O’zbekiston respublikasi buxoro davlat universiteti



Download 261,27 Kb.
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi261,27 Kb.
#719976
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ta\'lim

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



EKONOMETRIKA fani bo’yicha

MUSTAQIL ISH






Mavzu: Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish.
Bajardi: 3-2 IQTIM 20 GURUH TALABASI
SHARIPOVA MADINA







Reja:
1. Vaqtli qatorlar to’g'risida umumiy tushuncha
2. Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi
3. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari


  1. Vaqtli qatorlar to’g'risida umumiy tushuncha

Ma’lum ko’rsatkichni vaqt bo’yicha ketma-ket joylashtirilishi vaqtli qator deb ataladi. Tadqiq qilinayotgan o’zgaruvchining qiymatlari qator darajasi deb ataladi.


Vaqt qatorlari modellarda faqat bitta erkin o’zgaruvchi -vaqt bo’ladi va ular bir omilli modellardir. .
Vaqtli qatorlar ko'rsatkichning barqaror o'zgarishlariga va xususiy tasodiflar o'zgarishiga ega bo'ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflami bartaraf etish va barqaror o’zgarishlarini aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan qatorlami haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko'rsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko'rsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin bo'lgan chyegaralami aniqlash imkonini beradi.
Ko'pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlami tahlil qilish jarayonida nihoyatda chyegaralanib tanlash bo'yicha aniqliklami qayta ishlashga to'g'ri keladi. Shunday sharoitda tajribalar guruhini ta’riflash uchun qilingan har qanday urinish, mutloq rasmiy va sub’ektiv bo'ladi. Shuning uchun ko'pchilik hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta’riflash imkoniyatini aniqlash qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko'rsatish mumkin:
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko'ra juda chegaralangan bo'ladi.
Shuning natijasi o'laroq o'rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur etish, shuningdek, bazi bir ehtimollikni cheklab qo'yish lozim. Haqiqatdan ham statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki ko‘rib chiqilayotgan umumiy model doirasida oldindan o'rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo'ladi.

Iqtisodiy ko’rsatkichlardan tashkil topgan vaqtli qatorlarda quyidagi tarkibiy elementlar:trend,mavsumiy,tsiklik va tasodifiy komponentlarni aniqlash mumkin. Trend deb jarayondagi uzoq muddatli barqaror va takrorlanuvchi komponentga aytiladi. Masalan: vaqt oralig’ida maxsulotning sotish hajmining uzluksiz oshishi, maxsulot ishlab chiqarishning o’zgarishi va h.k.


Iqtisodiy jarayonlarning vaqtli qatorlar trendining atrofida doimiy tebranuvchi komponenta bo’lishi mumkin. Agar u davriy bo’lib yil davomida tebranib tursa uni mavsumiy tebranishlar deyiladi. Agar tebranish bir necha yil davomida davom etsa uni siklik tebranish deb ataymiz. Trend mavsumiy va siklik komponentlar doimiy bo’lsa ularni vaqtli qatorlarning tizimli komponenti deyiladi. Vaqtli qator doimo bu komponentlarga ega bo’lishi shart emas. Siklik tebranishlardan tashkil topgan ekonometrik modellarni additiv yoki multiplikativ shaklda yozish mumkin.
Vaqtli modellarga shuningdek ko’p miqdordagi murakkab additiv prognoz va avtoregression modellarni kiritish mumkin.
Ma’lum bir davrdagi turli ijtimoiy – iqtisodiy hodisalarni vaqt bo„yicha (dinamikada) xarakteristikalarini ifodalash va tahlili qilish uchun bu jarayonlarni xarakterlovchi ko„rsatkichlar va usullardan foydalaniladi.
Adabiyotlarda dinamik qator va vaqtli qator tushunchalaridan foydalaniladi. “Dinamik qatorlar” tushunchasi bir muncha tor ma‟noda – belgining o’sishga (pasayishga) ma‟lum bir tendentsiyasi bor bo„lgan, yo„naltirilgan o’zgarishi sifatida talqin etiladi. Vaqtli qator tushunchasi ostida albatta ma‟lum bir tendentsiyaga ega bo„lishi shart bo„lmagan, ya‟ni qandaydir ko„rsatkichni darajasini statistik ketma-ketligi ko„rinishida bo„lgan qatorlar darajasi tushuniladi.
Shunday qilib, “vaqtli qator”- bir muncha umumiy tushunchadir. Bunday qator qandaydir ko’rsatkichni ham dinamik, ham statsionar tashkil etuvchilar darajalari ketma-ketligini o’z ichiga oladi. Ammo adabiyotlarda ko’pincha “dinamik qator”, yoki “qator dinamikasi” termini qo’llaniladi.

Download 261,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish