fakulteti dekani:
2021 yil “_____”____________ ____________ Sh.B.Normatov
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi mudiri:
2021 yil “_____”___________ ____________ N.I.Jurayeva
O’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i:
2021 yil “____” __________________ __________ S.J.Yaxyayev
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Fanni o‘qtishdan maqsad – Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o‘rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin-asta murakkablashib boradigan mashq va laboratoriya ishlarini bajarish orqali o‘rganiladi. “Elektronika va sxemalar1” fani “Elektr zanjir nazariyasi” asoslari, qonunlari, teoremalar, vaqtinchalik va barqaror holatlar, sinusoidal barqaror holat, chastota xususiyatlari hamda Elektronika, yarimo’tkazgichlar diodlar,bipolyar tranzistorlar, maydoniy tranzistorlar, integral mikrosxemalar, operatsion kuchaytirgichlarni tahlil qilish usullarini o’rgatadi. Fanining asosiy mavzulari axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassisi yaxshi bilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalardan iborat.
Ta’lim jarayoni talabalardan faollik bilan ma’ruza mashg‘ulotlari materiallarini qunt bilan o‘rganishni hamda laboratoriya ishlarini o‘z vaqtida bajarish va hisobotlarni himoya qilishga asoslanadi. Laboratoriya ishlari talablari va ko‘rsatmalar talabalarga oldindan taqdim etiladi. va talabalar mashg‘ulotlarga elektr zanjirlar nazariyasi va elektronika nazariyasi haqida bilimlarga ega bo‘lib, laboratoriya ishlarini bajarishga tayyor holda kelishlari imkonini beradi.
“Elektronika va sxemalar 1” umumkasbiy fani hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Matematika 1, Matematika 2”, “Fizika 2” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. “Elektronika va sxemalar 1” fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashdagi negiz fanlardan biri bo‘lganligi uchun, bu fanni o‘zlashtirishda olingan bilim va tajriba kelajakda maxsus fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Fanning vazifasi – axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan sxemalar va elektron asboblar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan sxemalar va elektron asboblarga ilmiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi:
Passiv elementlarda elektr toki va kuchlanishi orasidagi munosabatlarni aniqlash.
Turli xil generatorlar va o‘lchov asboblarini ishlata bilish.
Elektr zanjiridagi passiv va aktiv elementlardagi tok va kuchlanishlarni hisoblash.
Elektr zanjir topologiyasini aniqlab va uni tahlil qilish uchun kerakli tenglamaning minimum sonini aniqlash.
Elektr zanjirini tahlil qilish usullarini topish.
Birinchi va ikkinchi tartibli sxemalarni tushunish va matematik atamalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish
Laplas konvertatsiyasini vaqtinchalik va barqaror holatda elektron tahlil qilish
Tizim holatini vaqtinchalik va barqaror holatda simulyatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |