O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
”
fanidan
M
USTAQIL ISH
Bajardi: Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi
026-18 SKIo`-guruh
talabasi
Abdimalikov Shaxzod
Qabul qildi:
Qodirov Fazliddin Misliddinovich
Toshkent 2021
KIRISH
Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining
inson hayoti xavfsizligiga ta’siri va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari
masalalarini qamrab
olgan. Zero, hozirgi davrda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayonining buzilishi,
ishchi-xizmatchilar
uchun ish joylarida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi,
muhit rivojla nishidagi
noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat
hayotiga xavfxatar soluvchi
holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar
hamda vositalar ko‘plab xavf-xatarlarni
yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga,
salomatligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda.
Shu sababli ham mamlakatimizning eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalari qatoridan
aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalla gan. Aynan shu
muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi.
Dasturni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martda gi “O‘zbekiston
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘ risida”gi farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
favqulodda vaziyatlar vazirligi ning 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-son buyrug‘i
bilan tasdiqlangan
“Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnoma”si, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini
Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnomani o‘quv jarayoniga tatbiq
etish to‘g‘risida”gi 318- son buyrug‘i asos qilib olindi.