3.2 Rezistorlar nominallarini va IMS kondensatorlarini muvofiqlashtirish
IMSlarni ishlab chiqarishda nurlari rezistorlar qarshiligini va kondensatorlar sig‘imini nominal qiymatigacha moslashtirish uchun foydalaniladi.
Yupqa yoki qalin plyonkali rezistorlar qarshiligini solishtirma quvvati 10Vt ega elektron nurlari bilan muvofiqlashtirishda rezistorli plyonkaning qisman bug‘lanishi sodir bo‘ladi va kesimi kichiklashadi bularning natijasida IMS rezistorining qarshiligi oshadi.Bunda rezistor plyonka yuzasida yuqori aniqlashtirish bilan muvofiqlashtirishni bajarishga qiyinchilik tug‘diruvchi elektr zaryadlari to‘planib qoladi.Muvofiqlashtirishga tishli bo‘lgan rezistor taqqoslashning ko‘prik sxemasiga ulashadi, bu boshqaruvchi signal bo‘yicha rezistorning kerakli qarshiligini hosil qilgandan keyin elektron-nurli qurilma ishlarini to‘xtatadi.Bir vaqtning o‘zida taqqoslash sxemasi ishlov berishning har bir impulsida avtomatik tarzda erga ulanib hosil bo‘lgan zaryadlarni neytrallaydi.
Bir tomonlama kontaktli maydonchasiga ega bo‘lgan rezistorni muvofiqlashtirishda,xuddi ikki qismga bo‘lganidek bo‘ylama bo‘ylab kesadi,keyin esa har bir chetidan navbatiga ko‘ndalang kesishlar bajariladi.Rezistor qarshiligining elektron nurlari bilan berilgan uzunligiga yaqinlashgani sari kesilgan tasma kamaya boradi,bunda muvofiqlashtirish tezligi ham kamayadi.Rezistiv qatlamni shaxmat tartibida kesish ham mumkin.Bunday rezistorning qarshiligi oshadi,chunki tok yanada uzoqroq arra tishi simon yo‘ldan o‘tadi.Qurilmaga havo quyidagi oldin qalin plyonkali rezistorning 7000-9000S temperaturada kuydiriladi.
Yupqa plyonkali rezistorlarni elektronlar oqimi bilan ishlov berishda uning quvvati bug‘latish uchun etarli bo‘lmaydi, qattiq fazada ignasimon monokristallik tuzilishi hosil qilishi bilan plyonka materialining oniy kristallanishi sodir bo‘ladi. Bu plyonkali rezistorlarning markazidan chekkalariga qarab temperatura o‘zgarishi bilan tushuntiriladi. Plyonkalarning tuzilishining qayta ko‘rinishi ularning yuzaviy solishtirma qarshiligi o‘zgarishi bilan birga kechadi va mos holda rezistor qarshiligining ham o‘zgarishi darajasi elektron nurlarining parametrlariga,uning ko‘chishi tezligiga hamda materialiga va plyonka qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Kesish tagligi (0-50 mkm bo‘lganida yupqa plyonkali rezistorlarni muvofiqlashtirish aniqligi ±(0.1-5%) ) ni tashkil etadi. Yupqa plyonkali rezistorlarni muvofiqlashtirish uzluksiz rejimda yuqori tezliklarda bajarish tavsiya qilinadi, qalin plyonkalarni esa-impulsli rejimida bo‘ladi.Elektron bilan ishlov berishda hosil bo‘lgan mexanik kuchlanishni rejimini,hamda tagliklar va plyonkalar materiali ratsional tarzda tanlash bilan kamaytiriladi,bu esa rezistiv qatlamlarda yoriqlar hosil bo‘lishini sal kam to‘liq olib tashlaydi.
Elektron nurli muvofiqlashtirish plyonkali rezistorlar qarshiligining yuqori aniqligini ta’minlab beradi va avtomatlashtirilishi mumkin.Ushbu usullar kamchiligi muvofiqlashtirishni yuqori vakuumda o‘tkazish zaruriyatidir.
Yupqa plyonkali kondensatorlar sig‘imini muvofiqlashtirishda elektron nurlari bilan ularning bir qismi MDP tuzilishini olib tashlanadi.Bunda elektron nurlarining kamgina tebranishi ham nafaqat MDP-tuzilishida,balki tagliklarda ham intensiv tarzda qizishni chaqiradi,bu esa uning buzilishiga va kondensatorning elektr mustahkamligi va turg‘unligining pasayishiga olib keladi.Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun elektron nurli ishlov berishda ishchi zonaga kislorodli gaz aralashmasi beriladi.Bunda plyonkada yuqori darajali o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ko‘prikchalar paydo bshladi,bular intensiv tarzda oksidlanadi va kondensatorlarning elektr mustahkamligi o‘zgarmaydi.Ushbu usulning kamchiligi,xuddi rezistorlarni muvofiqlashtirishdagi kabi ishchi kamerada yuqori vakuum hosil qilish zaruriyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |