Abonent kirish tarmoqlari
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida
ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham
transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar
bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning
to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi
– foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment –
CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u
tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita
sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse).
Do'stlaringiz bilan baham: |