Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan noto‘g‘ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruk- siyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi. Sanitar-gigiyenik sabablarga esa mehnat gigiyenasi, sanitar me’yorlar va qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni me’yordan chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havo- ning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin.
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va
ishlab chiqarish jarohatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz
hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib
chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va
zararli omillarni puxta o‘rganish mubim rol o‘ynaydi.
Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan quyidagi 4
guruhga bo‘linadi: texnikaviy, sanitar-gigiyenik, tashkiliy va
psixofiziologik.
Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar
hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr qurilmalarining
yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan
noto‘g‘ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruk-
siyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi
kabilar kiradi. Sanitar-gigiyenik sabablarga esa mehnat
gigiyenasi, sanitar me’yorlar va qoidalarga amal qilmaslik,
yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish
tezligi, havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni me’yordan
chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havo-
ning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin.
Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar OʻzR ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi OʻzR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan OʻzR Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-son Qonunini amalga oshirish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlan
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
bir oy muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati masalalariga bag‘ishlangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning to‘liq ro‘yxati joylashtirilgan hamda ular doimiy ravishda yangilanib boriladigan bo‘lim
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini ta’minlasin.
3. Ushbu qaror u rasman e’lon qilingandan keyin uch oy muddat o‘tgach kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |