XULOSA:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ushbu fan dasturi, «Keyingi avlod
konvergent tarmoqlari» faniga tegishli bo’lgan barcha mavzular bo’yicha
talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo’lgan minimum
bilimlar va ko’nikmalarni to’la qamrab olgan. Hozirgi kunda turli darajalardagi
telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va
ma’lumot almashishga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda.
Shuning uchun mavjud bo’lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga
aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan
infratuzilmani yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Shularni nazarda tutgan holda mazkur namunaviy o’quv dasturida mavjud bo’lgan
tarmoqlarning kamchiliklari, kommutatsiyalash usullari, keyingi avlod tarmoqlariga
o’tish sabablari, tarmoqning konvergentsiya holati, keyingi avlod konvergent
tarmoqlarining tuzilish tamoyillari, NGN tarmoqlarining arxitekturasi, NGN
tarmoqlarida qo’llaniladigan transport tarmog’i va abonent kirish tarmoqlari
texnologiyalari, konvergent tarmoq xizmatlariga bo’lgan talablar, xizmatlarning
turlari, NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan protokollarning turlari, chaqiriqlarni
boshqaruv tizimi, keyingi avlodning mahalliy, shahar va shaharlararo multiservisli
tarmoqlarining tuzilish printsiplari va rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
Shuningdek o’quv dasturida rejalashtirilgan mavzular, mavjud bo’lgan va
kelgusidagi tarmoqlarni, unda qo’llaniladigan turli texnologiyalarni, xizmatlarni
amalda taxlil qilish uchun talabalarni bilimini mustaxkamlash, shakllantirish,
axborotni uzatishga asoslangan xollatlarini va printsiplarini, fundamental
tushunchalarini nazariy mustaxkamlashdan iborat.
Konkatenatsiya ko’rinishida SDH tizimlarida yuqori tezlikdagi trafikni uzatish
muammosining yechimi bitta muhim kamchilikka ega bo’ldi: u sezilarli darajada
uzatish tizimsining FIK ni kamaytirdi. Masalan, kankatenastiya metodlari bilan
Gigabit Ethernet (1,05 Gbit/s) trafigini uzatish uchun koridorni shakllantirish VC-4-
16s konteyneridan foydalanishni talab qiladi, bu 2,5 Gbit/s tezlikka mos keladi.
Shunday qilib, SDH tizimsining resursi faqat 42% ishlatiladi. SDH resursini boshqa
ilovalar uchun ham ishlatish samaradorligi uncha yuqori emas. Bunday holat
resurslardan foydalanish samaradorligi muammosi SDH texnologiyasida vujudga
kelmaganda edi operatorlarni qoniqtirgan bo’lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Foydalanilgsn adabiyotlar shu saytlardan olindi :
WWW.google.com
www.Referat.uz
www.yandex.ru
my.tuit. elektron kutubxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |