Ikkilamchi tarmoqlar elektr aloqaning turiga bog‘liq xolda telefon, telegraf, ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, ovozli eshittirish va televizion tarmoqlari deb nom olgan. Ikkilamchi tarmoqlar asosida umumdavlat aloqa tizimlari tashkil qilinadi (masalan, umumdavlat telefon aloqa tizimlari). Ikkilamchi tarmoqlarning elektr aloqa kanallari, xabar turiga bog‘liq xolda (masalan, liniyaga) telefon aloqa kanali, telegraf aloqa kanali, ma’lumotlarni uzatish kanali deb nomlanadi.
Quyidagicha birlamchi signal turlari mavjud:
1. Telefon signallari;
2. Tovushli eshittirish signallari;
3. Faksimil signallar;
4. Televizion signallar;
5. Ma’lumotlarni uzatish va telegraf signallari.
Do'stlaringiz bilan baham: |