boshlabgina o‘zbek xalqi tom ma’noda o‘zligini anglay boshladi. Shu yili yozda O‘zbekiston xalqi o‘ziga o‘zbek millatidan, o‘z xal­qi orasidan munosib rahbar tanladi. 1989 yil kuzda esa “qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so‘ng mamlakatimizda o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lmish ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi”. 1990 yilda mustaqilligini ta’minlash sari uchinchi qadamini bosdi — Prezidentlik lavozimi joriy etildi. Ota-bobolarini yaqindan taniy boshladi. 1991 yil Alisher Navoiy yili bo‘ldi. Shu tariqa bizga buyuk ajdodlarimizning ruhi-poklari madad bera boshladi. O‘zbekiston o‘z ismiga jismini moslab oldi. 1991 yil 31 avgustdan boshlab mustaqil davlat sifatida kun kechira boshladi. Endi O‘zbekiston o‘zini-o‘zi boshqaradigan yurtga — mustaqil davlatga aylandi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach esa urf-odat va an’analarimizni qayta tiklashga, qadriyatlarimizni qadrlashga, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga jiddiy kirisha boshladik.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar qayta tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami — Navro‘z qayta tiklandi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqi birinchi marta bevosita hukumat homiyligida haj va umra amallarini ado etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va boshqa­larning ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
Qisqasi, istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘ldi, desak ayni haqiqatni ifodalagan bo‘lamiz. Ammo muhtaram Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarlarining xotima qismida ta’kidlanganidek: “Ma’naviy yuksalishga erishish — bu bir yillik yoki besh-o‘n yillik ish emas. Xalq, millat o‘z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki, ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi”.
Bundan anglashiladiki, biz taraqqiyot sari intilar ekanmiz, ma’naviyatni yuksaltirishdan bir kun ham, hatto bir daqiqa ham to‘xtamasligimiz kerak. Chunki, “mamlakatimiz taraqqiyot pillapoyasidan yangi-yangi cho‘qqilar sari qadam qo‘yar ekan, biz yashayotgan zamon sur’atlari shiddat bilan tezlashib, oldimizda yana qancha muammo va mashaqqatlar paydo bo‘lar ekan, tabiiyki, ma’naviy hayotimiz ham ana shu sinovlarda toblanib, yuksalib, jamiyatimiz, millatimizning yorug‘ va sog‘lom kelajagini har qanday tahdid va to‘fonlardan - davr o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi va shakli o‘zgarishiga qaramasdan - bezavol saqlash va asrab qolishga qodir bo‘lishi darkor”.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish