Government to Citizens -G2C (Davlat – Fuqarolarga) - Bu davlat tashkilotlari hamda fuqarolar o’rtasidagi aloqa bo’lib, unda davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalaniladi. Bunday xizmatlar doirasiga ma’lumotnomalarni olish, guvohnoma va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, shaxs hayotiga oid yuridik jihatdan muhim hodisalarni ro’yxatdan o’tkazish kiradi. Bu tarkibiy qismda fuqarolarga internet orqali, asosan, hukumat ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi yagona hukumat portalini tashkil etish yo’li bilan barcha turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatish nazarda tutiladi. Bunday portal orqali fuqarolar qulay va tushunarli shaklda hukumat faoliyati haqida ma’lumot olishlari, shuningdek, o’z fikr hamda mulohazalarini bildirishlari, fuqarolik va jamoatchilik burchlarini bajarishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |