O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim



Download 3,75 Mb.
bet14/27
Sana31.12.2021
Hajmi3,75 Mb.
#267179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi

Hello World!

Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg va 2 - teg . Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg va yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi.

Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va giperko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu script tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web serverining ishini yengillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web serverini bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o’zida yaratishdir. Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, SGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.

Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois matematika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web texnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.


2.2.1 Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari


Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.

Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.

Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

HTML (HyperText Markup Language)

Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi.

Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.

Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,


va
teglari abzastni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli SSIlkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog’lanish imkonini beradi. Butunjaxon o’rgimchak to’rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma’lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o’sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki saxifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo’lmasa, ma’lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.

Quyida biz HTML tilida tuzilgan dastur kodi bilan tanishib chiqamiz(4-rasm):





(4-rasm).

Bu dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi oyna ochiladi(5-rasm):





(5-rasm)

Gipermatn yoki gipermurojaat biror bir tasvirga ham qo’yilishi mumkinki uning ustiga bosilganda ham yuqorida aytilgan holatlar ro’y berishi mumkin.

Har bir Web-saxifa o’zida bir nechta gipermatn yoki gipermurojaatlarni mujassam etishi mumkin.

Gipermurojaatlar Web-saytlar bo’ylab xarakatning asosi xisoblanadi. Murojaatni tanlaganda foydalanuvchi brauzer oynasiga yuklanuvchi yoki yordamchi programmani ishga tushuruvchi URL bilan bog’langan adresga «tushib» qoladi. Ba’zan gipermurojaat natijasi e-mail yoki FTP serverga yo’llanma beruvchi yangi Web-saxifani ochilishiga olib keladi.Foydalanuvchi murojaatni tanlab olishi uchun Web-dizayner uni yaratishi kerak.

Gipermurojaat yaratish uchun (anchor, yakor) elementidan foydalaniladi. U o’zida yo’llanma beruvchi URL adresni ko’rsatuvchi href atributi bilan to’ldiriladi. Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak.

Gipermurojaat yaratish uchun (anchor, yakor) elementidan foydalaniladi. U o’zida yo’llanma beruvchi URL adresni ko’rsatuvchi href atributi bilan to’ldiriladi. Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak.

Gipermurojaatni yaratishda agar Internetdagi xizmat yoki adresdan foydalanmoqchi bo’lsak albatta uning to’liq adresini ko’rsatish shart. Agar o’zimizda bor bo’lgan Web-saxifalardan gipermurojatlar yaratmoqchi bo’lsak ba’zi bir ishni osonlashtiruvchi xolatlar mavjud(6-rasm):



(6-rasm)

(1) ning adresi : "Service/service.HTML"

Asosiy papkadan ixtiyoriy ichki papkadagi veb-saxifaga murojaat : "Papka_nomi/fayl_nomi.HTML" ko’rinishda beriladi.

(2) ning adresi : "../index.HTML"

Ixtiyoriy ichki papkadan asosiy papkadagi asosiy Web-saxifaga murojaat: "../asosiy_fayl.HTML" ko’rinishda beriladi.

(3)ning adresi : "Tovar2.HTML"

Bir papkadagi veb-saxifalardan bir-biriga murojaat : "fayl_nomi.HTML" ko’rinishda beriladi

Internet xizmatlarining ko’pchiligiga dostup (ruxsat, yo’l) adresastiya sxemasi (URL) yordamida qiziqtirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini beradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o’zining format adresiga ega.

URL dan foydalanib, Web-brauzerlar yordamida ixtiyoriy hujjat va xizmatlarga dostup olish mumkin. URL quyidagi tartibda yoziladi:


Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish