O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Gafarov Sayfitdin Xafizovichning taqdimoti hurmatli xonimlar va janoblar



Download 37,5 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi37,5 Kb.
#20090
O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Gafarov Sayfitdin Xafizovichning TAQDIMOTI

Hurmatli xonimlar va janoblar,

O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi nomidan o'z salomimni yetkazishga hamda bugungi tadbirni tashkil etganlarga o'z minnatdorchiligimni bildirishga ijozat bergaysizlar.

Ijozatinglar bilan o'z ma'ruzamni Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro xamkorlik to'g'risida boshlayman.

O'zbekiston va Fransiya jug'rofik joylashishi tomondan bir-biridan juda uzoqda joylashgan bo'lishiga qaramasdan, azaldan har ikkala davlatning aholisi o'rtasida yaqin munosabatlar o'rnatilgan. Bularning yaqqol isboti sifatida  Soxibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI bilan yozishmasini keltirish mumkin.

Har ikkala mamlakat o'rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 1 martdadan e'tiboran o'rnatilgan. Bugungi kunda  O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi  o'zaro munosabatlar barcha sohalarda ijobiy rivojlanmoqda.

Bugungi kunga kelib, ikkitomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlik to'g'risidagi  Bitimga asosan tartibashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1993 yil oktyabr oyida Fransiyaga qilgan tashrifi doirasida quyidagi  hujjatlar imzolangan edi:

- O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi o'rtasida o'zaro rag'batlantirish va investitsiyalarni himoyalash;

- O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi o'rtasida o'zaro madaniyat, ilmiy va texnika sohasida hamkorlik qilish.

1996 yilning aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifida daromadlarni iqqiyoqlama soliqqa tortish va  daromad va kapital solig'ini to'lashdan bosh tortishni oldini olish to'g'risidagi Konvensiya imzolangan edi.

O'zbekiston Respblikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik  to'g'risida Bitimga muvofiq  savdo-sotiq sohasida juda qulay rejim o'rnatildi.

Avvalambor shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston  sobit qadamlar bilan  xususiy mulkni yanada rivojlantirirmoqda, faqatgina 2000 yillardan boshlab  respublika YAIM shakllantirishda  kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 31 foizdan 56 foizgacha o'sdi.

Xususan, iqtisodiyotda davlat ishtirokini  tobora kamayib borishi va davlat mulki ob'ektlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashishi bugungi kunda O'zbekistonni iqtisodiy rivojlantrishning asosiy yo'nalishlaridan biriga aylandi.

O'zbekiston MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib  “Mulk to'g'risida”gi (1990) qonunni qabul qildi va xususiy mulk atamasini qonunchilik darajasiga ko'tardi.

Xususiylashtirish to'g'risida gap ketarkan, shunga alohida e'tibor qaratish kerak, ya'ni respublikada davlat mulki ob'ektlarini davlat tasarrufidan chivarish va xususiylashtirishga jiddiy yondoshildi hamda ushbu jarayonlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Mustaqillika erishilgan dastlabki yillardayoq  uy-joy fondi xususiylashtirildi. Mamlakatda mulkdorlarning yangi sinfi vujudga keldi- ya'ni  fuqarolar xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyadorlari bo'ldilar. Bugungi kunda O'zbekistonda  aksiyalar va ulushlarga ega bo'lganlarning soni 2,0 mln.dan oshib ketdi,  shunisi e'tiborga loyiqki aksiyadorlarning aksariyati – jismoniy shaxslardir.

Xususiylashtirish  O'zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ustuvor yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Maqsad -  davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini  istrategik va iqtisodiy asoslangan xajmlarga yetkazish, ya'ni bunda davlat iqtisodiyotdagi ishtirokini faqatgina strategik sohalarda- ya'ni tabiiy resurslar, tabiiy monopoliyalar va ijtimoiy –muhim korxonalardagiga saqlab qoladi. Joriy bosqichda ustav kapitalida davlat ishtiroki bo'lgan  xo'jalik sub'ektlari sonini 500 tagacha yetikazish masalasi amalga oshirilmoqda.

Investitsiyalar bilan bog'liq qarorlar qabul qilinayotganda, albatta biznesni amalga oshirishda u qanday rol o'ynashiga e'tibor qaratish kerak bo'ladi.

O'zbekistonda ushbu holat uchun juda qulay shart-sharoitlar mavjud bo'lib, ularning eng asosiylari qatoriga YAIM oxirgi yillarda barqaror tarzda 8 foizda  o'sib borishini keltirish mumkin.

Yana bir asos sabab, bu O'zbekistonning bitmas-tugnmas resurs bazasidir. Rivojlangan infratuzilma va xarakatlar tannarxini ham biznesni muvaffaqiyat bilan yuritishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.



Shunisi e'tiborga loyiqki,  mamlakatimizda 60dan ziyod oliy o'quv muassasalari ochilgan bo'lib, shulardan 7 tasi xalqaro darajadagi diplomlarni beradi, ya'ni butun dunyo tan olgan Vestminster (Buyuk britaniya), Turin politexnika instituti (Italiya), Inxa (Koreya), Singapur menedjment va rivojlantirish instituti, Lomonosov nomli institut, Plexanov nomli iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomli neftь va gaz instituti bo'linmalaridir. Ushbu oliygohlarni har yili 300 dan ortiq talabalar tugatadilar va  muxandis, biznesni boshqarish, axborot-texnologiyalari, biotexnologiya, marketing, menejment, huquq va boshqa yo'nalish
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish