1926 yilda kutubxona hamda Toshkent Davlat kutubxonasi o’rtasidagi adabiyotlar almashinuvi natijasida bizning kutubxona qoshida o’zbek bo’limi ochilgan. Lekin ko’p vaqt o’tmasdan bu bo’lim klub ixtiyoriga o’tkazilgan, faqat 1931 yilga kelib kutubxona qoshida qaytadan o’zbek bo’limi ochilgan.
1933 yilda bolalar bo’limi o’z faoliyatini boshlagan.
1939 yilda esa shahar kutubxonasi negizida viloyat kutubxonasi tashkil topdi, natijada kutubxonaga bo’lgan talablar ham ortdi. Farg’ona kutubxonasining tarixi 1908 yildan to 1949 yillargacha doimiy rahbari bo’lgan Vera Kirillovna Levashovaning taqdiri bilan chambarchas bog’liqdir. Vera Kirillovna 1953 yilgacha, mehnat faoliyatini boshlaganiga 60 yil to’lguniga qadar kutubxonada ishlashni davom ettirdi. Shu yili u viloyatda birinchilardan bo’lib “O’zSSRda xizmat ko’rsatgan kutubxonachi” faxriy unvoniga sazovor bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |