Javoblar:
Arduino – bu elektron konstruktor va elektron qurilmalarni tez yaratishning qulay platformasidir. Bu platforma dunyoda keng tarqalishining sababi dasturlash tilining qulayligi va soddaligi, shuningdek arxitekturasining hamda dasturlash kodlarining ochiqligidir. Arduino platasi Atmel AVR mikrokontrolleridan va dasturlash hamda boshqa sxemalar bilan bog’lash elementlaridan tashkil topgan.
Arduino - bu o‘rnatiluvchi apparat platformasi bo‘lib, asosan avtonom interaktiv ob’ektlarni hosil qilish va ularni tarmoq orqali, yaqin va uzoq masofadan boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Arduinoning Ethernet, Wi-Fi, CDMA, GSM kabi deyarli barcha tarmoq modullari ishlab chiqilgan bo‘lib, istalgan ko‘rinishdagi va tarmoq bilan ishlovchi boshqaruv tizimlarini yaratish mumkin.
Leonardo — ATmega32u4 mikrokontrolleri asosida ishlab chiqilgan eng so‘nggi Arduino platformasi hisoblanadi. Tuzilish jihatidan Arduino Uno ga o‘xshash tuzilgan.
Yun - ATmega32u4 va Atheros AR9331 mikrokontroller tizimlari asosida ishlab chiqilgan WiFi va Ethernet interfeysiga ega bo‘lgan Embedded linux asosida ishlovchi Arduino platformasi hisoblanadi.
Micro —ATmega32u4 asosida ishlovchi kichik o‘lchamli Arduino boshqaruv tizimi.
Uno — eng ko‘p tarqalgan va qo‘llaniluvchi Arduino USB platformasi hisoblanadi. Keng turdagi funksional kengayuvchi platalar va modullar to‘plamiga ega.
Arduino Ethernet — POE (Power over Ethernet)modulli Ethernet bilan jihozlangan tarmoq Arduino platformasi hisoblanadi.
Duemilanove — eng so‘nggi Arduino USB Arduino platformasi hisoblanadi. Asosan serial kanal orqali aloqa qilish imkoniyatiga ega.
Nano — USB Mini-B asosida ishlovchi kichik o‘lchamli kompakt Arduino platformasi hisoblanadi. Asosan kichik o‘lchamli ob’ektlarga yoki ob’ektlar ichiga o‘rnatiladi.
// the setup function runs once when you press reset or power the board
void setup() {
// initialize digital pin LED_BUILTIN as an output.
pinMode(13, OUTPUT);
}
// the loop function runs over and over again forever
void loop() {
digitalWrite(13, HIGH); // turn the LED on (HIGH is the voltage level)
delay(500); // wait for a second
digitalWrite(13, LOW); // turn the LED off by making the voltage LOW
delay(500); // wait for a second
}
Xulosa
Men bu labaratoriya ishini bajarish davomida Arduino 1.8.1 dasturiy muhitini o’rnatish jarayoni bilan tanishib chiqdim. Unda yozilgan kodni Arduino da ishlatib ko’rdim. Labaratoriya ishi sifatida bajargan ishimda online simulyatordan foydalandim. Bunda 7-registrning yonib o’chishini boshqarish uchun dastur kodini ishlatib ko’rdim va kerakli ko’nikmaga ega bo’ldim .