tizimdan iborat. Uning ishga tushirilishi natijasida Davlat soliq qo'mitasining 31
xizmatini elektronlashtirish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, “Kliring”, “Xarid”,
“Byudjyet”, “Bojxona”, “Lisenziya” hamda “Adliya” singari axborot tizimlari
majmui ham mavjud bo'lib, ular muayyan sohada ma`lumotlarni to'plash va qayta
ishlash hamda xizmatlarning bir qismini elektronlashtirishga sharoit yaratmoqda.
Qolaversa, “Sog'liqni saqlash”, “Ta`lim”, “Kommunal” tizimlarini hayotga tatbiq
etish arafasida turilibdi. Yaqin yillarda esa “Adliya-2”, “Nafaqa” va “Davlat
boshqaruvi” tizimlarini ishlab chiqish rejalashtirilayapti. 2016 yilda tegishli
ma`lumotlar bazasini shakllantirish bo'yicha ishlar yakuniga yetkazildi. “Kadastr
va ko'chmas mulkni ro'yxatga olish” hamda Milliy geoaxborot
tizimlari borasida
hali nuqta qo'yilmadi.
Bugun O'zbekistonda xo'jalik sub`yektlarining barcha turdagi soliq va
statistika hisobotlari elektron shaklda topshirilmoqda, tovarlarni deklaratsiyalash
hamda eksport-import shartnomalarini ro'yxatga olish ham elektron shaklga
o'tkazilgan.
Sohadagi yana bir muhim yangilik. 2015 yilda Ochiq ma`lumotlar
portali
ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unda 8 ta tashkilotdan 80 turdagi ma`lumot
joylashtirilgan bo'lsa, bugungi kunda mazkur portalda 120 ta tashkilotning 2216
xildagi axboroti o'rin olgan. Bu axborotlar iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, ta`lim,
transport va boshqa dolzarb sohalarga taalluqlidir.
Qolaversa, 2013 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron
hukumatning
samarali
faoliyat
yuritishi
uchun
yuqori
tezlikdagi
telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish ko'zda
tutilgan. Xususan, 2020 yilga qadar internet kanallarining o'tkazuvchanlik
qobiliyatini
yanada kengaytirish, keng polosali tarmoqlarni, ayniqsa, olis
tumanlarda rivojlantirish bo'yicha 17 ta yirik loyihaning amalga oshirilishi
rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2020 yilgacha fuqarolarning davlat organlari
bilan elektron muloqotini ta`minlash hamda rivojlantirish bo'yicha 22
ta loyiha
ro'yobga chiqariladi.
Biznes uchun qulay
Elektron hukumatni taraqqiy toptirishga qaratilayotgan e`tibor yurtimizda
ishbilarmonlik muhitining sifat jihatidan yangi bosqichga chiqishida o'z ifodasini
topmoqda. Misol uchun, Jahon bankining “Doing business” reytingida so'nggi besh
yilda O'zbekistonning umumiy reytingi biznes yuritish bo'yicha 150-o'rindan 87-
o'ringa ko'tarildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, jumladan,
belgilangan tartib-
taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining
mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro'yxatga olish,
muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish,
tadbirkorlik sub`yektlariga o'zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti
vositalarini
xarid etish uchun ariza berish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni
ro'yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.
2014 yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portalida bepul ro'yxatdan o'tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona
organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali
xo'jalik sub`yektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib borayapti. Davlat
bojxona qo'mitasi saytida (www.customs.uz) elektron yuk bojxona deklaratsiyalari
qabul qilinmoqda. 2015 yilda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali
ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi.
Masofaviy bank
xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016 yilda bir million 847 ming 569 nafar
foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: