O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Inntelektual ijodkorlik va mualliflik huquqi himoyasi to’grisidagi qonunlar



Download 38,41 Kb.
bet8/8
Sana15.05.2021
Hajmi38,41 Kb.
#64673
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qudratova.S

5 . Inntelektual ijodkorlik va mualliflik huquqi himoyasi to’grisidagi qonunlar

Yuqoridagicha fikrlashga doir IM himoyasi siyosati iqtisodni egallab ,uni monopol qilib,“bir kishi g’olib” sifatida yakka shaxslarni etishtirish emas, balki , oz mamlakatining ixtirolarini kuchaytirib, foyda va xarajatni deyarli teng ravishda bo’lib “hamma g’olib” holatiga erishishni ko’zda tutgan deb ayta olamiz.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 24 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Ushbu yangi tashkilotning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi, tuzilmasi tasdiqlandi. Dunyoning ko‘plab davlatlarida intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yagona davlat organi faoliyat yuritadi. Xususan, Shveysariyada – Shveysariya federal intellektual mulk instituti, Buyuk Britaniyada – Intellektual mulk ofisi mavjud. Ushbu tashkilotlarda intellektual mulkni himoya qilish tizimi yagona davlat organi hamda mualliflar, noshirlar hamda ijrochilarning mulk huquqlarini birgalikda boshqaradigan tashkilotlarning rivojlangan infratuzilmasini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda ikki vakolatli organning birlashtirilishi va ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (IMA) tashkil etilishi davlat boshqaruvi organlari sonini optimallashtirish, intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona yondashuvni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etishda tashkiliy hamda uslubiy jihatdan ko‘maklashish imkonini beradi. Yangi agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari hamda intellektual mulkning boshqa ob’ektlarini (IMO) himoya qilish, IMO bo‘yicha huquq egalarini himoya qilish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnik va sanoat ishlanmalarini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik va boshqa turdagi ijodiy ishlarning keng joriy etilishiga ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarini ekspertiza qilish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Ayni paytda soliq, bojxona, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda mamlakatimizning intellektual-ijodkorlik salohiyatini huquqiy himoya qilish bo‘yicha yuqori samarali yaxlit tizimni tashkil etish, huquqni muhofaza qilish organlari tuzilmalarida, shuningdek, soliq va bojxona qo‘mitalarida intellektual mulkni himoya qilish bo‘limlari xodimlarining malakasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Agentlikda patent hujjatlarining davlat fondini shakllantirish, uning saqlanishini ta’minlash va shu asosda manfaatdor tashkilotlarga kutubxona-bibliografiya, ma’lumot-axborot xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Intellektual mulk agentligi zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun intellektual mulk sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat. Buning uchun agentlik huzurida o‘quv markazi tashkil qilingan. Bundan tashqari, intellektual va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, ixtirochilik borasidagi faollikni kuchaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish maqsadida tashkilotlar, korxonalar, vazirlik va idoralarda ushbu soha mutaxassislarining malakasini oshirishga doir ishlar qilinishi rejalashtirilmoqda. Intellektual mulk agentligi zimmasiga intellektual mulkni himoya qilish masalasida yagona pozitsiyani ishlab chiqish va bu sohada xalqaro miqyosda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, aniq maqsadli tayyorgarlik ko‘rish hamda tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishni ta’minlash vazifasi ham yuklangan. Jahon hamjamiyatining intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha barcha mexanizmlari muntazam ravishda hukumatlararo xalqaro tashkilot – Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan (qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan) tartibga solinadi. Bu tashkilotga 180 dan ortiq davlat a’zo bo‘lgan. Xalqaro konvensiyalar, bitimlar, kelishuv va shartnomalarni samarali tashkil etish jahon hamjamiyatiga intellektual mulk ob’ektlari va ularni sotishdan katta daromad olish imkonini beradi.

O‘zbekiston Jahon intellektual mulk tashkilotiga (JIMT) 1991 yilda a’zo bo‘ldi. 1996 yilning 29 mayida JIMT delegatsiyalarining Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekistonning davlat patent-litsenziya siyosatini amalga oshirish sohasidagi yuqori nufuzi e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning dunyo davlatlari rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib milliy patent tizimini tashkil etish va rivojlantirish, ixtirochilik faoliyatiga ko‘maklashishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatimizning sanoat mulki xalqaro patent-huquqiy tizimida faol ishtiroki uchun mazkur tashkilotning Katta oltin medali bilan taqdirlangani ham buning yorqin tasdig‘idir.

Hozirgi kunda mamlakatimiz intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi 13 muhim xalqaro shartnomaning ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, agentlik JIMTda va intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda mamlakatimiz nomidan ish yuritadi. Buning uchun intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoyalash va ularga oid huquqlarni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, tegishli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xorijiy va mintaqaviy tashkilotlar bilan keng ko‘lamli xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida boshqa davlatlarning tegishli idoralari bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlar almashish ishlarini takomillashtirish, bu sohadagi xorijiy tajribani o‘rganish va undan foydalanishni tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Bern konvensiyasi ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalardan biridir. O‘zbekiston 2005 yilda Bern konvensiyasiga qo‘shilib, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy me’yorlarga mos keladigan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilingach, mamlakatimizda mualliflik huquqini himoyalash sohasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda jahon standartlari talablariga to‘liq javob beradigan intellektual mulkni himoya qilish tizimi shakllantirilgan va u muvaffaqiyatli amal qilmoqda. Mamlakatimizda 1993 yildan 2010 yilgacha intellektual mulkni himoya qilish sohasida oltita qonun qabul qilingan. Bular – “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”, “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlardir.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha yaxshi rivojlangan va izchil yo‘lga qo‘yilgan tizimga bog‘liq. Iqtisodiyotning samaradorligi ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Intellektual mulk ob’ektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha berilgan arizalarning soni va ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi davlatimizning ilmiy-texnik salohiyatini namoyon etadi va bu omil ko‘p jihatdan uning raqobatbardoshligini belgilaydi. Yangi tashkil etilgan Intellektual mulk agentligi xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish asnosida ilmiy-texnik yutuqlarni innovatsion tadbirkorlikka joriy etish uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Belgilangan vazifalarning bajarilishi iqtisodiyotimiz samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va mamlakatimiz intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi.



Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki intellektual mulk va mualliflik huquqi borasida mamlakatimizda yetarlicha chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Intellektual mulk va mualliflik huquqi borasidagi qonun hujjatlaida kursatilganidek fan, adabiyot, san’at asarlari va texnalogik ishlanmalar bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Muallif — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs hisoblanib uning ijodini hurmat qilgan holda uning yaratuvchanligini va salohiyatini har bir shaxs mamlakati rivoji yo’lida qullab quvvatlamog’i darkor.Intellektual mulk va mualliflik huquqi Respublikamizning qonun hujjatlari bilan belgillab quyilgan uni buzgan shaxslarga qonun hujjatlarida ko’rsatilgan tegishlicha choralar amalga oshiriladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. http://uza.uz/uz/society/intellektual-mulk-va-uning-himoyasi-18.04.2012-21594.

  2. http://www.ima.uz/uz/services/intellektual-mulk-/.

  3. http://www.ima.uz/uz/information/info/news/1458/.

  4. https://arxiv.uz/ru/documents/darsliklar/huquqshunoslik/intellektual-mulk-huquqi.




Download 38,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish