O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari vaКommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi



Download 0,89 Mb.
bet6/6
Sana25.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#704128
1   2   3   4   5   6
kombinator yoki kombinatsion sxemalar deb ataladi. 1.4 paragrafda 1.22-
rasmda keltirilgan haqiqat jadvalini amalga oshiradigan sxema –
kombinator sxemaga misol bo‘la oladi.
Keyingi rasmlarda asosiy mantiqiy sxemalar hisoblangan –
kombinator va arifmetik sxemalarga misollar keltirilgan. Ushbu misollarni keltirib o‘tishdan maqsad, ularni qanday qurilganliklarini ko‘rish bilan, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar va umuman kompyuterning qay darajada murakkab ekanligini tushuntirishdir. Asosiy mantiqiy sxemalar - qanday ventillardan iborat ekanligi va ularni soni qancha ekanligini, ushbu ventillar tarkibida qanchadan tranzistorlar borligini tasavvur qilish bilan zamonaviy kompyuter qay darajada murakkab tuzilishga ega ekanligini tushunish mumkin.







Berilgan EHM bajarishi mumkin bo’lgan buyruqlarning to’liq ro’yxati EHMning buyruqlar tizimi deb nomlanadi. Buyruqlar tizimining arxitekturasida dasturchi uchun mavjud bo'lgan EHM vositalarini aniqlash odatiy holdir.Buyruqlar tizimining arxitekturasini dasturiy ta’minot talablariga EHM apparaturasi imkoniyatlari bilan mos keladigan vosita sifatida qarash mumkin.
Mashina tilidagi buyruqlarning umum formatlari va turlari.
EHM ma’lumotlarga ishlov berib dasturdagi buyruqlar (kommanda) ketma-ketligiga mos ravishda bajarilib quyilgan masalani yechadi. Shuning uchun kompyuter dastur asosida boshqariladigan qurilmadir. Uning asosini protsessor (CPU), xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari tashkil qiladi. Kompyuter buyruqlarini albatta uni protsessori aniqlab beradi. Bu buyruqlar – ikkilik sanoq tizimiga asoslangan – sonlar (kod) to’plami bo’lib mashina tili deb nomlanadi. Kodlar (buyruqlar) protsessordan protsessorga o’zgaradi va yozilishi 8 bitdan to 10 lab baytglargacha bo’lishi mumkin. Demak bu buyruqlarni 100 va hatoki 10000 dan ortiq turlari mavjud.
Mashina tilida dasturlash – bu mana shu buyruqlarni eslab qolib, qo’llash bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir. Shu sababli dasturchilar o’z ishlarini avtomatlashtirish uchun maxsus inson tiliga yaqin bo’lgan tildan (ingliz tili asosida) tarjimonchi dasturlar yaratishdi va uni til kompilyatorlari deb nomlashdi. Shu kompilyatorlardan eng soddasi va ko’pincha mashina buyruqlarini ma’lum so’z yoki qisqartmaga moslashtirib olingani assembler tili deb nomlanadi.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi klassifikatsiyasi
Zamonaviy dasturlash texnologiyasi yuqori darajadagi tillarga (YuDT) yo’naltirilgan bo’lib, ularning asosiy maqsadi dasturlash jarayonini yengillashtirishdir. YuDT ga o’tish jiddiy muammo tug’dirdi: YuDT uchun xos bo’lgan murakkab operatorlar oddiy mashina operatsiyalaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Muammo semantik uzilish deb ataladi va uning natijasi dasturning yetarli darajada samarali bajarilishmasligidir.
Semantik uzilishni bartaraf etish uchun EHM ishlab chiquvchilari uchta yondashuvdan birini va shunga mos ravishda uchta BTA turidan birini tanlaydilar:

  • buyruqlarning to'liq to'plamiga ega bo'lgan arxitektura: CISC (Complex Instruction Set Computer);

  • qisqartirilgan buyruqlar to’plami bilan arxitektura: RISC (Reduced Instruction Set. Computer);

  • juda uzun buyruq so’zlari bilan arxitektura: VLIW (Very Long Instruction Word).

CISC arxitekturasi uchun quyidagilar urinli:



  • protsessordanisbatankammiqdordagiumumishlovregistrlarningmavjudligi;

  • ko'psonlimashinabuyruqlari, ularningba’zilariYuDT murakkab operatorlarini apparatli amalga oshiradi;

  • operandlarni adreslashning turli-tuman usullari;

  • turli razriyadli buyruq formatlari to’plami;

  • qayta ishlash xotiraga kirish bilan birlashtirilgan buyruqlar mavjudligi.

1980-yillarning o'rtalariga qadar ishlab chiqarilgan deyarli barcha EHMlarni va hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning muhim qismini CISC turiga kiritish mumkin. Semantik uzilish muammosini hal qilishning bu usuli EHM apparaturasini, asosan boshqarish qurilmasini murakkablashishiga olib keladi, bu esa EHMning ishlashiga salbiy ta'sir qiladi.Olib borilgan izlanishlarga ko’ra, YuDT operatorlariga ekvivalent bo’lgan qo’shimcha buyruqlar ulishi, dasturlarning umumiy hajmidan 10-20% dan, ba’zi bir murakkab buyruqlar uchun esa 0,2% dan oshmasligi aniqlandi. Qo'shimcha buyruqlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan apparat vositalari hajmi sezilarli darajada oshadi.



Xulosa
Shunday qilib, murakkab buyruqlarni qo'llab-quvvatlashda mikrodastur xotirasining hajmi 60 foizga ko'payishi mumkin. Natijada RISC arxitekturasi paydo bo’ldi.
RISC atamasi birinchi bo'lib 1980 yilda D.Patterson va D. Ditsel tomonidan qo'llanilgan. HM buyruqlarining ro'yxatini cheklash g’oyasi, faqat protsessor registrlarida joylashgan ma'lumotlarda ishlaydigan eng ko'p ishlatiladigan oddiy ko'rsatmalar bilan amalga oshirishdir.
Xotiraga murojaat qilish maxsus o'qish/yozish buyruqlari yordamida ruxsat beriladi. Operand manzillarini ko'rsatish usullari va buyruq formatlari soni keskin kamaytirildi.Buyruq formatlari sonining kamayishi va ularning oddiyligi, cheklangan miqdordagi adreslash usullaridan foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini xotiraga kirish operatsiyalaridan ajratish EHM apparaturasini sezilarli darajada soddalashtirishi va ularning tezligini oshirishga imkon berdi. Oddiy, ammo tezkor RISC-buyruqlarining ketma-ketligi yordamida murakkab buyruqlarni amalga oshirish, CISC arxitekturasidagi murakkab buyruqlarning apparat versiyasidan samarali emasligini ko’rsatdi.RISC-arxitekturasi elementlari birinchi bo'lib Cray Research kompaniyasining CDC 6600 hisoblash mashinalari va superEHMlarida paydo bo'ldi. RISC-arxitekturasi zamonaviy EHMlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, masalan, DEC firmasining Alpha protsessorlarida, Hewlett-Packard firmasining PA seriyasida, PowerPC oilasida va boshqalarda.Shuni esda tutingki, Intel va AMD firmalarining so'nggi mikroprotsessorlarida RISC-arxitekturasiga xos g'oyalar keng qo'llanilmoqda, shuning uchun CISC va RISC o'rtasidagi ko'pgina farqlar asta-sekinlik bilan yo’qolib bormoqda.
CISC- va RISC-arxitekturalaridan tashqari yana bitta turdagi – juda uzun so’zli buyruqlar (VLIW) arxitekturasi ham mavjud. VLIW kontseptsiyasi RISC-arxitekturasiga asoslangan bo'lib, bu yerda bir nechta oddiy RISC-buyruqlari bitta eng uzun buyruqqa birlashtiriladi va parallel ravishda bajariladi.
VLIW arxitekturasi RISCdan, nisbatan kam farq qiladi. Faqatgina hisoblashlarning qo'shimcha parallellik darajasi paydo bo'ldi, shuning uchun VLIW arxitekturasini kompyuterlarga emas, balki hisoblash tizimlariga murojaat qilish mantiqan to'g'ri keladi.

Operandlarni saqlash joyiga qarab klassifikatsiyalash


Bo’yruqlar tizimi arxitekturasi ko’rinishi quyidagilarga bo’linadi:

  • stekli;

  • akkumulyatorli;

  • registrli;

  • xotiraga ajratilgan murojaatli.

Aniq arxitekturani tanlash bir qator fikrlarga bog’liq:



  • buyruqlarning bir qismi nechta adreslarni o’z ichiga oladi;

  • bu so’zlarning uzunligi qancha bo’ladi;

  • operandlarga murojaat qanchalik oson bo’ladi;

  • buyruqlarning umumiy uzunligi qanday bo’ladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish