O’zbekiston Respublikasi Buxoro Davlat Unversiteti Buxgalteriya hisobi va audit (Sirtqi yo’nalish) talabasi



Download 33,91 Kb.
bet14/17
Sana23.01.2022
Hajmi33,91 Kb.
#404485
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5361936158437675510

Boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish va qaytarish  
Boshqa  majburiy  to’lovlarning  to’langan  va  to’lash  uchun  hisoblangan  summasi  o’rtasidagi 
ijobiy farq boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summasi deb e’tirof etiladi. 
Boshqa  majburiy  to’lovlarni  hisobga  olish  hamda  qaytarish  Soliq  kodeksida  va  boshqa 
normativ-huquqiy  hujjatlarda  belgilangan  tartibda  tegishli  vakolatli  organlar  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
Bojxona  to’lovlarining  ortiqcha  to’langan  summalarini  hisobga  olish  va  qaytarish  bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ortiqcha  to’langan  boshqa  majburiy  to’lovlar  summalarini  qaytarish  ortiqcha  to’langan 
summa qaysi byudjetga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga o’tkazilgan bo’lsa, o’sha byudjet yoki 
davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan soliq to’lovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga 
majburiy to’lovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan 
e’tiboran o’ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.

  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjetining  daromadlari  asosan  soliqlardan  hosil 


bo’ladi.  Respublika  byudjet  tizimining  tarkibiy  qismi  bo’lgan  soliq  tizimi  davlatda  undiriladigan 
soliqlar  yig’indisidan,  shuningdek  ularning  tuzilish  shakllari  va  usullaridan  iborat.  U  davlatning 
xarajatlari kattagina qismini moliya mablag’lari bilan taminlashda davat etilgan hamda takror ishlab 
chiqarish  jarayoni  va  ijtimoiy  munosabatlar  sohasiga  tasir  o’tkazishda  iqtisodiy  usullarni  amalga 
oshirish uchun foydalaniladi. 
Soliqlar  va  ularni  undirishning  tashkil  qilinishi    davlatning  qonunchilik  hujjatlari  orqali 
belgilanadi. Soliqni  hisoblash u yoki boshqa soliqqa tortish obekti bo’yicha byudjetga o’tkazilishi 
lozim  soliqning  aniq  summasini  belgilash  deganidir.  Soliqlarni    hisoblashning  asosiy  maqsadi 
davlat byudjetining daromad qismini sifatli va muddatida to’ldirib berishdir. 
Soliq summasini  hisoblash vazifasi qonunchilikka ko’ra bevosita soliq to’lovchining o’ziga 
yoki uchinchi shaxsga (fiskal  hisob-kitob) yuklab qo’yilishi mumkin. Soliq summasini  hisoblash 
vazifasi  Soliq  Kodeksiga  binoan  soliq  to’lovchining  o’ziga  yoki  uchinchi  shaxsga  (fiskal    hisob-
kitob) yuklatib qo’yilishi mumkin. Soliqni hisoblash buxgalteriya ma’lumotlariga asoslangan  holda  
hisoblab  chiqiladi  va  soliq  qonunchiligiga  binoan  byudjetga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  summasi 
aniqlab olinadi. 
Soliq  hisobi va buxgalteriya  hisobi biri biri bilan bog’lik, lekin soliq  hisobi buxgalteriya  
hisobini  o’rnini  bosmaydi  va  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  buxgalteriya  ma’lumotlariga  asosan 
hisoblagan soliq summasini soliq qonunchiligiga binoan aniqlab chiqadi. 
Buxgalteriya  hisobining  soliq  hisobida  ishtirok  etishiga  qarab  soliq    hisobining  quyidagi 
turlari mavjud: 

 
Buxgalteriya soliq  hisobi. Soliq hisobi faqat buxgalteriya  hisobi ma’lumotlariga asoslangan 
holda hisoblanadi. 

 
Aralash  soliq  hisobi.  Soliq    hisobi  qo’rsatkichlari  buxgalteriya    hisobi  ma’lumotlariga 
asoslangan holda  hisoblanadi va soliq qonunchiligida ko’rsatilgan uslubiyat bo’yicha tuzatiladi. 

 
Mutlaq  soliq  hisobi.  Soliq  hisobi  buxgalteriya  hisobi  ishtirokisiz  shaklantiriladi.  Masalan: 
davlat boji, bojxona to’lovlari, boshqa yig’imlar. 
Soliqni    hisoblash  va  undirish  usullari  ham  bir-biri  bilan  bog’liq.  Soliqni  undirishning 
kadastrli, daromad olgunga qadar va daromad olingandan keyin(deklaratsiya) usullari mavjud. 
Soliqlarning  ayrim  turlari  bo’yicha  uning  summasini    hisoblash  vazifasi  soliq  idorasiga 
yuklatiladi. Masalan: O’zbekiston  Respublikasi Soliq  kodeksning 277-moddasiga  binoan jismoniy 
shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliqni  to’lash  to’g’risidagi  to’lov  xabarnomasi  soliq 
to’lovchiga 1 maydan kechiktirmay to’lov xabarnomasini etkazib beradilar. 
Soliqlarni undirishning tashkil qilinishi davlatning qonunchilik hujjatlari orqali belgilangan 
tamoyillari bo’lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. 
Demak,  soliqlar  tushumini    hisobga  olish    bu  -  to’plangan  xo’jalik  va  moliyaviy 
malumotlarga ishlov berish orqali soliq to’lovchining byudjetga to’lashi kerak bo’lgan tushumlarini 
to’g’ri  hisoblab berish  va uning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini nazorat qilish demakdir. 

 Soliq  va  yig’imlarni  hisoblashda  Soliq  kodeksiga  binoan  soliq  solishning  quyidagi 


majburiy unsurlari belgilanadi: 
soliq solish subekti va obekti;   soliqqa tortish bazasi;  soliq davri;  soliq stavkasi;  soliqni  
hisoblash tartibi;  soliqni to’lash tartibi va muddatlari. 
Soliq  subekti  doimo  ham  real  soliq  to’lovchisi  bo’lmaydi.  Soliq  yukini  soliqqa  tortish 
subektidan  boshqa  shaxs  zimmasiga  yuklash  imkoniyati  xam  mavjud.  Masalan:  aksiz  solig’iga 
tortiladigan  tovarning  iste’molchilari  soliqning  sohiblari    hisoblanadi,  chunki  aksiz  solig’iga 
tortiladigan tovarning narxiga ushbu soliq summasi qo’shiladi va oqibatda bu summani iste’molchi 
to’laydi.  
Soliq solish ob’ekti soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi 
va  (yoki)  to’lanishi  yuzasidan  majburiyat  keltirib  chiqaruvchi  mol-mulk,  harakat  yoki  harakat 
natijasi  bo’lib,  jismoniy  shaxslarning  mehnat  xaqi  va  boshqa  daromadlari,  korxonalar  foydasi, 
mahsulotni  sotishdan,  ishlarni  bajarishdan  va  xizmatlar  ko’rsatishdan  tushgan  aylanmalar,  er, 
yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulki va qonunda ko’rsatilgan boshqa obektlar tushuniladi. 
 Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo’lib, ular kassa usuli va hisobga olish 
usullaridir.  Kassa  usulida  soliq  to’lovchida  soliqlarni  to’lash  majburiyatlari  daromad  olganidan 
keyin  vujudga  kelsa,  hisobga  olish  usulida  esa  daromad  olingan  yoki  sotishdan  tushum  qachon 
kelib tushishidan qat’iy nazar tovarlarni jo’natilishi o’z navbatida soliqlarni to’lash majburiyatlarini 
vujudga keltiradi. 

Download 33,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish