O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Download 0,62 Mb.
bet3/9
Sana15.05.2021
Hajmi0,62 Mb.
#64350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6.Ravshanova U.

I Nazariy qism.

1.1. Keluvchi pochta jo‘natmalarini qabul qilish, topshirish va rasmiylashtirish texnalogiyasi.

1. “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” (AOP)ga va ulardan pochta bojxona nazoratining vaqtincha qoidalariga binoan maxsus jihozlangan plombalangan avtotransportda etkaziladi.

2. Avtotransport “Pochta va yukni tashish maxsus xizmati” - (SOPGP) hududiga kirayotganda qorovul tomonidan aviasiya xavfsizligi nuqtai nazaridan tekshiriladi.

3. Tekshiruvdan so‘ng avtotransport 3-sonli terminalga aviasiya xavfsizlik jihatidan tekshiriladi.

4. “Xalqaro pochtamt” filialidan keltirilgan (ichki) 16-shakl yuk xati bo‘yicha va xalqaro pochta CN 38, CN 41,CN 47 bo‘yicha umumiy yuk xati 16-shakl bo‘yicha pochta almashinuvchi operator tomonidan qabul qilinadi.

5. Jo‘natiluvchi pochtali qoplar sanalib, yorliqlari va har bir qopning (qobiqlar, plombalar va bog‘ichlar) ko‘rilib qabul qilinadi. Bu qoplar albatta 16-shakl CN38,CN 41 yukxatlari bilan solishtiriladi.

6. Qabul qiluvchi operator qabul qilingan pochta uchun “Xalqaro pochtamt” filiali kuzatuvchisiga tilxat beradi. Keltirilgan pochta mas’ul navbatchi operator bilan birga nomma-nom tekshiriladi va yo‘nalishlar bo‘yicha saralanadi.

7. Qabul qilingan va tekshirilgan aviapochta “Pochta va yukni tashish maxsus xizmati” - (SOPGP) xodimlariga topshirilguncha “Pochta va yukni tashish maxsus xizmati - (SOPGP)ning omborida saqlanadi. Aeraport tashuv xizmati xodimlariga pochtani uzatish 2 yoki 5 nusxada tuzilgan 16-shakl va CN38 umumiy yuk xatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

8. “Xalqaro pochtamt” filialining “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP)ning pochtani jo‘natish bo‘yicha mas’ul navbatchisi pochta jo‘natmalari (joylar soni va og‘irligi) mavjudligi haqidagi ma’lumotni “Pochta va yukni tashish maxsus xizmati” - (SOPGP) tezkor smenasi dispetcheriga aloqa tizimlari orqali ma’lumot uzatadi.

9. “Toshkent xalqaro aeroporti” korxonasi yukchilari “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP)da mas’ul navbatchiga murojaat qiladi va pochta jo‘natmalarini qabul qiladi.

10. “Xalqaro pochtamt” filialining “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP) xodimlari pochta jo‘natmalarini (davriy nashrlardan tashqari) mustahkam, yaxshi holatdagi brezent yoki sintetik qoplarga qadoqlangan holda tashishga topshiriladi.

11. YUkchilar pochta jo‘natmalarini qabul qiladilar va pochtani qabul qilgani to‘g‘risida aviayukxati CN38 va 16-shaklda imzo chekiladi. “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP)ning mas’ul navbatchisi CN 38 shaklli yukxatini 5 nusxada tuzadi.



Keluvchi va tranzit xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish va rasmiylashtirish texnalogiyasi.

1. Xavo kemasidan tushirilgan kiruvchi va tranzit xalqaro pochta jo‘natmalarini “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP) operatori “Xalqaro pochtamt” filialining “Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP) xodimidan CN 38,16-shaklli yuk xati bo‘yicha “Pochtani xavo kemalarida tashish qoidalari”ga muvofiq qabul qilib oladi. Aviapochta topshirish havokemasi uchib kelganidan keyin 3 soatdan ortiq bo‘lmagan vaqtda amalga oshiriladi. Pochta qabul qilganligi to‘g‘risida aviayukxatiga imzo qo‘yadi.

2. Pochtani tashishda nosozliklar (o‘ramning shikastlanishi, plombaning yuqligi, joylarning etishmasligi va x.k.o) aniqlanganda “Pochta va yukni tashish maxsus xizmati” - (SOPGP)ning pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatuvchi agenti pochta tashishdagi nosozliklar haqidagi Dalolatnoma tuzadi.

3. Quyidagi nosozliklar aniqlanganda 4 nusxada idoralararo 52-shakldagi dalolatnoma tuziladi:

- Pochta jo‘natmalari saqlanuvchi qop yirtilishi natijasida butun yoki qisman solinmaning yo‘qolishi imkoni bo‘lganda;

- Pochta jo‘natmalari o‘ramining ifloslanganligi, uning natijasida boshqa pochta jo‘natmalarining ifloslanishi yoki shikastlanishiga olib kelishi;

- Pochta jo‘natmasining bog‘lovchi materialning butunligi, buzilishi, unda uzilishlar va tugunlarning borligi;

- Pochta jo‘natmalarining og‘irligi kuzatuv xujjatiga ko‘rsatilgan og‘irligiga to‘g‘ri kelmasligi;

- Pochta jo‘natmasining kuzatuv hujjatlarisiz kelishi, bundan keyin qabul qilingan pochta uchun tilxat beriladi, shuningdek xalqaro pochtaga
2 nusxada har bir almashinuv idorasi uchun CN 43 tuziladi.

4. Qabul qilingan pochtani “Pochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi” - (AOP) xodimlari yo‘nalishlar bo‘yicha saralaydi.

5. Aeraport hududidan barcha keluvchi xalqaro pochta jo‘natmalari olib ketishdan oldin PI-7 operatori tomonidan deklarasiyaga kiritadi. Operator kelib tushgan barcha xalqaro pochta haqida ma’lumotlar (mamlakat, soni, og‘irligi)ni oladi va “Toshkent xalqaro aeroporti”dagi 2-sonli bojxona posti orqali “YUkni etkazib berishni nazorati daftari” (KKDG)ni rasmiylashtiradi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng bojxona inspektori avtomashina kuzovi eshigini plombalaydi.

6. Operator “Xalqaro pochtamt” filialiga jo‘natishga tayyorlangan pochtani nomma-nom tekshiradi, bundan so‘ng u 2 nusxada tuzilgan 16-shaklga yozilsa “Xalqaro pochtamt” filiali kuzatuvchisiga topshiradi.

7. “Xalqaro pochtamt” filialiga avtomashina kelgach, “Bosh pochtamt” Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti inspektori undan plombani olib tashlaydi va “YUkni etkazib berishni nazorati daftari” (KKDG)ni rasmiylashtiradi, undan keyin pochta tushiriladi.

8. Xalqaro avipochtali tranzit depeshalar, ularni bojxona postiga taqim etilganidan so‘ng va qayta jo‘natishga ruxsat olingandan so‘ng tegishli reys bilan pochtani jo‘natish rejasiga binoan jo‘natiladi.

9. Tranzit pochtaning qobig‘i, bog‘ichlar, plombalarida shikastlanganda, ba’zida tafovut bo‘lganda 52-shaklli dalolatnoma va CN 43 tekshiruv xabarnomasi tuziladi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish