O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


 Kompyuterning markaziy protsessori qanday vazifani bajaradi?



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#290515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Kompyuterning markaziy protsessori qanday vazifani bajaradi? 

Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini 

o‘rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, ushbu mavzuga 

oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va u asosida qurilgan 

kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil qo‘rib chiqish bilan 

boshlaymiz. Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni 

kompyuter  arxitekturasini  o‘rganish  uchun  mo‘ljallangan  bir  nechta  o‘quv  elektron 

stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - УМПК-80, 8088 trasseri va 

Pep8  kabi  elektron  stendlari  keltirish  mumkin.  Bu  o‘quv  stendlari  yordamida  mos 

holda  8,  16  va  32-razryadli  protsessorlarning  va  ular  asosida  qurilgan 

kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud.  

Kompyuter  protsessorining,  va  umuman  kompyuterning  tuzilishi  va  qanday 

ishlashini o‘rganish jarayonida - protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish 

qurilmalari degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi.   

Kompyuter  markaziy  protsessorining  vazifasi  -  asosiy,  ya’ni  tezkor  xotirada 

yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani amalga 

oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy protsessor 

xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini 

aniqlaydi va ularni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi.   

Kompyuterni  va  uning  protsessorini  tashkil  etuvchi  qurilmalar  -  shinalar  orqali 

bog‘langan  bo‘ladi.  Shina  deganda  parallel  o‘tkazgichlar  to‘plamlaridan  iborat 

bo‘lgan,  adreslar,  ma’lumotlar  va  boshqarish  signallarini  uzatib  berilishini 

ta’minlaydigan  «qurilmalar»  tushuniladi.  Ko‘pincha  shina  deganda  parallel 

o‘tkazgichlar  to‘plami  tushuniladi,  aslida  esa  shina  turli  xil  ma’lumotlarni  uzatish 

uchun  mo‘ljallangan  qurilma  sifatida  ishlab  chiqilgandir.  Uning  tarkibida 

ma’lumotlarni uzatish jarayonida kerak bo‘ladigan - registrlar, turli xildagi kombinator 

elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi. 

Protsessor  ichida  joylashgan  registrlar  to‘plamlari  -  uning  ichki  xotirasi  deb 

ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni 

va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri 

ma’lum  bir  vazifalarni  bajarish  uchun  mo‘ljallangan,  bir-nechta  registrlar 

to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 

razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga 

ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.   

Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri PC (Program Counter) - buyruqlar 

sanagichi registridir, ushbu registr IP (Instruction Pointer) - buyruqlarni ko‘rsatuvchi 

registri  ham  deb  ataladi.  Bu  registr  tartib  bo‘yicha  bajarilishi  kerak  bo‘lgan 

buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi.   




Muhim  registrlardan  yana  biri,  bu  buyruqlar  registri  (Instruction  Register  -  IR) 

hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan bo‘ladi. 

Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni bajarish uchun 

mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.    

Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning to‘rtta xili mavjud:  

1.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  adreslash  –  buruqning  ikkinchi  va  uchinchi  baytlari  xotira 

adresidan iborat bo‘ladi. Bunda adresning kichik bayti buyruqning ikkinchi baytiga, 

katta bayti esa buyruqning uchinchi baytiga yozilgan bo‘ladi.  

2.  Murojaat  qilinadigan  registrni  ko‘rsatib  adreslash.  Buyruqning  o‘zida  ma’lumot 

yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning adreslari yozilgan bo‘ladi.  

3. Registrlar yordamida bilvosita adreslash. Buyruqda, xotira adresi yoki ma’lumotlar 

yozilgan bir juft registr ko‘rsatiladi.  

4. Bevosita adreslash. Ma’lumot buyruqning o‘ziga yozilgan bo‘ladi.  

Uzilishlar,  shartli  yoki  shartsiz  o‘tish  buyruqlari  bo‘lmagan  taqdirda,  protsessor 

buyruqlarni  -  xotiraning  ketma-ket  joylashgan  yacheykalaridan  o‘qib  olish  bilan 

dasturni bajarishni yo‘lga qo‘yadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish